Ilm-fan va ta’limda innovatsion yondashuvlar, muammolar, taklif va yechimlar


Download 1.59 Mb.
bet51/71
Sana28.02.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1237641
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   71
Bog'liq
26-son konf tayyor

Adabiyotlar:


1.B. Ziyamuxamedov, SH. Abdullaeva. Ilg'or pedagogik texnologiyalar. T., 2001
2. N.Saidaxmedov Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya. T., 2001

135
www.academiascience.uz


“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 26-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI

KIMYO FANI DARSLARIDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH




Fayziyeva Shohida Majidovna
29-son umumta’lim maktabi o’qituvchisi Buxoro viloyati G’ijduvon tumani
Annotatsiya: Maqolada kimyo darslarida pedagogik texnologiyalardan foydalanish masalasi ko’rib chiqilgan bo’lib, “Mo'jizalar maydoni”-metodi, “Begonani top”-o’yini, “Ha- yo`q” o`yinlari namuna sifatida tavsiya etilgan.
Kalit so’zlar: Kimyo fani, darsga qiziqtirish, faollikni oshirish, turli metodlar va o'yinlar, darsning samaradorligi, o'quvchilar o'zlashtirish darajasi.

Kimyo fanini o'qitishda o'quvchilarni darsga qiziqtirish, faolligini oshirish maqsadida o'qituvchi turli metodlar va o'yinlardan foydalanishga harakat qiladi. Quyida berilgan metod va o'yinlardan ayrim mavzularni o'rganish jarayonida foydalanish mumkin.


Mo'jizalar maydoni” metodi. Mo'jizalar maydoni usuli o'tgan mavzular yakunida umumlashtiruvchi takrorlash darsi shaklida yoki nazariy soatni o'tib keyin laboratoriya darsida o'tkaziladi. Usulni qo'llashdan ko'zlangan maqsad o'quvchilarni ongli tafakkurlashga chorlashdan iborat. Bu usulni qo'llash tartibi Masalan kimyo fanida nazariy soatdan olgan bilimlarini laboratoyiya darsida amalda qo'llash kerak. Masalan, “ To'yingan va to'yinmagan organik spirtlar “mavzusidan keyin “Glitserinning kimyoviy xossalarini o'rganish ” mavzusida laboratoriya ishi bo'ladi. Laboratoriya ishidan 2 ta tajriba tanlab olinadi. Masalan: 1. Spirtlarning sifat reaksiyasi 2. Glitsirinning mis (II) gidroksid bilan reaksiyasi.
Shu tayanch iborani ta'riflovchi sifatlar o'quvchiga o'qib eshittiriladi. Masalan: etil spirti, kaliy yodid, natriy gidroksid, mis (II) xlorid, o'yuvchi natriy, glitserin.

136
www.academiascience.uz


“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 26-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
Ammo tayanch iboralar sinf doskasiga alohida harflarda yozilib teskari qilib qo'yiladi.
Dastlab ikki o'quvchi tanlab olinib, ulardan tayanch iborani to'g'ri topgan g'olib aniqlanadi va shu mavzudan bittadan tajriba bajartiriladi. Ikki davradan keyin ikki g'olib aniqlanib, unga yuqori baho qo'yiladi. Bu usulni qo'llash orqali o'quvchilarni laboratoriya ishiga tayyorlash va tajribalar haqida kengroq mushoxada etishga harakat qiladilar.
“ Mo'jizalar maydoni” usulining mo'jizaligi laboratoriya ishida tajribaning bajarilishida. Bunda har bir o'quvchi tajriba bajarib, eng yashi xulosalagan o'quvchilar ham yuqori baholar bilan taqdirlanadi.

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling