Ilm-fan va ta’lim


Foydalanilgan adabiyotlar


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/91
Sana27.08.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1670680
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   91
Bog'liq
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali 6-son (3) (1)

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. 
B .Qodirov “Psixologiya” 2005-y Toshkent 
2. 
O’. Asqarova “Pedagogika” 2015-y Namangan. 
3. 
Ziyonet.WWW.Ru 
4. 
Kasb psixologiyasi. Toshkent 2014-yil M. Ismoilova qo’llanma 


“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325 

https://ilmfanvatalim.uz/ 

№ 6
~ 146 ~ 
JAMIYATDA TERRORIZM VA EKSTREMIZMNING PAYDO BO’LISHI 
 
Nazarova Sohiba Abdumuminovna 
Namangan viloyati To’raqo’rg’on tumani 45-maktab psixologi 
Xolqo’ziyeva Mohira Abdurasulovna 
Namangan viloyati To’raqo’rg’on tumani 14-maktab psixologi 
 
Annotatsiya: Ushbu maqola orqali muallif hozirgi jamiyatning og’riqli nuqtasi 
terrorizm va unga moyil shaxslarning psixologik hususiyatlari xaqida so’z yuritiib 
o’tgan. Maqola bilan tanishar ekansiz mavzu yuzasidagi savollaringizga javob olasiz 
Kalit so’zlar: Terrorizm, ekstrimistik xulq, vayronkor g’oya. 
Bizning serquyosh o’lkamiz o’zining tinch bayramlari, musaffo osmoni, 
mexnatkash xalqi va ko’plab tomonlari bilan yanayam ko’rkamdir. Terrorizmning 
zaruriy sharti - bu terroristik harakatning jamiyatdagi ommaviy yoyilgan to’lqinlanishi 
hisoblanadi. Terrorizm tubdan deklarativdir. Terroristik hujum haqida ma’lumotni 
keng tarqatish, uni eng ko’p muhokama qilinadigan voqea omil terrorizm taktikasining 
asosiy elementi hisoblanadi. E’tibor qaratilmagan yoki atrofga keng ovoza bo’lmagan 
terroristik harakat barcha strukturaviy ahamiyatini yo’qotishi mumkin. Shuning uchun, 
ular o’z harakatlarini kengroq yoyishga harakat qilib, ko’proq ommaviy axborot 
vositalaridan foydalanishga harakat qilishadi. Amalga oshirilgan axborot ta’sir 
natijasida odamlarda vahima uyg’onadi hamda qo’rquv paydo bo’ladi. Terroristlar 
axborot ta’siriga tushgan tomoshabinlar, eshitganlar, o’qiganlar e’tiborini davlatga, 
hokimiyatga hamda ulardagi muayyan davlat xizmatchilariga qaratadi. Ular mavjud 
tuzumning salbiy tomonlarini bo’rttirib ko’rsatadi hamda o’zlarini “xaloskor” deb 
o’ylashadi. Terroristlarga jamoatchilikning munosabatini o’zgartirish uchun terroristik 
harakatga qarshi jamoatchilik javobi zarur. Terroristik hujumlar ommaviy 
psixologiyaga ta’sir qiladi. Ayniqsa, bu jarayon yoshlarga ko’proq ta’sir qilayotgani 
achinarli holat. Chunki yoshlarni manipulyatsiya qilish katta yoshdagilarga nisbatan 
osondir. Buni Rossiya Islom Universiteti olimlari S.Y.Romanov hamda 
L.K.Mullagaliyevalar tomonidan o’tkazilgan tadqiqot statistikasi ham tasdiqlaydi. 
So’nggi ikki yildagi vaziyatni tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, ekstremistik tashkilotlar 
ishtirokchilarining ko’pchiligining yoshi 35 yoshdan oshmagan, 16 yoshdan 19 
yoshgacha – 5%, 20-24 yosh - 15%, 25-29 yosh - 23%, 30-34 yosh - 24%, 35-39 yosh 
- 16%, 40-44 yosh - 15%, 45 va undan katta yoshdagilar - 2% ni tashkil etadi. 
Terroristik tashkilotlar o’zlarining kuchlari va oxirigacha borishga tayyor ekanliklarini 
namoyish etib, o’zlarini va insonlar hayotini qurbon qilmoqdalar. Terrorist bu 
jamiyatda, bu dunyoda hech qanday sharoitda mavjud tartibni qabul qilmasligini, 
g’alaba qozonmaguncha yoki oxirigacha muholif tizimga qarshi kurashishi 


“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325 

https://ilmfanvatalim.uz/ 

№ 6
~ 147 ~ 
.mumkinligini baland ovoz bilan e’lon qiladi. Shuning uchun terroristik harakatini 
namoyon etadi. Bu bilan jamiyatga uning kuchsizligini namoyish etmoqchi bo’ladi, 
terroristik hujum sodir bo’lgan vaqt va makonda hukumat kuchsizligini isbotlamoqchi 
bo’ladi, qonunlarni va hokimiyat o’rnatgan tartib-qoidalarga befarqlik bilan qaraydi, 
terroristik hujum hududida muqobil hukumat amalga oshiradi. Terrorizm hamma joyda 
uchraydigan hodisa emas. Ushbu taktikadan foydalanish jamiyatning ijtimoiy-madaniy 
va siyosiy xususiyatlari majmuini nazarda tutadi. Agar ushbu xususiyatlar mavjud 
bo’lmasa, terrorizm taktikasini amalga oshirish mumkin emas. Hujum mamlakat 
miqyosida va ideal holida global auditoriyani talab qiladi.Terrorizm totalitar va 
avtoritar jamiyatlarda bo’lishi kamdan kam uchraydi. Chunki uning paydo bo’lishi 
uchun bu jamiyatda yetarli shart-sharoitlar mavjud emas. Jamiyatning hech 
bo’lmaganda bir qismi terrorchilar harakatiga moyil bo’lgan taqdirda terrorizm 
faoliyati paydo bo’lishi mumkin. Qo’poruvchilardan farqli o’laroq dushmanlik 
sharoitida ishlay oladigan maxsus o’qitilgan mutaxassislar terrorchilar, partizanlar 
singari, aholi orasida qo’llab-quvvatlashga muhtojdir. Ushbu yordamni yo’qotish 
terroristik faoliyatning yo’q bo’lib ketishiga olib keladi.Terrorizm inqirozli 
jarayonlarning ko’rsatkichidir. Bu jamiyat va hukumat o’rtasida, jamiyatning alohida 
qismi va umuman jamiyat o’rtasida shoshilinch aloqa kanalidir. Bu ijtimoiy makonning 
ma’lum bir zonasida chuqurlik borligi haqida dalolat beradi. Shu nuqtai nazardan, 
terrorizm mutlaqo hukumat kuchlari bilan yengadigan hodisa emas. Terroristlarni 
ushlash va ularni yo’q qilish bu yovuzlikka qarshi kurashning faqat bir qismidir. 
Boshqa katta asosiy qismi esa jamiyatni ijimoiy, iqtisodiy, siyosiy va diniy tafakkurini 
o’stirish, terrorizmga asoslariga bolta uradigan siyosiy, ijtimoiy va madaniy 
o’zgarishlarni o’z ichiga oladi. Terrorizm va ekstrimizm kelib chiqishini ijtimoiy 
asoslari esa birinchi navbatda: 
-boy va kambag’allar o’rtasidagi daromad darajasidagi katta farq tufayli 
o’sayotgan norozilik; 
-shaxsning hayotiy manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish 
darajasining pasayishi; 
-aholining turmush darajasining pasayishi, ishsizlBularning barchasi jamiyatda 
ijtimoiy begonalashish kayfiyatining shakllanishiga va bu orqali o’sishiga yordam 
beradi. Aholining katta qismida xudbinlik, loqaydlik va qaramlikni keltirib chiqaradi. 
Bu esa o’z navbatida uyushgan jinoyatchilikning jamiyatdagi ziddiyatlarning 
kuchayishiga va chuqurlashishiga, aholining muayyan qismini jinoiy munosabatlarga 
bosqichma-bosqich jalb qilinishiga olib boradi. Jamiyatning ma’naviy hayotining 
tanazzuli, jamiyatning tarixiy va madaniy an’analarining yo’q qilinishi, individualizm, 
xudbinlik va zo’ravonlik o’rnatilishi, fuqarolarning jamiyatda davlatning uni himoya 
qilish qobiliyatiga ishonmaslik tuyg’usining shakllanishi, milliy burch, qadr-qimmat, 
sha’raf va vatanga sodiqlik kabi tushunchalarning ahamiyatini pasayishi kabi bir qator 


“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325 

https://ilmfanvatalim.uz/ 

№ 6
~ 148 ~ 
omilar terrorizm va ekstremizm tug’ilishidagi asosiy omillar hisoblanadi. Bundan 
tashqari bir necha omillar ham borki undan ko’z yumib bo’lmaydi. Yuqorida aytib 
o’tilgan aholining mulkiy tabaqalanishi, jamiyatning umumiy maqsadlar, g’oyalar, 
qadriyatlar bilan birlashtirilgan ajralmas organizm sifatida ishlashni to’xtatilishiga olib 
keladi. Bu ijtimoiy keskinlikning oshishiga sabab bo’ladi. Ta’lim jarayonidagi 
g’oyaviy tarkibiy qismning pasayishi, axloqiy qadriyatlarning yo’qolishiga olib keldi. 
Bu ma’naviyatning yetishmasligi, mamlakat taraqqiyoti tarixi va istiqbollari to’g’risida 
aniq g’oyalarning yo’qligi, Vatan taqdiri uchun daxldorlik va mas’uliyat tuyg’usining 
yo’qolishiga sabab bo’ladi. Endi esa yoshlarni totalitar tashkilotlar tarmog’iga ilinib 
qolayotganligini ijtimoiy jihatdan tahlilini ko’rib chiqamiz. 
1. Oilaviy muhiti muammoli bo’lgan sharoitda tarbiyalanish; 
2. O’smirlar o’tish davridagi psixologik inqirozlar; 
3. Zamonaviy hayotning qiyinchiliklari oldida qo’rquv va ishonchsizlik hissi; 
4. Kelajakdagi noaniqlik va umidsizlik; 
5. Boshqalar bilan muloqot qilishda murakkablik va natijada yuzaga keladigan 
muammolar. Terrorist va ekstremist shaxslarning paydo bo’lishida asosiy ro’lni 
nafaqat ijtimoiy omillarning, balki, alohida shaxsning xususiyatlari ham ro’li katta. 
Zero bunday illatlarga qarshi barchamiz birdek kurashmog’imiz lozim. 

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling