Urganch Davlat Univirsiteti Maktabgacha ta’lim yo’nalishi 161-guruh talabasi Iskandarova Zilolaning Bolalar adabiyoti fanidan Mustaqil ta’lim ishi


Download 7.9 Kb.
bet1/3
Sana20.10.2023
Hajmi7.9 Kb.
#1713313
  1   2   3
Bog'liq
Abdulla Avloniy 2

Mavzu: Milliy uyg’onish davri o’zbek bolalar adabiyoti. Abdulla Avloniy. Reja: 1.Abdulla Avloniy haqida ma’lumot . 2. Abdulla Avloniyning darslik va qo’llanmalari . 3. Abdulla avloniy maqolalaridan .

“Har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadigan oyinayi hayoti til va adabiyotdir” Abdulla Avloniy

Abdulla Avloniy 1878-yilning 12-iyulida Toshkent shahrining Mergancha mahallasida to`quvchi hunarmand oilasida tug`ildi. Avval eski maktabda o`qib savod chiqardi, so`ng madrasada tahsil oldi. Oiladagi moddiy qiyinchilik tufayli u bolaligidan turli ishlarga qo‘l urdi. Odamlar eshigida mardikorlik qildi, g`isht quydi, duradgorlik va suvoqchilikni o`rgandi. Asosan kuz va qishda o`qib bilimini orttirdi, bahor va yozda mehnat qilib, oila tirikchiligiga qarashdi. XX asrning boshlarida A.Avloniy jadidlar harakatining faol tashkilotchilaridan biri sifatida Toshkentning Mirobod mahallasida yangi «usuli savtiya» — jadid maktablarini ochdi, o`zi mudirlik va o`qituvchilik qildi. 1909-yilda kambag`al, yetim-yesirlarga ko`mak beruvchi «Jamiyati xayriya» degan uyushma tashkil etdi.

A. Avloniy Turkistonda birinchilardan bo`lib maktabga geografiya, kimyo, handasa, fizika fanlari kiritilishiga ta'sir ko`rsatdi, ta’limni real turmush bilan bog`lashga intildi, bir dars bilan boshqasi o`rtasida muayyan tanaffusni, bir sinfdan ikkinchisiga o`tishdagi imtihonni joriy etdi, ta’lim tizimining dunyoviy yo`nalishini kuchaytirishga alohida e'tibor berdi. Hijron taxallusi bilan she'rlar bitgan, bir qator yangicha darsliklar yozgan.

Darsliklari: «Birinchi muallim» (1909), «Ikkinchi muallim» (1912). Qo`llanmasi: «Turkiy Guliston yoxud axloq» (1913), «Adabiyot yoxud milliy she'rlar» (1909-1916). Besh to`plamdan iborat «Adabiyot yoxud milliy she'rlar» maktablarda qo`llanma vazifasini o`tadi. Shoir bir she'rida millatni o`tmish ajdodlardan ibrat olgan holda ilm-u urfonda yuksalishga da'vat etib, shunday yozgan edi: Umrini sarf etmish ota-bobolar, Chekmish ilm uchun jabr-u jafolar, Bizlar ham bo`lmayluk baxti qarolar, Bitsun, yo`qolsun bu kayf-u safolar. Ey millat, uxlama, ilm olur chog`i, Har millat ilm oldi - yondi chirog`i.


Download 7.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling