Ilm-fan va ta’limda innovatsion yondashuvlar, muammolar, taklif va yechimlar


Download 1.59 Mb.
bet47/71
Sana28.02.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1237641
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   71
Bog'liq
26-son konf tayyor

Foydalanilgan adabiyotlar:


  1. Tolibova J.O,G‘afurov.A.T Biologiya ta’lim texnologiyalari. “O‘qituvchi”


  1. Po‘latov Sh. Ta’lim menejmenti yoxud ta’lim muassasasini ilmiy-metodik

boshqarish texnologiyasi. O‘quv metodik qo‘llanma. Toshkent 2017.
3.O. Mavlonov Biologiya ( Zoologiya) Toshkent 2017.

125
www.academiascience.uz



“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 26-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI

BIOLOGIYA FANI DARSLARIDA O'QUVCHILARNING XOTIRASINI MUSTAHKAMLASH




Jo'raeva Sadoqat Jahonovna
29-son umumta'lim maktabi o'qituvchisi Buxoro viloyati G'ijduvon tumani


Annotatsiya: Maqolada biologiya darslarida o'quvchilarning xotirasini mustahkamlashda “Xotira mashqlari” o'yinlaridan foydalanish masalasi ko'rib chikilgan hamda o'yinlardan misollar keltirilgan.
Kalit so'zlar: Ta'lim jarayoni , interfaol metodlar, o'quvchilarning xotirasi, diqqatini rivojlantirish, o'yinlardan foydalanish, fanga qiziqtirish.

Maktabda sifatli ta'lim berish, birinchi navbatda, pedagog kadrlarning boy tajribasi, bilimi va kasbiy maxorati orqali amalga oshiriladi. Bugungi kunda axborotlar, ma'lumotlar manbaining kengligi, zamonaviy bilimlarni faqatgina darslik yoki dars mashg'ulotlari davomida o'quvchiga yetkazib bo'lmasligi, buning uchun internet tizimi orqali o'z soxasining yangi ma'lumotlariga ega bo'lish zarurligi pedagogdan katta mas'uliyat talab etadi.


Ta'lim jarayonida interfaol metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o'quv jarayoniga qo'llashga bo'lgan e'tibor kundan-kunga ortib bormoqda. Shu vaqtgacha an'anaviy ta'limda o'quvchilarga faqat tayyor bilimlarni egallashga yo'nalish berilgan bo'lsa, zamonaviy texnologiyalar esa egallanayotgan bilimlarni qidirib topishga, mustaqil o'rganib, tahlil qilishga, xulosalarni ham o'zlari keltirib chiqarishga o'rgatadi. O'qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik funktsiyasini bajaradi.
Shu jumladan maktablarda biologiya fanini o'rganishda zamonaviy o'qitish metodlari bo'lmish interfaol metodlarning o'rni beqiyosdir. Pedagogik texnologiya usullaridan biri-o'yindir.
126
www.academiascience.uz
“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 26-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
O'quvchilarning xotirasini mustahkamlash, diqqatini rivojlantirishga o'qituvchilar ko'proq e'tibor berishga harakat qiladilar. Chunki o'quvchilar olgan bilim, malaka va ko'nikmalarni esda uzoq vaqt saqlashlari kerak bo'ladi. Shunda xotirani mustahkamlash uchun turli xil o'yinlardan foydalanilsa, maqsadga muvofiq bo'ladi. Quyida shunday o'yinlardan namunalar keltiramiz.

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling