Ilm-fan va ta’limda innovatsion yondashuvlar, muammolar, taklif va yechimlar
CHET TILI DARSLARIDA KOMUNIKATIV YONDOSHUVNING ROLI VA TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDAGI MUHIM AHAMIYATI
Download 1.59 Mb.
|
26-son konf tayyor
CHET TILI DARSLARIDA KOMUNIKATIV YONDOSHUVNING ROLI VA TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDAGI MUHIM AHAMIYATIHayitova Saodat 60 - maktab ingliz tili fani o’qituvchisi Surxondaryo viloyati, Sherobod tumani Bugungi kunda yurtimizning iqtisodiy, siyosiy, hamda ma’naviy-marifiy ravnaqi uchun bir necha tillarni mukammal bilish davrimizning ustuvor vazifalaridan biriga aylandi. Shu bois, mamlakatimizda xorijiy tillarni o’rganishga bo’lgan e’tibor yil sayin kuchayib bormoqda. Fikrimizning yorqin isboti sifatida Birinchi prezentimiz I.A.Karimovning 2012-yil 10-dekabr PQ 1875 sonli ‘’Chet tillarini o’rganish tizimini yanada takomillashtirishning chora-tadbirlari’’ qarori hamda ushbu qarorning uzviy davomi bo’lmish prezidentimiz SH.M.Mirziyoyevning 2021-yil 19-may PQ 5117 sonli ‘’O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XORIJIY TILLARNI O’RGANISHNI OMMALASHTIRISH FAOLIYATNI SIFAT JIHATIDAN YANGI BOSQICHGA OLIB CHIQISH TO’G’RISIDA’’ qarori mamlakatimiz tarixida muhim ahamiyatga qadamlardan hisoblanib, ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o’rganish uchun yetarl sharoitlar yaratilmoqda. Bunday ulkan vazifaning amalga oshirilishi esa o’z navbatida o’qitish jarayonini yangilash zamonaviy ilg’or pedagogik texnologiyalar saviyasini takomillashtirishga yangicha yondoshishni talab qiladi. Chet tili o’qitish metodikasida hozirgacha kommunikatsiyaga emas, balki o’qish, tarjima qilish dialoglarni yodlash kabi usullarga e’tibor berilar edi. Umumyevropa standartlarida hamda shu asosda yaratilgan Davlat ta’lim standartlariga ko’ra filologiya fakultetini bitiruvchilari kommunikativ kompetensiyalarni C1 darajasida bilishlari lozim. Kommunikativ kompetensiya haqida so’z borar ekan, uning keng miqyosidagi ta’rifiga to’xtalib o’tish joizdir. Kompetensiya so’zi lotincha ‘’compete’’ so’zidan olingan bo’lib, qay holda yondoshaman yoki qanday erishaman manolarni anglatadi. Chet tilining ilk o’rgatish davridayoq o’quvchilarda o’rganilayotgan tilda muloqot qilish ko’nikmalarini 161 www.academiascience.uz “ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 26-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI shakllantirish lozimdir. Bu esa dialogik nutq jarayonida amalga oshirilsa, samarali natija beradi. Darhaqiqat, dialogik muloqotda ikki va undan ortiq o’quvchi ishtirok etgan holda ular o’rtasida ko’p marotaba fikr almashinuv holati ro’y beradiki, bu ularda kommunikativ kompetensiyani shakllantirishga olib keladi. Kommunikativ kompetensiyaning asosiy komponentlarini muloqot mahorati, bilim va ko’nikmalarni tashkil etadi. Kommunikativ kompetensiyaga quyidagi mahoratlar kiradi: -uncha qiyin bo’lmagan matnni o’qish va mazmunini tushunish; -har qanday vaziyatda erkin muloqot qila bilish; o’z haqida, atrof-muhit haqida shahsiy fikrini bayyon etish, matn mazmunini hikoya qilib berish va uni baholay bilish; -fikrini yozma tarzda soddalashtirib ifoda etish kabilardir. Bunda o’qituvchi o’z darsini asosan kommunikativ usulda tashkil qilishni mqasad qilib olishi lozimdir. O’qituvchi bir vaqtning o’zida leksik, fonetik, Grammatik birliklarni o’rgatib brishi erak. Chet tili darslarini tashkillashtirishda dialogik va monologik yo’nalishlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. O’qituvchi darsni loyihalashda quyidagi omillarning turlaridan foydalanishi mumkin: -o’quvchining ichki ruhiyatiga e’tibor va uni rivojlantirish, bu esa dars jarayonini olib boorish faoliyatiga yordam beradi. Masalan: o’quvchi istagini, xoxishini anglab olib, shu yo’nalishda darsni darsni tashkil qilishi mumkin. Bu esa kommunikativ yo’nalishga, nutqni rivojlantiishga va situativ qiziqishga undaydi. Monologik nutq og’zaki nutqning davomiligini, fikrlashni, so’z birikmalari, iboralarni qo’llashda yoki o’qigan matnni qayta bayyon qilishda yordam beradigan, ko’nikma hosil qiladigan usullardan biridir. Dialogik nutq suhbatdoshning fikrini anglashga va berilgan savolga javobni qanday topishda yordam beradi, va o’quvchi aqliga hujum qilib, so’z va nutq iboralaridan to’g’ri foydalanishga undaydi. Diaologik nutqni o’rgatish tizimi quyidagilarni o’z ichiga oladi: -gapirishga tayyorlaydigan mashqlar (fonetik, leksik, gramatik) 162 www.academiascience.uz “ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 26-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI -aniq bir mavzu yuzasidan kommunikativ maqsadni ko’zda tutgan holda savol- javob tarzidagi muloqot. Monologik va dialogik nutq og’zaki nutq ko’nikmalarini rivojlantirishda katta ahamiyatga egadir. Bularni amalga oshirish uchun ertaklarni sahnalashtirish va dialoglar olib borish ko’zda tutiladi. Chet tillarini kommunikativ o’rgatishni tahlil qilar ekanmiz, til o’rganishning ilk bosqichidayoq o’quvchilarning til bo’yicha bilim va ko’nikmalarini shakllantirishda minimal tarzda bo’lsada muloqot asosiy o’rin tutadi. Dialog shahslar o’rtasidagi asosiy muloqot bo’lib, bu orqali tili o’rganilayotgan mamlakat o’lkashunosligini, madaniyatini, urf odatini bilib olish mumkin. Bu jarayonda kamida 2 ta o’quvchi ishtirok etib, suhbat davomida ular o’rtasida ko’p marotaba fikr almashinish ro’y beradiki, buning natijasida ular o’rtasida kommunikativ kompetensiya shakllanadi. Kommunikativ metodlarda foydalanish o’quvchilarning o’rganilayotgan xorijiy tilda muloqot qilish mahoratlarini oshirish uchun yaxshi imkoniyat yaratib berish bilan birga o’rganilayotgan xorijiy tilda muloqot qilish mahoratlarini oshirish uchun yaxshi imkoniyat yaratib berish bilan birga o’rganilayotgan tilda ona tilidagidek so’zlashuvchilar kabi fikrlash va anglashga o’rgatadi. 163
“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 26-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling