Ilm-fan va ta’limda innovatsion yondashuvlar, muammolar, taklif va yechimlar


Innovatsiya (Inglizcha –innovatsion) yangilik kiritish, yangilik demakdir


Download 1.59 Mb.
bet56/71
Sana28.02.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1237641
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   71
Bog'liq
26-son konf tayyor

Innovatsiya (Inglizcha –innovatsion) yangilik kiritish, yangilik demakdir. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o’quvchi faolyatiga yangilik, o’zgarishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol uslublardan foydalanadi. O’quv jarayonidagi pedagogik texnologiya- bu aniq ketma-ketlikdagi yaxlit jarayon bo’lib, o’quvchilarning ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo’naltirilgan, oldingi puxta loyihalashtirilgan va kofolatlangan natija bershiga qaratilgan pedagogik jarayondir.
Uzluksiz geografik ta’lim milliy ta’lim tizimining barcha bosqichlarini o’zida qamrab oluvchi va amaliy pog’ona joylashtiruvchi bilim berishni oddiydan murakkab tomonga olib boruvchi kadrlar tayyorlash tuzilmasi va uning faoliyat ko’rsatishi mumkin. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar ko’ziga yaqqol tashlanayotgan ularni ‘’Atrof-olamga sayohat’’ ruknida bolalarga ochiq havoda tanishtiruv sohalarini soatlarini o’tkazish va rasmlar chizdirish tafsiya etiladi. Bag’chada esa bolalarga ochiq havoda tanishtiruv soatlarini o’tkazish va rasmlar chizdirish tafsiya etiladi.
Geografiya darslarni o’qitishda avvaldan takomillashtirilgan ta’lim metodlari: og’zaki bayon, suhbat, darslik va qo’shimcha adabiyotlar bilan bir qatorda innovatsion texnologiyalardan to’g’ri foydalana bilish-bu o’quvchilarning fikrlarni oydinlashtiradi, darsga jadalligini oshiradi.
Innovatsiya- bu inglizcha ‘’yangilik kiritish’’ degan tushuncha bo’lib, o’qituvchi tomonidan geografiya darsiga yangiliklar, interfaol metodlar bilan boyitilib, to’ldirilib borilishi kerak. Bu metodlar alohida emas, bir-birlari bilan bog’liq xolda olib borilishi natijasida mavzuni tushuntirish vaqtida amalga oshirilib boriladi. O’qituvchi tomonidan klaster (tarmoqlar) uslubi har bir darsda o’quvchilar bilan birgalikda aloqalarni ko’rsatish uchun foydalanilsa, bu qulay va ihcham uslub bo’lib hisoblanadi. Innovatsiyon texnologiyalardan ‘’Skarabey’’ ‘’Bumerang’’ ‘’Vayer’ texnologiyalari murakkab ko’rinishlari bilan ajralib turadi. Bu yangi pedagogik texnologiyalar orqali o’quvchilar bilan olib borilayotgan geografiya fanidagi amaliy mashg’ulotlarning samaradorligi oshib boradi.
Geografiya fani boshqa fanlarga qaraganda ancha qiziq fan hisoblanadi. Umumta’lim maktablarida geografiya fani o’rta sinflardan boshlab dars rejasiga
148
www.academiascience.uz
“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 26-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
kiritiladi. O’quvchilar o’rta sinf yoshida dunyoga bo’lgan qiziqishlari, boshqa millatlar va ular yashaydigan manzil-makonlar haqida malulmotga ega bo’lishga bo’lgan qiziqishlar ortib boradi. Geografiya darslarining ilk kunlaridanoq o’qituvchi tomonidan tanishtirilgan, namoyish qilib berilgan Globus (yerning maket shakli) geografiya faniga bo’lgan qiziqishni yanada ortirib boradi. O’quvchilar mavzular ketma-ketligi davomida dunyoning turli mamlakatlari platosi, yer kurrasining quruqlik va dengiz va okeanlar bilan qoplangan qismlari, o’zlari yashab kelayotgan hududning qanday qazilma boyliklar, tabiy muhiti haqida malumotlar bilib boradilar. Bu orqali o’quvchilarning geografiya fanini anglashi, bilimlarga ega bo’lishi rivojlanib boradi. O’quvchilarni faqatkina nazariy bilimlar bilangina emas amaliy mashg’ulotlar bilan olib borilgan darslar ko’proq qiziqtiradi. Amaliy mashg’ulotlar davrida o’qituvchi tomonidan o’quvchilarga berilgan mustaqil ishlar ham katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Mustaqil ishlarda o’quvchilar o’zlari yaratgan ishlar orqali fanni yanada mustahkam egallay boshlaydi. Amaliy mashg’ulotlar davomida o’quvchilar bir-birlari bilan o’zaro jamoa bo’lib ishlaydilar. Tanqidiy fikrlash, ijodiy yondoshish, namoyish qilishga urinish sifatlari oshib boradi. O’quvchilarga har bir mavzu so’ngida o’qituvchi tomonidan berilgan mustaqil ishlar orqali o’quvchilar mavzuni qanchalik tushunganlarini, tasavvur qilaolganlarini bilib olishimiz mumkin.
Geografiya fanini o’qitishda o’qituvchidan katta mahorat talab etiladi. Yuqoridagi kabi innovatsion pedagogic texnologiyalardan foydalangan geografiya fani o’qituvchilarigina dars davomidako’zlagan maqsadlariga erishishlari mumkin.

149
www.academiascience.uz


“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 26-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling