Ilm-fan va ta’limda innovatsion yondashuvlar, muammolar, taklif va yechimlar


Download 1.59 Mb.
bet50/71
Sana28.02.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1237641
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   71
Bog'liq
26-son konf tayyor

Adabiyotlar:


  1. Ne'matov H., Mahmudov N., Sayfullaeva R., G'ulomov A., Abduraimova M. Ona tili. darslik. –T.: “Ijod dunyosi” nashriyot uyi, 2002

  2. A.Abduazizov. Tillar olamiga sayohat. -Toshkent: 1989.

131
www.academiascience.uz


“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 26-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI

ONA TILI VA ADABIYOT DARSLARIDA O’YINDAN FOYDALANISH


Sayfullayeva Shoxsanam Erdonovna 29-son umumta’lim maktabi o’qituvchisi Buxoro viloyati G’ijduvon tumani


Annotatsiya: Maqolada didaktik o’yinlar haqida fikr yuritilgan bo’lib, ona tili va adabiyot darslarida ”To’g’ri top”, ”Kim biladi?” kabi o’yinlar misol tariqasida tavsiya etilgan.
Kalit so’zlar: Mavsuli o'yinlar, o'yin qoidalari, yosh hususiyati, o’quvchining faolligi.

Hozirgi zamon talabiga javob bera oladigan zamonaviy darslarning asosiy shartlaridan- biri o’quvchilarni darsda zerikmasligi, darsning qiziqarli o’tishidir, bu uchun esa darsda o’yinlardan foydalanish katta ahamiyatga ega. O’yinlar orqali o’quvchining faoliyati faollashtiriladi. Ular o’quvchi shaxsidagi ijodiy imkoniyatlarni ro’yobga chiqarish va rivojlantirishning amaliy yechimlarini aniqlash va amalga oshirishda katta ahamiyatga ega.


Mavzuli o'yinlar jarayonida, o'quvchilar o'yin qoidalariga qat'iy rioya qilishga o'rganadilar, inoqlik his – tuyg'ulari, dunyoqarashlari shakllanib boradi. Ayniqsa o'yin jarayonida ularning idroki, zehni, xotirasi, bilim olish ishtiyoqi va ehtiyoji mustahkamlana boshlaydi, ziyrakligi, diqqati, topqirligi ortib boradi. O'quvchilarni iste'dodi, ijodiy qobiliyati namoyon bo'la boshlaydi.
Ta'lim jarayonida mavzuli o'yinlar o'quvchilarning yosh hususiyatiga ko'ra tashkil etilishi kerak.
Bu esa ularga bilim berishni yengillashtirishga, ko'rgazmalilikni ta'minlashga qaratilgan bo'lib, o'quvchilarni toliqtirmaslik, zeriktirmaslik imkoniyatini yaratadi.
Har bir o'yinni boshlashdan oldin o'quvchilarga o'yinning qoidasi, mazmuni, yakuni nimadan iborat ekani o'qituvchi tomonidan tushintiriladi. O'quvchilar uni tushunib, anglab, shu asosda harakat qiladilar.
132
www.academiascience.uz
“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 26-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
Mavzuli o’yin turlarini tanlashda o’qituvchi quyidagi mezonlarga rioya qilishi yaxshi natija beradi:

  • ishtirokchilarning tatkibi bo’yicha ( o’g’il bolalar, qizlar yoki aralash)

-o’quvchilarning soni bo’yicha ( yakka, guruhiy, juftlik, kichik guruh, va hokazo)

  • o’yin jarayoni bo’yicha (fikrlash, o’ylash, topag’onlik, harakatlar, musobaqa, bellashuv)

  • vaqt me’yori bo’yicha (dars,ma’lum vaqt, g’olib aniqlanguncha va hokazo)

Agar o’qituvchi shu me’zonlarga amal qilib dars o’tsa, dars qiziqarli va samarali bo’ladi.
Bu o’yinlarni qo’llashdan oldin o’qituvchi o’quvchilarga o’yin shartini tushuntirishi kerak va birgalikda bajarishi yaxshi natija beradi. Bu uchun esa o’qituvchi o’zi o’yin shartini obdon o’rganishi, uni qanday o’quvchilarga taqdim etishini oldindan rejalashtirishi va natijasini oldindan bilishi kerak. Qaysi darsda, qaysi mavzuda qanday o’yindan foydalanishga e’tibor berish lozim, bunda, albatta o’quvchilarning yoshiga mos bo’lishi ahamiyatlidir.
Quyida shunday o’yinlardan namunalarni tavsiya etamiz.
To'g'ri top”- o'yini uchun ikkita plakat kerak bo'ladi. O'qituvchi birinchi navbatda biror maqolning boshlanishini yozib qo'yadi, ikkinchisida esa tartibni o'zgartirgan holda maqolning davomini yozib qo'yadi.

  1. Qari bilganini egardan tushmaydi

  2. Avval o'yla. 2. yomon qopib

  3. Otdan tushsa ham 3. pari bilmas

  4. Yaxshi topib gapirar. 4. o'lan to'shaging

  5. O'z uying 5. keyin so'yla

Kim biladi?” o'yinidan Adabiyot darsida foydalanish mumkin. O'quvchilar ikki guruhga bo'linadi. Birinchi guruh a'zolari biror she'rdan parcha o'qishadi. Ikkinchi guruh a'zolari esa she'rning muallifini aniqlashadi. Keyingi navbatda ikkinchi guruh a'zolari she'r o'qishadi. Birinchi guruhdagilar esa she'r muallifini topishadi. Har bir to'g'ri javob uchun yutuqli kartochkalar berishadi. Bu o'yinni xohlagan shoirning lirikasini o'rganishda yoki dars jaryonida o'quvchilarni zeriktirishga yo'l qo'ymaslik,
133
www.academiascience.uz
“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 26-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
qiziqtirish maqsadida ham o'tkazish mumkin. Masalan, 9-sinfda Navoiy lirikasini o'rganishda quyidagicha foydalanish mumkin:
1-guruh:
Ul sanamkim, suv yakosinda paritek o'ltirur, G'oyati nozuklikindin suv bila yutsa bo'lur. 2-guruh . Atoiy
Bu gulshan ichra yo'ktur bako guliga sabot, Ajab saodat erur chiksa yaxshilik bila ot.
1-guruh. Navoiy
O'yin shu tarzda davom etadi. Ushbu o'yin o'kuvchilarda she'riyatga nisbatan kizikish uyg'otadi.
Zahriddin Muhammad Bobirning lirikasini o'rganishda quyidagicha bahri-bayt shaklidan foydalanish mumkin.

  1. o'quvchi:

Yod etmas emish kishini g'urbatda kishi, Shod etmas emish ko'ngilni mehnatda kishi, Ko'nglim bu g'ariblikda shod o'lmadi, oh, G'urbatda sevinmas emish, albatta, kishi.

  1. o'quvchi:

Ishqingda ko'ngil xarobdur, men ne qilay? Hajringda ko'zum purobdur men ne qilay? Jismim aro pechutobdur, men ne qilay?
Jonimda ko'p iztirobdur, men ne qilay?
Yuqori sinflarda, ayniqsa, xilma xil asar qahramonlariga xos portret qiyofalarini o'quvchi ko'z o'ngida jonlantirish vositasida u qaysi asar qahramoni ekanini topish o'yinini olib borish mumkin.
Masalan, 8-sinfda Yusuf Xos Hojibning “Qutadg'u bilig” dostonida quyidagicha o'yin turidan foydalanish mumkin:

  1. U benuqson aql timsoli, vazirning o'g'li bo'lib. Davlat ishlarida emas, dunyo ishlarida aql, idrok bilan ish ko'radi. (O'g'dulmish)

134
www.academiascience.uz
“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 26-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI

  1. U taqvodor, zohid, davlatning qarindoshi qanoat timsoli bo'lib. Foniy dunyoni o'tkinchi deb biladi. U dunyoviy ishlarning barchasi kerak, u hayotiy zarurat, lekin bu dunyo tuzilishi yo'lida umrini qurbon berish donolik belgisi emas deb biladi. (O'zg'urmish)

O'qituvchi yuqoridagi fikrni bayon etib, kim ta'riflanganini so'raydi. O'quvchilar esa o'qigan asari yuzasidan kimligini eslab topib aytadi.
Xulosa qilib aytganda, hozirgi zamon talabi -o’quvchilarning bilim olishi bilan birgalikda ularning mustaqil fikrlarini bayon etishga va ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantirishga qaratilgan.



Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling