Urganch Davlat Univirsiteti Maktabgacha ta’lim yo’nalishi 161-guruh talabasi Iskandarova Zilolaning Bolalar adabiyoti fanidan Mustaqil ta’lim ishi


Download 7.9 Kb.
bet2/3
Sana20.10.2023
Hajmi7.9 Kb.
#1713313
1   2   3
Bog'liq
Abdulla Avloniy 2

Yurtimizda vaqtli matbuotning vujudga kelishida, rivojida A.Avloniyning xizmatlari katta. 1907-yili dastlabki matbuot nashrlaridan biri bo`lmish «Shuhrat» gazetasini chiqardi. 1917-yilda ta'sis etgan «Turon» gazetasiga «Yashasin xalq jumhuriyati» shiorini tanlab, istiqlolga bo`lgan ishonchi, intilishlarini ochiq izhor etgan edi. Bu davrda Turkistonning eng ilg`or va mashhur gazetasi «Sadoyi Turkiston»da ham ishladi. 1918-yilda «Ishtirokiyun» gazetasiga muharrirlik qildi. Avloniy teatr va dramaturgiya sohasida ham jonbozlik ko`rsatgan. 1913-yilda birinchi o`zbek teatr truppasi — «Turon» to`garagini tashkil etdi. U o`z atrofiga Nizomiddin Xo`jayev, birinchi o`zbek rejissori Mannon Uyg`ur, Mirshohid va Mirahmad Miroqilov singari yoshlarni yig`ib, o`zbek milliy teatriga asos soldi.

Pyesalari: «Advokatlik osonmi?» (Bu asar “Turkiston turmushidin olinib yozilmishdur” deb boshlangan), «Pinak», «Biz va Siz», «Ikki muhabbat», «Portugaliya inqilobi». «Turkiy Guliston yoxud axloq» asari o`zbek pedagogikasi va adabiyoti tarixida o`ziga xos o`ringa ega. Bu asar jadid maktablari muallimlarining iltimosiga ko`ra yaratilgan bo`lib, shakl, mazmun va qurilishiga ko`ra fors adabiyoti buyuk namoyandasi Shayx Sa'diyning «Guliston» va «Bo`ston» asarlariga monanddir.

“Biz turkistonliklar o`z vatanimizni jonimizdan ortiq suydigimiz kabi, arablar Arabistonlarini, qumlik, issig` cho`llarini, eskimular shimol taraflarini, eng sovuq qor va muzlik yerlarini boshqa yerlardan ziyoda suyarlar. Agar suymasalar edi, havosi yaxshi, tiriklik oson yerlarga o`z vatanlarin tashlab hijrat qilurlar edi… Men ayblik emas, ey vatanim, tog`larim, Bevaqt tashlab ketdim, oyo, bog`larim. Hijron qilodur meni judolig Do`ndi g`ama ro`z-u shab-u chog`larim.” («Turkiy Guliston yoxud axloq» asaridan)

Abdulla Avloniy maqolalaridan: «Kim nimani yaxshi ko‘rar?» maqolasi: Bunda muallif kimlar nimalarni yoqtiradi, o‘z vazifasi va burchini unutgan shaxslar haqida kuyunib fikr yuritadi. Eshonlarimiz toat-ibodat o‘rniga to‘ylarda to‘n kiyib, ko‘p oshab, ko‘p uxlashni; ulamolar dars-u ta'lim o‘rniga bir-birlari bilan o‘rin talashib, mukarrir va mudarris bo‘lishni; imomlar xaloyiqqa va'z va nasihat qilish o‘rniga to‘y va janozalarda yurib, joma kiyishni; boylar orqa-oldilariga qaramasdan «bonka» va «kredit»ni ko‘paytirishni; mo‘ysafidlar namoz va niyoz o‘rniga masjid eshigi yonida yig‘ilib, har kimni shikoyat va g‘iybat qilishni; savdogarlar qayerda to‘y bo‘lsa, o‘sha yerda dasturxonchilik qilishni; onalar erlari bilan urishib-talashib qizlariga mol qilishni; otalar bolalariga pul toptirish uchun ularni hammollikka berishni; yoshlar ilm-ma'rifatli bo‘lish o‘rniga tor shim bilan kalta kamzul, qotirma yoqalarga bino qo‘yishni yaxshi ko‘radi.


Download 7.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling