1. Ma'muriyhuquq predmeti deganda nimalarni tushunish lozim? Ma'muriy hujjatlarni kimlar qabul qilishi mumkin?
) maʼmuriy hujjatning asosi (asoslantiruvchi qismi). 6)
Download 475.76 Kb.
|
Ma\'muriy huquq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida
5) maʼmuriy hujjatning asosi (asoslantiruvchi qismi).
6) qabul qilingan qaror bayoni (xulosa qismi). 7) maʼmuriy hujjat ustidan shikoyat qilish muddati va tartibi. 8) maʼmuriy organning maʼmuriy hujjatni qabul qilgan mansabdor shaxsining (kollegial organ aʼzolarining) lavozimi, ismi va familiyasi. Bugun mamlakatimizda davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylanib bormoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan Harakatlar strategiyasi asosida qisqa muddat ichida mamlakatimizda ko‘plab tarixiy o‘zgarishlar amalga oshirilidi. Eng muhimi, istiqbolli islohotlar va ularning natijalari jamiyatimizning barcha jabhasini birdek qamrab oldi. Buning amaliy natijalari ham shunga mos ravishda ulkan o‘zgarishlarga olib kelmoqda. Jumladan, davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish maqsadida elektron portallar va ma’lumotlar bazalarining yaratilishi, ruxsat beruvchi hujjatlar, litsenziya olishni soddalashtirish uchun maxsus veb-saytlarning ishga tushirilishi, davlat xizmatlarini qayta ko‘rib chiqish va optimallashtirish tufayli tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatga olishning tartib-taomillarini to‘rt marta, ro‘yxatga olish uchun zarur vaqtning esa 30 daqiqagacha qisqartirilishi bunga misol bo‘la oladi. Ammo, o‘tgan yillar davomida amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlarning xolis tahlili, davlat boshqaruvi organlari faoliyati, aholi bilan ochiq hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot natijalari mavjud muammo va kamchiliklarni tizimli hal etishga ehtiyoj mavjudligini ko‘rsatdi. O‘zbekiston Respublikasida sud-huquq islohotlari o‘tkazilishining bugungi kun bosqichida mavjud bo‘lgan muammoli va dolzarb masalalardan biri bo‘lib, ma’muriy tartib-taomillarning davlat organlari tomonidan amalga oshirilishini tartibga soluvchi yagona bir tizimlashtirilgan qonun normasining mavjud emasligi edi.Buning natijasida ro‘yxatdan o‘tkazish, litsenziyalash, sertifikatlash va boshqa shunga o‘xshash ma’muriy tartib-taomillarning huquqiy jihatlari ma’muriy tartib-taomillarning yagona tamoyillari va talablari aks ettirilmagan turli xil normativ-huquqiy hujjatlarning normalari bilan tartibga solinib kelinayotgan edi. Hozirgi ilg‘or xorijiy davlatlarning qonunchilik tajribasidan kelib chiqib hamda milliy qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyotiga muvofiq, ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirishni tartibga soluvchi normalarni tizimlashtirish va takomillashtirish borasida yangi qonun ishlab chiqilish belgilangan edi. 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasinining “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirilishi kutilayotgan davlat dasturining “Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishida “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinishi rejalashtirilgan edi. Ushbu huquqiy hujjat Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2017-yil 14-dekabrda qabul qilinib, Senat tomonidan 2017-yil 20-dekabrda ma’qullandi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2018-yil 8-yanvar kuni imzolandi. Qonun 7 bob, 88 moddani o‘z ichiga oladi. “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinishining asosiy omillari sifatida quyidagilarni sanab o‘tishimiz mumkin: Download 475.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling