Ilm-fan va ta’limda innovatsion yondashuvlar, muammolar, taklif va yechimlar
Download 1.59 Mb.
|
26-son konf tayyor
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
“Xotira mashqi”-o'yinlari.Bu o'yinni ko'pincha mustahkamlash mavzularida qo'llash mumkin. O'yinni qo'llashdan ko'zlangan asosiy maqsad: o'quvchilarning xotirasini mustahkamlash va fanga bo'lgan qiziqishini orttirish. Bu o'yinda o'quvchilar uch guruhga bo'linadi va har bir guruhda bittadan sardor tanlanadi. Keyin sardorlar so'z ya'ni zanjir o'yinini o'ynashadi. Bu o'yinda 1-sardor xohlagan bir so'z aytadi va 2-sardor 1-sardor aytgan so'zni takrorlaydi va o'zi ham yangi so'z aytadi. Keyin 3-sardor 1-2-sardorlar aytgan so'zlarni takrorlaydi va yana o'zi ham yangi so'z aytadi. Shu tariqa o'yin davom etadi. Agar bitta so'z esidan chiqib unutilib qoldirilsa, o'sha sardor o'yindan chiqadi. Sardorlar o'z guruhlarini himoya qilishlari kerak. O'qituvchining stoli ustida kartochkalar terib qo'yiladi. Har bir o'quvchi stol yoniga kelib, bitta kartochka oladi va kartochkada biologiyaga oid atamani talaffuz qiladi va o'zidan oldingi o'quvchi aytgan atamani takrorlaydi. O'yin shu tarzda olib boriladi. Shartni to'liq bajarmagan o'quvchi o'yindan chiqadi. O'qituvchining stoli ustida turli xil predmetlar, maketlar va hokazo terib qo'yilgan. O'quvchi bir daqiqa predmetlarga nazar tashlab, orqa o'giriladi. Shu vaqt o'qituvchi predmetlardan istaganini (miqdori no'malum) olib qo'yadi. O'quvchi nima olib qo'yilganini topishi kerak. Xulosa qilib aytganda, hozirgi kunda ilmiy texnikaviy taraqqiyot ishlab chiqarishning ko'p sonli tarmoqlari bilan bir qatorda ta'lim tizimida ham pedagogik texnologiyalarni chuqur tatbiq etishni taqozo etmoqda. 127 www.academiascience.uz “ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 26-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI Adabiyotlar:Avliyoqulov N.X. Zamonaviy o’qitish texnologiyalari: uslubiy qo’llanma. – T.: 2001. Farberman B.L. Ilg’or pedagogik texnologiyalar. –T.: Fan, 2000. 128
“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 26-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling