Ilm-fan va ta’lim


HACH DR 3900 spektrofotometri


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/91
Sana27.08.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1670680
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   91
Bog'liq
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali 6-son (3) (1)

 
HACH DR 3900 spektrofotometri- yordamida tahlil qilish namuna olishdan 
tortib, natijani saqlashgacha bo’lgan o’lchov jarayonini nazorat qilish imkonini beradi. 
Bu asbob yordamida kim, qanday na’muna qanday reagent yordamida olinganligi ham 
saqlab qolish imkonini beradi. O’lchov natijalarini katta rangli sensorli ekranda o’qish 
mumkin. Yangi IBR+shtrix-kod skaneri yangi 2D kyuvetli.Shtrix-koddagi reagentlarni 
raqami va yaroqlik muddatini taniy oladi. Ushbu ma’lumotlar o’lchov natijalari bilan 
birga hujjatlashtiriladi. 


“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325 

https://ilmfanvatalim.uz/ 

№ 6
~ 74 ~ 
 
Ishdan maqsad: 100gramm kunjut urug’i tarkibidagi kalsiy miqdorini 
spektrofotometriya usuli orqali aniqlash. 
Kerakli jixozlar: HACH DR 3900 spektrofotometri, analitik tarozi, o’lchov 
silindri, stakanlar, shisha tayoqcha, pipetka, aralashtirgich, quritish pechi, havoncha, 
filtr qog’ozi, voronka; 
Kerakli reaktivlar: kunjut urug’i-100gr., ishqor eritmasi-5%li, distillangan suv, 
LCK 327 test kyuvetasi; 
Ishning bajarish tartibi: Kunjut urug’i namunasidan analitik tarozi yordamida 100 
gramm tortib olib, uni hovoncha yordamida ezib maydaladik. Maydalangan kunjut 
urug’lariga tayyorlab olingan 0, 5%li ishqor eritmasida eritib oldik. Elektron 
aralashtirgich yordamida tegishli harorat berib, 30-40 daqiqa davomida aralashtirib 
ekstraksiya qildik. Ushbu jarayon yakunlangach olingan ekstraktni filtrlab oldik. 
Bunda cho’kib qolgan filtratni olib, tarkibidagi elementlarni eritmada o’tkazish uchun 
5% li ishqor eritmasidan 1:10 nisbatda 30 daqiqa davomida ekstraksiya qilindi. Olingan 
ekstrakt filtrlandi va yana 1:10 nisbatda ishqor eritmasi bilan suyultirildi. Har bir 
element uchun miqdoriy aniqlash uchun maxsus shtrixlangan test kyuveta (LCK)dan 
foydalandik va kalsiy uchun LCK 327 test kyuvetasidan foydalanildi. Test kyuvetaga 
namunalar solindi va natijani olish uchun test kyuveta spektrofotometrga joylashtirdik. 
Avtomatik aniqlash orqali natijalar spektrofotometr ekranida ko’rinadi. Taxlillar 
yakuniga ko’ra quyidagi natijalar olindi: 

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling