adresat – qabul qilinayotgan ma’muriy hujjat, uning nomiga qaratilgan shaxs;
uchinchi shaxs – ma’muriy hujjat bilan uning huquq va qonuniy manfaatlariga daxl qilinadigan shaxs ishtirok etishi belgilangan.
Muxtasar qilib aytganda, “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonun davlat xizmatlari ko‘rsatishning yagona tartibini belgilaydigan, uni foydalanuvchilar uchun tushunarli va qulay qiluvchi normativ hujjat bo‘ladi. Bularning barchasi davlat xizmatchilari ish faoliyati samaradorligini oshirish, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, degan tamoyilni amalda qaror toptirishga xizmat qiladi.
3. Ma'muriy ish yuritish tushunchasini tahlil qiling?
Maʼmuriy ish yuritish nima?
Manfaatdor shaxsning arizasi (shikoyati) yoki maʼmuriy organning tashabbusi maʼmuriy ishni boshlash uchun asos boʻladi.
Maʼmuriy ish yuritish ariza maʼmuriy organda roʻyxatdan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran boshlangan hisoblanadi. Agar maʼmuriy ishni boshlash uchun maʼmuriy organning tashabbusi asos boʻlsa, maʼmuriy ish yuritish adresat tegishli tarzda xabardor qilingan paytdan eʼtiboran boshlangan hisoblanadi.
Maʼmuriy ish yuritish bu – maʼmuriy tartib-taomil orqali tartibga solingan maʼmuriy ishni koʻrib chiqish, maʼmuriy hujjatni qabul qilish uni maʼmuriy shinkoyat boʻyicha qayta koʻrish, shuningdek maʼmuriy hujjatniijro etish jarayon...
Maʼmuriy-huquqiy faoliyat ayrim jismoniy yoki yuridik shaxslarga yoxud muayyan xususiy belgilariga koʻra ajratiladigan shaxslar guruhiga taʼsir koʻrsatuvchi boshqaruv faoliyati hisoblanadi.
Maʼmuriy ish yuritish ishtirokchilari:
1. Maʼmuriy organ – davlat mexanizimining tarkibiy qismi bo’lib, u davlat oldida turgan vazifa va funktsiyalarining muayyan qismini yo’nalishini amalga oshiradi va shu maqsadda tegishli davlat – huquqiy vakolatlariga, zaruriy kompetentsiyaga ega bo’ladi. Bitta mansabdor shaxsdan yoki muayyan yo’sinda tashkillashgan mansabdor shaxslar guruhidan iborat bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |