Ilm-fan va ta’limda innovatsion yondashuvlar, muammolar, taklif va yechimlar


Download 1.59 Mb.
bet70/71
Sana28.02.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1237641
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71
Bog'liq
26-son konf tayyor

Adabiyotlar:


  1. A. Ismoilov, D. Norboyeva, K. Kucharova, Z. Qosimova, N. Aminova. Xalqaro tadqiqotlarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining savodxonligini baholash. (o‘quv qo‘llanma) – T.: Sharq NMAK, 2019. -94 b.

  2. Xodjaboev A. Xusanov L. Kasbiy ta’lim metodologiyasi. T.: Fan va texnologiyalar, 2007.

183
www.academiascience.uz
“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 26-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI

UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA SINF RAHBARLIK ISHLARINI TASHKIL ETISH METODIKASI. SINF RAHBARINING MAKTAB JAMOAT TASHKILOTLARI BILAN OLIB BORILADIGAN ISHLARI




Normurodova Gulchehra
37 Maktab, Sherobod tumani, Surxondaryo viloyati

Bekmurodova Dilbar


29 Makab, Sherobod tumani, Surxondaryo viloyati
Hozirgi kunda davlatimizda ta’limga bo’lgan e’tibor, yetuk pedagogik kadrlar tayyorlashga bo’lgan talab shahs tarbiyasini amalga oshirish, sinf o’quvchilarining qobilyatlarini to’liq namoyon etishlari uchun yetarli pedagogik sharoit yaratishdir. Bu borada maktab pedagogik va o’quvchilar jamoasi hamkorligida tarbiyaviy ishlar tashkil etishda har bir o’quvchining o’ziga xos xususiyatlariga qarab yondashishni yo’lga qo’yiladi. Malakali pedagoglar tayyorlash jarayonida ham bunga katta e’tibor qaratilib, ularni nafaqat pedagogik hamda psixologik tayyorlashga chuqur e’tibor qaratiladi. Zero o’qituvchi bu-qalb memori, jamiyat quruvchisidir. O’quvchilarning temperamaentiga mos ravishda ularni jamiyatga munosib kadr qilib tayyorlab ularni sinfdagi tengdoshlari bilan munosabatini xurmat va tenglik asosida birga olib borish katta masulyatni talab etadi.
Sinf rahbari deganda o’quvchilarni turli xil saviyada, bir xil yoshda, bilimi jihatidan farqli yoki teng bo’lgan jamoani boshqarib turuvchi pedagog sinf rahbari deb ataladi. Sinf rahbrining asosiy maqsadi, o’quvchilarini to’g’ri tarbiyalash yurtimizga munosib farzanzandlar qilib yetkizishdir. Ularni jamiyatga munosib yo’naltirish jarayonida o’quvchi va sinf rahbari bilan bir-birini tushun olishi juda muhim jihat va albatta sinf rahbari tomonidan o’quvchilar katta masulyat bilan e’tiborliroq bo’lishtalab etiladi. O’quvchilar bilan bo’ladigan o’zaro munosatlarni to’g’ri yo’lga qo’yishi kerak, hamda o’quvchilarning o’sishi va rivojlanishiga qarab ularni qayta qurish xususiyati rivojlanirish ham sinf rahbari uchun muhim ahamiyatga ega. Sinf rahbari qiladigan ishlardan yana bir muhim jihati shuki u o’zi rahbarlik
184
www.academiascience.uz
“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 26-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
qilayotgan sinfning barcha ish hujjatlarini yuritadi va uni maktab mamuryatiga nazorat uchun taqdim etadi.
Maktabda sinf rahbarining mehnati, jumladan, tadbirlar, mushoiralar, turli kechalar, uchrashuvlar, tanlovlar va boshqa o’yinlar orqali o’quvchilar tarbiyalanadi
Natijada o’quvchilarning fikrlash qobilyatlari rivojlanadi. Sinf rahbari maktab ma’muryati va jamoatchilik, ota-onalar bilan hamkorlikda ishlaydi. Maktab ma’muryati sinf rahbari va uning ishini doimo qo’llab quvvatlashi kerak. Chunki sinf rahbari o’z o’quvchilarini yaxshi biladi, ularga ta’lim-tarbiya berish uchun nimalar zarurligini hisobga oladi. Sinf rahbarlik ishiga direktorning ma’naviy-marifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari rahbarlik qiladi va nazorat olib boradi. Sinf rahbarlik yillik, choraklik, haftalik ish rejasi xalq ta’limi vazirligi tafsiyanomasi asosida ishlab chiqiladi. Umumta’lim maktablarida direktor tomonidan sinf rahbarlik vazifasi yuklatiladi.
Sinf rahbari o’ziga yuklatilgan sinfda o’quvchilarga va ularning ota-onalariga belgilangan vaqtlarda yig’ilishlar o’tkazib turishi shart. Yig’ilishlardan maqsad o’quvchilarning ta’lim-tarbiya jarayonida erishayotgan yutuqlari, kamchiliklari va mavjud muammolar haqida bo’ladi. Jamoaviy kelishilgan holda yutuqlarni yanada kengroq sinf o’quvchilari orasida tadbiq etish, kamchiliklarni bartaraf etish yo’llari kelishib olinadi.
Sinf rahbari tashabbusi bilan sinfda kutubxona tahkil qilinsa o’quvchilar uchun juda foydali hisoblanadi. O’quvchilarni shu kutubxonani rivojlantirish, faolyatini to’g’ri olib borish uchun ularning o’zlaridan tashabbuslarini qo’llab quvvatlagan xolda kitoblar taqdim qilish va ulashishga undash kerak. Sinf burchagida esa ‘’SIZ TUG’ILGAN KUN’’ darchasini tashkil qilish ham juda foydali jihatlardan hisoblanadi. Bu orqali o’quvchilar o’rtasida do’stona xurmat-e’tibor ko’rinishlari rivojlana boradi.
Yosh avlodni tarbiyalashda ularda etik-estetik, ekologik tarbiyani rivojlantirish ham juda muhim jihatlardan biri hisoblanadi. O’quvchilar o’zlariga dars berayotgan o’qituvchiga o’xshashni juda xoxlashadi va tabiy holatlarda ulardan insniylik jihatidan bazi tomonlari bilan ularga o’xshab boraveradilar. Shuning uchun bo’lajak
185
www.academiascience.uz
“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 26-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
pedagog, o’quvchilar jamoasi rahbari o’zini etik-estetik jihatdan yaxshi tarbiyalagan va namuna bo’ladigan darajada tarbiyali qolipga solib olgan bo’lishi lozim. Sinf honasining ozodaligiga ham o’qituvchidan talab qilinadigan majburyatlardan biri. Uddaburon sinf rahbari bu majburyatni tashabbus bilan almashtira oladi. O’quvchilarni atrof muhit ozodaligi ularning o’zlari uchun juda muhim ekanligi va sinf xonasida xona gullarini o’stirish sing havosini, ko’rkini ochish uchun xizmat qiladigan eko tarbiyani ham o’rgatib, singdirib borish kerak.
Kelajak avlodimizni to’g’ri, insonparvar ruhda tarbiyalash sinf rahbarining asosiy vazifalaridan biridir. Tarbiya jarayonida sinfga dars beradigan o’qituvchilar jamoasi va sinf rahbari birgalashib sinfdagi har bir bolaga alohida yondoshgan holatda hamkolikda va bamaslaxat ish olib borishi kerak. O’quvchilarni shasiy qobilyatlariga va qaysi fanni yaxshi o’zlashtirishiga qarab ularni fan to’garaklari va kasb maktablariga yo’naltirish uchun sinf rahbari va fan o’qituvchising qanchalik hamkorlikda va birdamlikda ish oib borishiga qarab to’g’ri yo;lga qo’yiladi. O’quvchilarning esa o’zi qiziqqan va mukammal biladigan sohga to’g’ri yo’naltirilishi ularning kelajakda munosib kasb tanlashda tamaltoshi bo’lib xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytganda sinf rahbarlik faolyati shunchaki yuklatiladigan vazifa emas u bir inson uchun kelajak avlodni uning qo’liga topshirib, ya’ni bir misoli niholni ulkan daraxt bo’lishi uchun, uning kelajakda shirin mevalar berib, atrofdagi insonlarga soya-salqinidan foydalanadigan daraxt qilib parvarishlash uchun yuklatilgan buyuk vazifadir. Muallimlik kasbi qanchalik masulyatli bo’lsa va shunchalik savobli kasbdir.

186
www.academiascience.uz


“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 26-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI





Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling