2019-2020 o'quv yili 2 semestr
Ma'muriy huquq fanidan masofaviy yakuniy nazorat savollari.
Variant 12
Mirsaidov Musobek
1. Ma'muriyhuquq predmeti deganda nimalarni tushunish lozim?
2. Ma'muriy hujjatlarni kimlar qabul qilishi mumkin?
3. Ma'muriy ish yuritish tushunchasini tahlil qiling?
4. 2014 yil 20 mart kuni fuqaro K.Rashidov pensiya yoshiga yetgani munosabati bilan O'zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasining Andijon viloyati
Shahrixon tuman bo'limiga murojaat qildi. Bo'lim xodimi fujaro K.Rashidovga olib kelishi lozim bo'lgan
hujjatlar ro'yxatini taqdim qildi. Lekin, hujjatlar ro'yxati ichida fuqaro K.Rashidov 1990-1995 yillarda ishlagan
tashkilot hozirda o'z faoliyatini tugatganligi uchun ish haqi to'g'risidagi ma'lumotnomani topishning iloji
bo'lmasligini ijtimoiy ta'minot bo'limi xodimiga aytib o'tdi. Bo'lim xodimi u holda fuqaro K.Rashidovni
arxivga borishini ta'kidlab o'tdi. Arxivga borganda arxiv idorasi yangi binoga ko'chib o'tganligi uchun,
ko'chish jarayonida fuqaro K.Rashidov 1990-1995 yillarda ishlagan tashkilotga tegishli hujjatlar
yo'qolganligini aytib, bu masalada O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Oʻzarxiv
agentligiga murojaat qilish lozimligini aytib o'tdi.
Mazkur holatga huquqiy baho bering.
Javoblar
Ma’muriy hayotbaxsh islohotlar Yangi Qonun yangicha yondashuv
1. Ma'muriyhuquq predmeti deganda nimalarni tushunish lozim?
Ma'muriy huquq normalari davlat huquqi normalaridan kelib chiqqan holda, avvalo davlat boshqaruviga xos bo'lgan xususiyatlarni va uning boshqa davlat faoliyati turlari bilan (qonunchilik, sud, prokuror nazorati) oʻzaro munosabatini, shuningdek, davlatboshqaruvi prinsiplarini mustahkamlaydi. Ma'muriy huquq – davlat huquqi normalarini yanada aniqlashtirib va toʻldirib, fuqarolarning ko'pgina huquq va majburiyatlarini, ularning boshqaruv organlari orqali amalga oshirish Ma'muriy huquq - huquq tizimining yirik, murakkab va rivojlangan tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Bu uning tartibga solinuvchi predmetining o'ziga xos xususiyatlaridan munosabatlarning keng qamrovliligidan kelib chiqadi. Ijro etuvchi hokimiyat, boshqaruv faoliyati va boshqaruvning oʻzi davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olganligi sababli, ma'muriy huquq - huquq tizimida asosiy o'rinni egallaydi hamda boshqa huquq tarmoqlariga ta'sir ko'rsatadi, yoki aksincha,ularning ta'siriga uchraydi. Ma'muriy huquq ma'lum bir ijtimoiy imunosabatlar guruhini tartibga solib, mazkur munosabatlar uning predmetini tashkil etadi. Ma'muriy huquq fani olimlarining aksariyati, ma'muriy huquqning predmetiga davlat boshqaruvi jarayonida vujudga keladigan quyidagi ijtimoiy munosabatlar guruhini kiritadilar:
1. Tashkiliy jihatdan biri ikkinchisiga bo'ysunadigan davlat boshqaruvi organlari o'rtasidagi munosabatlar (masalan, vazirlik va davlat qo'mitalarining ularga bo'ysungan boshqarma va boʻlimlari o'rtasida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlar).
2. Bir-biriga bo'ysunmaydigan davlat boshqaruvi organlari o'rtasidagi munosabatlar (masalan, ikki vazirlik, vazirlik va davlat qo'mitasi o'rtasida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlar).
Do'stlaringiz bilan baham: |