Ilm-fan va ta’limda innovatsion yondashuvlar, muammolar, taklif va yechimlar
Download 1.59 Mb.
|
26-son konf tayyor
Anotatsiya: Mazkur maqola xorijiy tilni o’rgatishda dars samaradoorligini oshirish usullariga bag’ishlanadi.
Xorijiy til gramatikasini yaxshi o’zlashtirgan, ammo og’zaki fikr almashuvda qiynalib qolayotgan o’quvchilarning mavjudligi chet tii o’qituvchilarning fanni o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishga, xalqaro til o’rgatish tajriba va metodlarni o’z darslarida qo’llagan xolda o’quvchilarning og’zaki nutq faolyatini rivojlantirishlari lozimligini taqazo qilyapti. O’quvchilarni chet tili darslarining ilk kunlaridanoq qisqa so’zlashuv iboralari, she’r, qo’shiq, tez aytishlar, turli xil didaktik o’yinlar bilan boyitgan xolda olib borish bu harakatlarning boshlanishi hisoblanadi. Chet tili darslari o’quvchilarga boshlang’ich sinlardan boshlanishi ularning tilni o’rganishga bo’lgan katta qiziqish, motivatsiya, va albatta xato qilib qo’yishdan qo’rqmaslik hususiyatlari bilan katta afzaliklarga ega hisoblanadi. O’quvchilar chet tili ustozlarining har bir so’zini diqqat bilan tinglab, so’zlarni to’g’ri takrorlashga harakat qiladilar. Tengdoshlari bilan birga yodlash, takrorlash, savol-javob, tasvirlash kabi til amaliyotlarini olib borish orqali o’quvchilarning og’zaki nutq fa’olyatlari yanada rivojlanib boraveradi va bu orqali dars samaradorligi oshib boradi. Ingliz tili darslarida o’quvchilarga tayyor matnni berish va uni yodlab kelishga berish bilan cheklanmasdan, mavzuga oid yangi so’zlarni kommunikativ topshiriq orqali tushuntirish, bu kommunikativ topshiriqlarni o’zlashtirish bo’yicha ko’p martalik takrorga asoslangan mustaqil ishni tashkil qilish, mavzu bo’yicha tuziladigan matnni o’quvchilarning o’zlari tomonidan yaratilishini taminlash zarur. 139 www.academiascience.uz “ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 26-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI Aynan bunday mustaqil ish talabalar juftliklari, guruhlari orasida tashkil qilinadiki, xozirgi vaqtda interfaol o’qitish usullari deb atalayotgan darsning bu bosqichiga umumiy vaqtning asosiy katta qismini ajratish tafsiya qilinyapti. Bugungi kunda komunikativ ta’lim aynan ana shu maqsad va vazifalarga javob bera oladigan metodik sistema sifatida tan olinib kelinyapti. Shu nuqtaiy nazardan o’quv jarayonini rolli o’yinlar, bahs munozara shaklida uyushtirish, aqliy hujum kabi interfaol usullar o’quvchilarning o’zaro faolligini muloqot jarayonida shakllantirishni ko’zda tutayotgan bo’lsada, shakllangan nutq malakalarni amalda sinab ko’rishni mashq qilishni nazarda tutadi. Kommunikativ yondoshuvda aynan anashu nutq ko’nikmalari va malakalarini shakllantirish va mustahkamlash bosh maqsad qilib belgilanadi. Komunikativ topshiriqlar orqali yangi so’zlarni tushuntirish o’z navbatida xar bir so’z yoki ibora ifodalaydigan ma’noni o’quvchilarning barcha sezgilariga faol tasir qiladigan audio-vizual vositalarni namoyish qilish va emotsional ta’sir (kulgu, xazil, latifa), ekstralingivistik vositalardan (harakat, mimika, jest) foydalanib tashkil qilishi talab etiladi. Shundan kelib chiqib darsda kommunikativ usullarda quyidagi bosqichlarida tashkil qilish mumkin: O’quvchilarni nutqiy faolyatga tayyorlov bosqichi: bu bosqichda o’qituvchi mavzu bo’yicha tushuntirilishi lozim bo’lgan yangi so’z va iboralarni aniqlaydi. So’zni yoki butun bir jumlani tarjimasiz tushunishga yordam beradigan audio-vizual vositalarni (predmetlar, rasmlar) ko’rsatish orqali. Bu til o’rganish darslarini samaradorligini yanada oshirib, har bir darsd o’quvchilar 8-10 tagacha yangi so’z va shu so’zlar ishtirokidagi iboralar bilan tanishadi, o’rganadi, o’zlashtirib boradi. Mashg’ulotlarni tashkil qilishda sinfda kichik jamoalar tashkil qilish maqsadga muvofiq bo’lib, jamoaga o’quvchilarni bilmini teng taqsimlash ham juda muhim ahamiyatga ega. O’quvchilar jamoalari faqat bilmi kuchlilar, yoki past o’zlashtiruvchilarni birga bo’lib qolishi ham samaradorlikning pasayishiga olib keladi. Sinfdagi faol o’quvchilar past o’zlashtiruvchini kommunikatsiyaga chorlashi kerak. Shundagina samaradorlikka erishish mumkin. 140 www.academiascience.uz “ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 26-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI Ko’p maratlik takror orqali xar bir komunikativ topshiriqni mustahkamlash bosqichi : bu bosqich o’quv mashg’uloti jarayonida, o’quv labaratoriyasida va uyda o’tkazilishi nazarda tutiladi. Xar bir o’quvchilar juftligiga kartochkalar tarqatiladi. O’qituvchi mashg’ulot dastavvalida o’quvchilarga kommunikativ dialogni yana bir marta ko’rsatib beradi. O’quvchilar ko’z o’ngida jarayonni jonlantiradi, nafaqat tilni o’sha millatning ohanglar orqali hislari, manaviyatini ham ko’rsatib beradi. O’quvchilardan iborali dialoglarni kartochkalariga qaragan holda kommunikatsiyani olib borishlarini, har bir darak, so’roq, his hayajonli gaplarni alohida intonatsiya bilan takrorlashlarini so’raydi, mashg’ulot qayta-qayta bajarilish orqali bu o’quvchilarga yod bo’lib boradi. Til o’rganish darslari shu tariqa darajalarga ajratilib qadamba – qadam kommunikativ nutq yangi iboralar bilan boyib boradi. Aynan shu jarayonlarda gapirilayotgan jumlalarning talaffuz ohangi, xar bir leksik birlik yoki jumla ifodalagan ma’no o’zlashtiriladi va ularda tinglab tushunish ko’nikmalari shakllantiriladi. Xar bir kommunikativ topshiriq juftliklar tomonidan to’liq o’zlashtirilgach, navbatdagi topshiriqni bajarishga o’tiladi. O’quvchilar orasida olib borilayotgan bu kabi erkin muloqotlar ularning bir biriga hurmatini, javobgarlik hissini oshirib boradi. O’zaro hazil mutoiba orqali ular dostona munosabatlarni rivojlantiradi. O’qituvchi dars davomida olib borgan kommunikatsiya mashg’ulotlarning so’ngi bosqichi bu ularni sinfdan tashqari hollarda birga uyga vazifalarni tayyorlashda hamkorlik qilishni talab qilib borish bo’lishi kerak. Mustaqil ishlar orqali o’qituvchi o’quvchilarining shahsiy fikrlashini oshirib boradi. Har bir juftlikda shahsiy o’ziga hoslik kasb etgan holda dialog tayyorlaydi. Keying darslar davomida bu dialoglarga boshqa juftliklarning bergan fikralari tinglanadi, muhokama olib boriladi. Yuqorida ko’rib chiqqanlarimiz chet tili darslarida noodatiy usullar orqali tilni yanada mukammal o’rgatish orqali darslar samaradorligiga oshadi. 141 www.academiascience.uz “ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 26-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling