Ilm-fan va ta’limda innovatsion yondashuvlar, muammolar, taklif va yechimlar


O’ZBEK SHE’RIYATIDA QUYOSH OBRAZI POETIKASI


Download 1.59 Mb.
bet54/71
Sana28.02.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1237641
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   71
Bog'liq
26-son konf tayyor

O’ZBEK SHE’RIYATIDA QUYOSH OBRAZI POETIKASI


Jabborova Malohat
Filologiya fakulteti o’zbek adabiyoti yo’nalishi 1-kurs magistri
Annotatsiya: Maqolada she’riyatimizda qo’llangan samoviy jismlar, xususan, quyosh obrazining ma’no qirralari, uning mumtoz adabiyotda ko’pincha ilohiy- tasavvufiy ma’no kasb etishi, jadid, ma’rifatchilik adabiyotida ko’proq ijtimoiy mazmunni ifodalashi, yangi va zamonaviy esa she’riyatda esa tabiatning cheksiz go’zalliklarini aks etish va bu chizgilarni inson ruhiyatiga ko’chirish orqali betakror tasvir manbalarini yaratish haqida gap boradi.
Kalit so’zlar: Quyosh, za’faron, samoviy jismlar, fayz, nishot, qutlug’ sahar, bahaybat quyoshday,Sharq

Insoniyat tarixida hamisha yonma-yon yuradigan tushuncha va ramzlar bor. Masalan, Sharq deyilganda beixtiyor ko’z oldimizga charog’on quyosh, bahor chechaklari, bulbul nag’malari keladi.Quyosh Sharqdan chiqadi. Oftobning zarrin nurlari ko’zgularga za’faron rang beradi, lola barglariga otashin tus ato etadi. Bu holning barchasi qalbimizda go’zal bahor ayyomi va undagi malaksiymo Navro’z nashidasini uyg’otadi. Ogahiy buni shunday tasvirlaydi:


Baland aylab quyoshg'a poya navro'z,25 Ko’tardi yer yuzidan soya navro’z.
Kelib fayz-u nishot aysh birla, Muhayyo qildi elga voya navro’z.

Tabiat lirikasining nozik chizgilari aks etgan bu baytlarning dastlabki misralarida navro’z ayyomi jonlantirilib, quyoshni baland qadr va martabaga yuksaltiradi va bu orqali yer yuzidan soyaning ko’tarilishi, keyingi baytda esa “fayz”,






25 Ogahiy. Asarlar.IV jildlik,1-jild. Toshkent,1971.


www.academiascience.uz

142


“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 26-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
“nishot”, “aysh” so’zlari orqali olamning munavvar iforga burkanishi aks etgan poetik tasvir chizgilarini ko’rishimiz mumkin.
Umuman olganda, quyosh obrazi badiiy adabiyotda an’anaviy obraz bo‘lib, u ijodkorning kayfiyati yoki davr nuqtayi nazari bilan turlicha ma’nolarni anglatib keladi. Jumladan, mumtoz adabiyotda, xususan, Lutfiy, Navoiy, Bobur kabi buyuklarning ijodida quyosh obrazi orqali ilohiy ishq tarannum etilgan. Xususan, Alisher Navoiy orifona va oshiqona g’azallari tarkibidagi orifona baytlarda quyosh sayyorasi timsoliga juda ko’p murojaat etadi, hamd g’azallaridagi quyosh obrazi timsolida yakka-yu yagonalik faqatgina Ollohga xosligini, uning mavjudligini isbotlash zarurati yo’qligini ta’kidlash, buyuk yaratuvchanlik xususiyatini vasf etish, vahdatul vujud g’oyasini ilgari surishga foydalaniladi.26

Ey quyosh, nevchun qoshingdin soyadek surdung meni,27 Ravshan aylab jumlayi olamda kuydurding meni


baytida ham quyosh timsolida Allohga munojot etadi. Shuningdek,”Axtarin ashk ettiyu sovuq nafasni oh subh” deb boshlanuvchi to’qqiz baytla g’azalida kaxyoniy qarashlar ham falsafiy, ham ramziy mohiyat kasb etganligini ko’rishimiz mumkin.


Ey Navoiy, ul quyoshning mujdai vaslin berib, Qilsa netkay shomi hajrim mehnatni ko’toh subh28


Bizga ayonki, subhdan keyin quyoshning chiqishi va tunning chekinishi muqarrar. Lekin Navoiy nazarda tutayotgan tong ilohiy tajalli safosi bo’lganligi sababli quyosh ham piri murshid qalbi yoki mutlaq ruhning manbai timsolidir. jamoliga qarab ochila boshlaydi.Bunda misraning zohiriy ma’nosi: «Ey Navoiy, ul quyosh, ya’ni yor vaslining daragini yetkazib, hijron shomi azobini (mehnat — azob degani) qisqartirsa koshkiydi». Baytning orifona botiniy ma’nosi esa bunday: “Ey





26 Husniddin Eshonqulov “Alisher Navoiy she’riyatida samoviy timsollar”. Samarqand,1999.
27 Alisher Navoiy.Mukammal asarlar to’plami. 20 tomlik.1-tom. Toshkent:”Fan”, 1987.
28 Alisher Navoiy. To’la asarlar to’plami. 10 jildlik. 2-jild. Toshkent:G’.G’ulom NMI uyi.2011


www.academiascience.uz

143


“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 26-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
Navoiy, vahdat nuri jilvasi — tong Zoti mutlaq (yoki komil inson qalbi) manbaiga yetishish xushxabarini yetkazib, iloh yodidan begonalashuv qiynog’i, kasrat zulumoti ichra chekayotgan ruhiy iztirob-u azoblarimni qisqartirsa nima boʻlar ekan”. Mazkur gʻazalda Navoiy ilohiy ishq kechinmalarini real insoniy kechinmalar tarzida ana shunday tasvir va talqin etadi. Zotan, oriflarning tariqat darajalarini egallash yoʻlidagi intilish — yonishlari nega real boʻlmasin, axir bu oddiy odamlarning emas, oʻzlarini ruhan tayyorlagan, juda katta vazifani boʻyinga olib, faqat ma’naviy ma’rifat sari oʻtli shavq bilan intilish odamlarning har qanday dunyoviy tushunchadan xoli pokiza ishqi. Shuning uchun ularning qalb kechinmalari yuksak va oliyjanobdir.
XX asrning boshlarida o‘zbek lirikasida quyosh obrazi o‘lkada yuz berayotgan keskin ijtimoiy-siyosiy kurashlar fonida berildi. Buning yorqin namunalarini Usmon Nosir, Cho‘lpon, Oybek kabi zabardast, erksevar shoirlarning ijodlarida kuzatamiz.
Aynan Cho‘lponning “Tortishuv tongi” she’ridan olingan quyidagi satrlarida quyosh obrazi erk, istiqlolga tashna xalqning orzu-umidi sifatida talqin etilgan:
Chiqadigan quyoshni siz behuda,
Etak bilan to‘smoq uchun tirishmang
“Chiqadigan quyoshni” o‘xshatish san’ati orqali oddiy quyosh chiqishidan farqlagan va bu bilan millatning mustaqillikka intilish orzusi kuchli ekanligini ifoda etgan. Zamonaviy o‘zbek she’riyatida esa quyosh obrazi lirik qahramon ruhiyatining badiiy talqinida faol. Badiiyatda quyosh insonlarga moddiy nur barobarida ma’naviy nur ulashuvchi ramz sifatida talqin qilinadi. Masalan, Shavkat Rahmon she’riyatida faol qo’llaniluvchi quyosh obrazining ma’no qirralari ham shoir yashagan davr va uning dolzarb muammolari bilan bog’liq individual mazmun kasb etgan. Quyosh shoir she’rlarida nafaqat tabiat tasviri uchun vosita, balki u ramziy ma’nolarga ega. Shoir “Yaxshi niyat” she’rida shunday yozadi:
Kelajak bor hali bag’rida yuz mingta quyoshi porlagan
Ishonma hech qachon, ishonma qo’lida quroli borlarga
144
www.academiascience.uz
“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 26-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
Bu o’rinda quyosh shoir orzu qilgan porloq kelajakning metaforik obraziga aylangan. Quyosh tabiatdagidek bitta emas, yuz mingta. Ana shu yuz mingtalikning o’zi o’quvchi ongida o’zgacha assotsatsiya uyg’otadi. Matnda quyoshlarning porlashi yorug’ kunlarning poetik ifodasi bo’lib kelmoqda. Quyosh obrazning ma’no qirralari she’rdan-she’rga ochila boradi. “Odam uzoq yashar” deb boshlanuvchi she’rda quyosh obrazi tashbeh bo’lib keladi:
Agar do’sti bo’lsa har qutlug’ sahar bahaybat quyoshday uyg’onadigan She’rning umumpoetik mazmuni “qutlug’ sahar”, “do’st”, “bahaybat
quyoshday”, “uyg’onadigan” so’zlari asosida yuzaga chiqadi. Keltirilgan so’zlar ichida quyosh va sahar faol poetik obrazlar sirasiga kiradi, misra mazmuni aynan shu obrazlarga tayanadi. Quyoshning tabiiy belgi-xususiyatlari metaforik ma’noning yuzaga chiqishiga ko’maklashadi. Uning yorug’ligi, harorati, barcha tiriklikka quvvat, kuch, hayot manbalaridan biri ekanligi do’stning qanday fazilatlarga egaligini aniqlashtiradi.
Quyosh juda ulkan – bahaybat va u uyg’otgan sahar ,albatta, qutlug’ keladi. She’rning lirik qahramoni ana shunday ulug’ do’stni orzu qilmoqda. Ulug’ do’st esa yuz ming quyosh obrazida ifodalangan porloq kelajak fuqarosidir. Bu o’rinda alohida-alohida mazmunga ega she’rlar o’z holida mustaqil asar bo’lsa-da, ularni yagona g’oya birlashtiradi. Shoir she’rlaridagi an’anaviy obrazlarga bir-birini to’ldiruvchi poetik mazmun yuklangan. Shavkat Rahmon she’rlaridagi quyosh obrazining poetik ma’no ko’lamini yanada aniqroq belgilab, umumlashtirish uchun quyidagi namunalarni ko’rib chiqaylik:
Tabiatning xilvat burchagi:unutilgan, yovvoyi tuproq, huvillagan tog’u toshlarni qari quyosh sevadi ko’proq
Ushbu to’rtlikdagi “tuproqning yovvoyi”, “tog’-u toshlarni”,” huvillagan” epitetlariga qari quyosh obrazining jonlantirilgan sevgisi o’zgacha ma’no bag’ishlaydi. Tayanch ramziy obraz – quyosh asosida shoir ifodalagan poetik mazmunga oydinlik kiradi. Ya’ni borliq qanchalik o’zgarmasin, vaqt va zamon aylanib taqdir o’z hukmini chiqarmasin, quyoshning chin muhabbati o’zgarmay qolaveradi. Uning muhabbatiga muqobil kuch topilmaydi.
145
www.academiascience.uz
“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 26-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling