Ilm-fan va ta’limda innovatsion yondashuvlar, muammolar, taklif va yechimlar


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/54
Sana23.04.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1387907
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   54
Bog'liq
online konferensiya

 
56 
www.academiascience.uz
 
yuksaltirishga va undan ijodiy o‘zlashtirishimizga asos bo‘lib xizmat qiladi. Buyuk
mutafakkir Alisher Navoiy deyarli barcha asarlarida ta’lim-tarbiya masalalariga
alohida e’tibor berib tarbiya jarayonlarini, vositalarini talablarini ko‘rsatadi va
ta’limda ilmiylik, asoslanganlik, tarixiylik kabi talablarni asos qilib olish kerakligini 
aytadi.
Zamonasining peshqadam ziyolisi bo‘lgan Abdulla Avloniy bolalarni mustaqil 
mantiqiy fikrlashga o‘rgatishda ularning fikriy tarbiyasiga to‘xtalar ekan, bu-
muallimlarning diqqatlariga suyalgan, vijdonlariga yuklangan muqaddas bir 
vazifadur, fikrning quvvati, ziynati, kengligi muallimning tarbiyasiga bog‘liqdur”,-
deb fikr bildiradi.
Ulug‘ mutafakkirlarimiz Abu Rayxon Beruniy, Ibn Sino, Abu Nasr Forobiy
Alisher Navoiy kabi buyuk insonlarning komil inson haqidagi boy meroslari, o‘zbek 
xalqimizning milliy va umuminsoniy qadriyatlarisiz zamonaviy ta’limimizni aslo 
tasavvur qila olmaymiz. Mustaqillik huquqiy tafakkuri, umuminsoniy va milliy 
qadriyatlar, vatanparvarlik, adolatparvarlik, huquqiy merosni asrab-avaylash va 
ijtimoiy hayotning hamma jabhalarida uni qaror topti-rishga qolaversa, ahloqiy
fazilatlarni shakllantirishga yordam beradi.
Abu Nasr Farobiy iborasi bilan aytganda, “aholisi xushxulqqa ega bo‘lmagan
mamlakatda hokimiyatga ehtiyoj seziladi. Demak, jamiyatning nechog‘lik 
demokratlashuvi fuqarolar erki, huquq, erkinliklari, burchlarini bajarishi eng avvalo, 
adolatli jamiyat aholisining fe’l-atvoriga, ma’naviy-ahloqiy va ular huquqiy 
kamolotiga bog‘liqdir. Milliy odob ahloq va an’analar ham shaxs huquqiy ongini
oshishida muhim o‘rin tutadi. Jamiyat va davlat ijtimoiy faol, odobli ahloqli va 
qonunga itoatkor fuqarolarni tarbiyalashdan manfaatdor. Milliy odob-ahloq va 
huquqiy qadriyatlar asosida komil insonni tarbiyalash demokratik huquqiy
davlatning asosiy vazifasidir.
Milliy huquqiy tizimni fuqarolarning huquq va erkinliklariga zid bo‘lmagan 
odob-ahloq va huquqiy ma’daniyat qoidalari bilan to‘ldirib borish qonunchilik 
faoliyatimizning ham bosh mezoni bo‘lishi kerak. Fuqarolik jamiyatini
shakllantirishda nafaqat qonunlarning ustuvorligini ta’minlash, balki milliy odob-


“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” 
MAVZUSIDAGI 11-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI 

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling