Ilm-fan va ta’limda innovatsion yondashuvlar, muammolar, taklif va yechimlar


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/54
Sana23.04.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1387907
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   54
Bog'liq
online konferensiya

 
31 
www.academiascience.uz
 
bo‘lardi, degan fikrga kelamiz. Chunki 5- sinf o‘quvchilari daftarga ko‘p gaplarni 
ko‘chirib yoza olmaydilar. Tayyor matn ustida ishlash, tayyor gaplardan bo‘laklar 
ustiga so‘roqlarni yozish esa qulay va ko‘proq amaliy bilim olishga yordam beradi. 
Lekin hamma o‘qituvchilar ham bunga e’tibor bermasligi, bunday usulni 
qo‘llamasligi mumkin. Ba’zida o‘quvchilar bir- ikkita grammatik qoidani o‘rganish 
uchun 5-6 gapni ko‘chirib yozib, vaqt yo‘qotadilar. Masalan, nuqtalar o‘rniga mos 
qo‘shimchani qo‘yish, berilgan ma’nodosh so‘zlaning mosini qo‘yish kabi 
topshiriqlarni ko‘proq bajarish mumkin, yozish uchun esa bitta mashq bajarilsa 
yetarli. 
Keyingi mulohazalar 7-sinf ona tili darsliklari haqida bo‘lib, ulardan bittasi 
haqida to‘xtalmoqchimiz. Bu “Ismlarning munosabat shakllari” mavzusidir. Bu 
mavzuni o‘zlashtirish o‘quvchi uchun qiyinchilik tug‘dirmoqda. Chunki “ismlar” 
atamasi ostida birlashtirilayotgan ot, sifat, son, olmosh, fe’lning harakat nomi va 
sifatdosh shakllari, shuningdek, taqlid so‘zlarni eslab qolishning o‘zi 7-sinf 
o‘quvchlari uchun murakkablik qilmoqda. Shu o‘rinda o‘zbek tilshunosligida 
“ismlar” deb nomlanuvchi til hodisasining paydo bo‘lishi haqida to‘xtalsak. 
Darslikda ta’kidlnganidek, bu so‘zlarni “ismlar’’ atamasi ostida birshtirish 
zarurmikin?
Bu hodisa tilshunoslikda qandaydir sun’iy, ortiqcha parametrga o‘xshab 
tuyulmayaptimi? Bundan 10-15 yillar oldin fanimizda otdan boshqa so‘z 
turkumlarining egalik va kelishik qo‘shimchalari bilan o‘zgarishi “otlashish hodisasi” 
deb talqin etilaredi. Ana shu talqin so‘z turkumlarining o‘ziga xos xususiyatlarini 
o‘rganishda, ularga qo‘shiladigan lug‘aviy shakl yasovchi yoki sintaktik shakl 
yasovchi qo‘shimchalarni farqlab o‘rganishda qulay edi. Ot, sifat, son, olmosh 
turkumlarini birlashtirib, ularga qo‘shiladigan lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar 
sanalganda ko‘plik, kichraytrish–erkalash, qiyoslash ma’nosini bildiruvchi shakllar 
aytib o‘tilgan. Lekin sifatning daraja shaklini yasovchi, sonning turlarini yasovchi 
qo‘shimchalar haqida esa hech narsa deyilmagan.


“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” 
MAVZUSIDAGI 11-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI 

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling