Ilm-fan va ta’limda innovatsion yondashuvlar, muammolar, taklif va yechimlar


Download 1.59 Mb.
bet44/71
Sana28.02.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1237641
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   71
Bog'liq
26-son konf tayyor

Kalit so‘zlar: Tarbiya turlari, bola, aqliy tarbiya, jismoniy tarbiya, mehnat tarbiyasi, axloqiy tarbiya, estetik tarbiya, ekologik tarbiya, huquqiy tarbiya.


Tarbiya mavzusini yoritishda avvalo ulug‘ mutafakkir Abdulla Avloniyning

“Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat — yo falokat



masalasidir” degan purma’no fikrlarini yodga olish zarurdir. Bu so‘zlar uzoq yillardan

buyon o‘zining dolzarbligini yo‘qotmay kelayotganligi hech kimga sir emas. Buning


sababi esa, hamma vaqtda ham jamiyatda tarbiya yuqori ahamiyatga ega ekanligidir.


Darhaqiqat, tarbiya – oiladan boshlanadi. Bola tarbiyaning asosini oilasidan olsa, yana


bir qancha turlarini hayot faoliyati davomida egallab boradi. Ta’lim-tarbiyaning ilk va


asosiy bo‘g‘ini hisoblanmish maktabgacha ta’lim tizimi esa, bolaga tarbiya berishdek


o‘ta mas’uliyatli vazifani o‘z oldiga qo‘yadi. K. Marks ta’biri bilan aytganda:


“Tarbiyachining o‘zi tarbiyalangan bo‘lmog‘i zarur”. Bundan kelib chiqib aytish


mumkinki, tarbiyachi kasbi faqat bolaning kundalik nazoratchisi emas, balki, kelajak



avlodni tarbiyalovchi kasb egasidir.
Maktabgacha ta’lim tizimi pedagog xodimlari oldiga qo‘yilgan vazifalardan biri ham Vatanparvarlik ruhida tarbiya berishdir. Vatanparvarlik – o‘zi tug‘ilib, kamol topgan yerga bo‘lgan muhabbatdir. Bejizga dono xalqimiz “Vatanni sevmoq
114
www.academiascience.uz
“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 26-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
iymondandir” deb ta’kidlamagan. Vatanparvarlik bor ekan millatning tarixiga hurmat, bugungi kuniga sadoqat, ertasiga pok umid bo‘ladi. Tarixdan ma’lumki, buyuk ajdodlarimizda Vatanparvarlik hissi yuqori bo‘lgan. Ulug‘ allomalarimiz kindik qoni to‘kilgan joyga jon berishga tayyor turishgan. Vatanparvarlik shunday qadriyatki, u faqatgina xalqning oʻzi yashayotgan hududining daxlsizligi yoʻlidagi kurash bo‘lib qolmay, qaysi soha bo‘lmasin jonkuyarlik, fidoyilik ko‘rsatish demakdir.
Tarixga nazar tashlasak, bizning qadim ajdodlarimiz uzoq yillardan beri o‘z ona yurtini, diyorini tabarruk saqlab kelgan. Ular uchun avlodlar xotirasini e’zozlash, o‘z xalqi udumlarini, an'analarini asrab-avaylash, nomus-orini yuksak saqlash muqaddas burch sanalgan. Ajdodlarimiz boshidan ne-ne suronlar, fojialar, talon-tarojlar kechmadi. Ammo xalqimiz oʻz dahosi bilan insoniyat taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk allomalarni, donishmandlarni, sarkardalarni yetishtirdi, bebaho ma'naviy qadriyatlarni yaratdi.
To‘maris, Shiroq, Spitamen, Divashti, Jaloliddin Manguberdi, Najmiddin Kubro, Temur Malik, Mahmud Torobiy, Sohibqiron Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur, Alimqul Sardor, Abdumalik To‘ra, Madaminbek, Abdulla Avloniy, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov kabi ona Vatan fidoyilarining jasorasi Vatanparvarlikning yorqin namunasidir.
Tarbiya turlari xilma-xil tasnif etilish tavsifiga ega. Ko‘proq umumlashgan tasnif o‘zida aqliy, mehnat, jismoniy tarbiyani qamrab oladi.
Aqliy tarbiya ta’lim oluvchining intellekti, bilish imkoniyatlarini, iqtidor va qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Uning asosiy vazifasi - ta’lim oluvchilarni fan asoslari bo‘yicha bilimlar tizimi bilan qurollantirish. Ularni o‘zlashtirish natijasida tarbiyalanuvchida dunyoqarash asoslari shakllanishi zarur.
Aqliy tarbiyaning vazifalari: belgilangan hajmdagi ilmiy bilimlarni egallash, dunyoqarashni shakllantirish, aql kuchi, iqtidor va qobiliyatlarini rivojlantirish, bilishga oid qiziqishlarini rivojlantirish, shaxs salohiyati imkoniyatlarini rivojlantirish, bilish faoliyatini shakllantirish, doimiy ravishda o‘z bilimlarini to‘ldirish, umumta’limiy tayyorgarlik darajasini oshirish ehtiyojlarini rivojlantirish,
115
www.academiascience.uz
“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 26-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
ta'lim oluvchilarni bilish faoliyati uslublari bilan qurollantirish, fikrlash qobiliyati, ijodiy faoliyat tajribalarini shakllantirish.
Jismoniy tarbiya - deyarli barcha tarbiyaviy tizimlarning ajralmas tarkibiy qismi. Jismoniy tarbiyaning vazifalari: salomatlikni, to‘g‘ri jismoniy rivojlanishni mustahkamlash, aqliy va jismoniy ishchanlik qobiliyatini oshirish, tabiiy harakatlantiruvchi sifatlarni rivojlantirish va takomillashtirish, yangi harakat turlarini o‘rgatish, gigienik malakalarni rivojlantirish, axloqiy sifatlarni tarbiyalash, doimiy va tizimli tarzda jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish ehtiyoj larini shakllantirish, sog‘lom, tetik bolishga. o‘ziga va atrofdagilarga quvonch ulashishga
ishtiyoqni rivojlantirish.
Mehnat tarbiyasi - har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishning muhim tamoyili. Mehnat tarbiya jarayonida shaxs rivojining bosh omili, dunyoni ijodiy o‘zlashtirish, turli sohalardagi mehnat tajribalarini egallash usuli umumiy ta'limning ajralmas qismi sifatida yuzaga chiqadi.
Mehnat tarbiyasining asosiy vazifasi - bolalarni mehnat jarayonlari. vositalari, predmetlari haqidagi bilimlar, ishlab chiqarish mehnatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan umummehnat va maxsus ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish.
Bundan tashqari mehnat tarbiyasi quyidagi vazifalarni hal qiladi: mehnatga samimiy munosabatni, mehnatga qiziqishni, chin dildan bajarilgan vazifadan zavqlanish hissini va mehnatga oid bilimlarni amaliyotda qo‘llashni, mehnatdagi intizomlilikni tarbiyalash.
Axloqiy tarbiya - shaxsni har tomonlama rivojlantirishning muhim tarkibiy qismlaridan biri. Axloqiy tarbiyaning vazifalari jamiyatning shaxsga axloqiy talablarida aks etadi. Bu vazifalar o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi: axloqiy ongni, mustahkam axloqiy e'tiqodni, axloqiy his-tuyg‘uni, axloqiy xulq-atvor malaka va odatlarini, axloqiy sifatlarni tarbiyalash.
Estetik tarbiya - tarbiyalanuvchilarda estetik ideallar, ehtiyoj va qiziqishni rivojlantiruvchi tarbiya zanjiri va tarbiyaviy tizimlarning tayanch tarkibiy qismlaridan biri.
116
www.academiascience.uz
“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 26-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
Estetik tarbiyaning vazifalari: estetik bilimlarni shakllantirish, estetik madaniyatni shakllantirish, o‘tmishdan qolgan estetik va madaniy merosni egallash, borliqqa estetik munosabatni shakllantirish, estetik his-tuyg‘uni rivojlantirish, ta’lim oluvchilarni hayotda, tabiatda, mehnatda go‘zalliklarni yaratishga ishtirok ettirish, hayotiy faoliyatni go‘zallik qonuniyatlari asosiga qurishga bo‘lgan ehtiyojni rivojlantirish, hamma narsada: fikrda, ishda, tashqi ko‘rinishda go‘zal bo‘lishni shakllantirish.
Ekologik tarbiya ta’lim oluvchilarning tabiat va insonning o‘zaro harakatining ilmiy asoslarini egallaganliklari bilan bog‘liq. Uning maqsadi - atrof-muhit holati uchun shaxsning axloqiy mas’uliyatini tarbiyalash, barcha faoliyat turlarida ular haqida domiy g‘amxo‘rlik zaruriyatini anglashga yo’naltirilgan ilmiy bilimlar, qarashlar, e’tiqodlar tizimini shakllantirish.
Ekologik tarbiyaning vazifalari quyidagilarda aks etadi: tabiat haqidagi asosiy tushunchalar va ilmiy dalillarni o‘zlashtirish, jamiyat va har bir insonning moddiy va ma'naviy quvvati manbayi sifatida tabiatning ko‘p qirrali ahamiyatini tushunib yetish, amaliy bilimlar hamda atrof-muhitning holatini o‘rganish va baholash ko‘nikmalarini egallash, tabiat bilan muloqot ehtiyojlarini, tabiatdagi xulq-atvor me’yorlariga ongli amal qilishni rivojlantirish, tabiiy va o‘zlashtirilgan atrof-muhitni yaxshilash bo‘yicha faoliyatni faollashtirish.
Huquqiy tarbiyaning maqsadi - huquqiy ongni va yosh fuqaroning xulq-atvorini shakllantirish.
Huquqiy tarbiyaning asosiy vazifalari: ta`lim oluvchilaming zarur huquqiy bilimlarni egallashi, ta’lim oluvchilarni asosiy fuqarolik huquqi va majburiyatlariga amal qilishga o‘rgatish, imkon qadar huquqbuzarliklarning oldini olishdan, bolalarga o’z huquq va burchlarini tanishtirishdan iborat.



Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling