Ilm-fan va ta’lim
Foydalanilgan adabiyotlar
Download 4.44 Mb. Pdf ko'rish
|
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali 6-son (3) (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- JAMIYATDA TERRORIZM VA EKSTREMIZMNING PAYDO BO’LISHI Nazarova Sohiba Abdumuminovna
- Kalit so’zlar
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. B .Qodirov “Psixologiya” 2005-y Toshkent 2. O’. Asqarova “Pedagogika” 2015-y Namangan. 3. Ziyonet.WWW.Ru 4. Kasb psixologiyasi. Toshkent 2014-yil M. Ismoilova qo’llanma “Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali 2181-4325 | https://ilmfanvatalim.uz/ | № 6 ~ 146 ~ JAMIYATDA TERRORIZM VA EKSTREMIZMNING PAYDO BO’LISHI Nazarova Sohiba Abdumuminovna Namangan viloyati To’raqo’rg’on tumani 45-maktab psixologi Xolqo’ziyeva Mohira Abdurasulovna Namangan viloyati To’raqo’rg’on tumani 14-maktab psixologi Annotatsiya: Ushbu maqola orqali muallif hozirgi jamiyatning og’riqli nuqtasi terrorizm va unga moyil shaxslarning psixologik hususiyatlari xaqida so’z yuritiib o’tgan. Maqola bilan tanishar ekansiz mavzu yuzasidagi savollaringizga javob olasiz Kalit so’zlar: Terrorizm, ekstrimistik xulq, vayronkor g’oya. Bizning serquyosh o’lkamiz o’zining tinch bayramlari, musaffo osmoni, mexnatkash xalqi va ko’plab tomonlari bilan yanayam ko’rkamdir. Terrorizmning zaruriy sharti - bu terroristik harakatning jamiyatdagi ommaviy yoyilgan to’lqinlanishi hisoblanadi. Terrorizm tubdan deklarativdir. Terroristik hujum haqida ma’lumotni keng tarqatish, uni eng ko’p muhokama qilinadigan voqea omil terrorizm taktikasining asosiy elementi hisoblanadi. E’tibor qaratilmagan yoki atrofga keng ovoza bo’lmagan terroristik harakat barcha strukturaviy ahamiyatini yo’qotishi mumkin. Shuning uchun, ular o’z harakatlarini kengroq yoyishga harakat qilib, ko’proq ommaviy axborot vositalaridan foydalanishga harakat qilishadi. Amalga oshirilgan axborot ta’sir natijasida odamlarda vahima uyg’onadi hamda qo’rquv paydo bo’ladi. Terroristlar axborot ta’siriga tushgan tomoshabinlar, eshitganlar, o’qiganlar e’tiborini davlatga, hokimiyatga hamda ulardagi muayyan davlat xizmatchilariga qaratadi. Ular mavjud tuzumning salbiy tomonlarini bo’rttirib ko’rsatadi hamda o’zlarini “xaloskor” deb o’ylashadi. Terroristlarga jamoatchilikning munosabatini o’zgartirish uchun terroristik harakatga qarshi jamoatchilik javobi zarur. Terroristik hujumlar ommaviy psixologiyaga ta’sir qiladi. Ayniqsa, bu jarayon yoshlarga ko’proq ta’sir qilayotgani achinarli holat. Chunki yoshlarni manipulyatsiya qilish katta yoshdagilarga nisbatan osondir. Buni Rossiya Islom Universiteti olimlari S.Y.Romanov hamda L.K.Mullagaliyevalar tomonidan o’tkazilgan tadqiqot statistikasi ham tasdiqlaydi. So’nggi ikki yildagi vaziyatni tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, ekstremistik tashkilotlar ishtirokchilarining ko’pchiligining yoshi 35 yoshdan oshmagan, 16 yoshdan 19 yoshgacha – 5%, 20-24 yosh - 15%, 25-29 yosh - 23%, 30-34 yosh - 24%, 35-39 yosh - 16%, 40-44 yosh - 15%, 45 va undan katta yoshdagilar - 2% ni tashkil etadi. Terroristik tashkilotlar o’zlarining kuchlari va oxirigacha borishga tayyor ekanliklarini namoyish etib, o’zlarini va insonlar hayotini qurbon qilmoqdalar. Terrorist bu jamiyatda, bu dunyoda hech qanday sharoitda mavjud tartibni qabul qilmasligini, g’alaba qozonmaguncha yoki oxirigacha muholif tizimga qarshi kurashishi “Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali 2181-4325 | https://ilmfanvatalim.uz/ | № 6 ~ 147 ~ .mumkinligini baland ovoz bilan e’lon qiladi. Shuning uchun terroristik harakatini namoyon etadi. Bu bilan jamiyatga uning kuchsizligini namoyish etmoqchi bo’ladi, terroristik hujum sodir bo’lgan vaqt va makonda hukumat kuchsizligini isbotlamoqchi bo’ladi, qonunlarni va hokimiyat o’rnatgan tartib-qoidalarga befarqlik bilan qaraydi, terroristik hujum hududida muqobil hukumat amalga oshiradi. Terrorizm hamma joyda uchraydigan hodisa emas. Ushbu taktikadan foydalanish jamiyatning ijtimoiy-madaniy va siyosiy xususiyatlari majmuini nazarda tutadi. Agar ushbu xususiyatlar mavjud bo’lmasa, terrorizm taktikasini amalga oshirish mumkin emas. Hujum mamlakat miqyosida va ideal holida global auditoriyani talab qiladi.Terrorizm totalitar va avtoritar jamiyatlarda bo’lishi kamdan kam uchraydi. Chunki uning paydo bo’lishi uchun bu jamiyatda yetarli shart-sharoitlar mavjud emas. Jamiyatning hech bo’lmaganda bir qismi terrorchilar harakatiga moyil bo’lgan taqdirda terrorizm faoliyati paydo bo’lishi mumkin. Qo’poruvchilardan farqli o’laroq dushmanlik sharoitida ishlay oladigan maxsus o’qitilgan mutaxassislar terrorchilar, partizanlar singari, aholi orasida qo’llab-quvvatlashga muhtojdir. Ushbu yordamni yo’qotish terroristik faoliyatning yo’q bo’lib ketishiga olib keladi.Terrorizm inqirozli jarayonlarning ko’rsatkichidir. Bu jamiyat va hukumat o’rtasida, jamiyatning alohida qismi va umuman jamiyat o’rtasida shoshilinch aloqa kanalidir. Bu ijtimoiy makonning ma’lum bir zonasida chuqurlik borligi haqida dalolat beradi. Shu nuqtai nazardan, terrorizm mutlaqo hukumat kuchlari bilan yengadigan hodisa emas. Terroristlarni ushlash va ularni yo’q qilish bu yovuzlikka qarshi kurashning faqat bir qismidir. Boshqa katta asosiy qismi esa jamiyatni ijimoiy, iqtisodiy, siyosiy va diniy tafakkurini o’stirish, terrorizmga asoslariga bolta uradigan siyosiy, ijtimoiy va madaniy o’zgarishlarni o’z ichiga oladi. Terrorizm va ekstrimizm kelib chiqishini ijtimoiy asoslari esa birinchi navbatda: -boy va kambag’allar o’rtasidagi daromad darajasidagi katta farq tufayli o’sayotgan norozilik; -shaxsning hayotiy manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish darajasining pasayishi; -aholining turmush darajasining pasayishi, ishsizlBularning barchasi jamiyatda ijtimoiy begonalashish kayfiyatining shakllanishiga va bu orqali o’sishiga yordam beradi. Aholining katta qismida xudbinlik, loqaydlik va qaramlikni keltirib chiqaradi. Bu esa o’z navbatida uyushgan jinoyatchilikning jamiyatdagi ziddiyatlarning kuchayishiga va chuqurlashishiga, aholining muayyan qismini jinoiy munosabatlarga bosqichma-bosqich jalb qilinishiga olib boradi. Jamiyatning ma’naviy hayotining tanazzuli, jamiyatning tarixiy va madaniy an’analarining yo’q qilinishi, individualizm, xudbinlik va zo’ravonlik o’rnatilishi, fuqarolarning jamiyatda davlatning uni himoya qilish qobiliyatiga ishonmaslik tuyg’usining shakllanishi, milliy burch, qadr-qimmat, sha’raf va vatanga sodiqlik kabi tushunchalarning ahamiyatini pasayishi kabi bir qator “Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali 2181-4325 | https://ilmfanvatalim.uz/ | № 6 ~ 148 ~ omilar terrorizm va ekstremizm tug’ilishidagi asosiy omillar hisoblanadi. Bundan tashqari bir necha omillar ham borki undan ko’z yumib bo’lmaydi. Yuqorida aytib o’tilgan aholining mulkiy tabaqalanishi, jamiyatning umumiy maqsadlar, g’oyalar, qadriyatlar bilan birlashtirilgan ajralmas organizm sifatida ishlashni to’xtatilishiga olib keladi. Bu ijtimoiy keskinlikning oshishiga sabab bo’ladi. Ta’lim jarayonidagi g’oyaviy tarkibiy qismning pasayishi, axloqiy qadriyatlarning yo’qolishiga olib keldi. Bu ma’naviyatning yetishmasligi, mamlakat taraqqiyoti tarixi va istiqbollari to’g’risida aniq g’oyalarning yo’qligi, Vatan taqdiri uchun daxldorlik va mas’uliyat tuyg’usining yo’qolishiga sabab bo’ladi. Endi esa yoshlarni totalitar tashkilotlar tarmog’iga ilinib qolayotganligini ijtimoiy jihatdan tahlilini ko’rib chiqamiz. 1. Oilaviy muhiti muammoli bo’lgan sharoitda tarbiyalanish; 2. O’smirlar o’tish davridagi psixologik inqirozlar; 3. Zamonaviy hayotning qiyinchiliklari oldida qo’rquv va ishonchsizlik hissi; 4. Kelajakdagi noaniqlik va umidsizlik; 5. Boshqalar bilan muloqot qilishda murakkablik va natijada yuzaga keladigan muammolar. Terrorist va ekstremist shaxslarning paydo bo’lishida asosiy ro’lni nafaqat ijtimoiy omillarning, balki, alohida shaxsning xususiyatlari ham ro’li katta. Zero bunday illatlarga qarshi barchamiz birdek kurashmog’imiz lozim. Download 4.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling