Ilm-fan va ta’limda innovatsion yondashuvlar, muammolar, taklif va yechimlar
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
online konferensiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotatsiya
48 www.academiascience.uz Guruhlar muammoni birinchi bo‘lib yechishga intiladilar va faolroq ishlaydilar. Guruhlar bilan ish olib borish muammo yuzasidan bir necha yechimlarni qiyoslash imkoniyatini ham beradi. O‘quvchilar o‘qituvchi yordamida muammoga oid eng to‘g‘ri yechimni belgilaydilar. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Yo‘ldoshev J.G‘., Usmonov S. Ilg‘or pedagogik texnologiyalar. – T.:O‘qituvchi, 2004. 2. To‘xliyev B. va boshqalar. Til va adabiyot ta’limining zamonaviy texnologiyalari. – Toshkent, 2011. 3. Xolmanova Z.T. Tilshunoslikka kirish. – Toshkent, 2005. 4. Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. –Toshkent:Universitet, 2016. “ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 11-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI 49 www.academiascience.uz NAVOIY IJODIDA TA’LIM-TARBIYA MAVZUSINING YORITILISHI Teshayeva Mashhura Qo‘ldoshevna, Navoiy viloyat Qiziltepa tuman 38-maktab ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Annotatsiya: Ushbu maqolada Navoiyning milliy-ma’naviy qarashlari, tarixi va badiiy tafakkuriga qo‘shgan ulkan hissasi hamda uni yosh avlod ongiga singdirish mavzusida ma’lumotlar berilgan. Navoiyning doima bilim olish, ustozga hurmatda bo‘lish kabi qator mavzulardagi hikmatli so‘zlariga qisqacha izoh berilgan. Kalit so‘zlar: Ka’ba, haq yo‘li, ganj, ranj, maxzan, nasr, nazm. Hazrat Navoiy ijodi ulkan ibrat va o‘git manbai hisoblanadi. Muhtaram Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov: “Biz bu bebaho merosdan xalqimizni, ayniqsa, yoshlarimizni qanchalik ko‘p bahramand etsak, milliy ma’naviyatimizni yuksaltirishda, jamiyatimizda ezgu insoniy fazilatlari kamol toptirishda shunchalik qudratli ma’rifiy qurolga ega bo‘lamiz”,- degan edilar. Alisher Navoiy o‘zbek ma’naviy dunyosining shu qadar yuksak cho‘qqilaridan biriki, bu cho‘qqini tarixning hamma jabhalaridan, dunyoning hamma hududlaridan ko‘rib turish mumkin. Xo‘sh, daho shoirning millat oldidagi buyuk xizmatlari nimadan iborat? Ulug‘ mutafakir qoldirgan ma’naviy meros o‘z muallifining nozik didi, yuksak salohiyati va hozirjavobligidan guvohlik beradi. Alisher Navoiyni anglash va his qilish o‘zbek xalqining tarixini, madaniyatini, qalb ehtiyojlarini, o‘zligini anglash va his etish demakdir. Dunyo uchun oy bilan quyosh qanchalik ahamiyatga ega bo‘lsa, farzand uchun ota-ona ham shunchalik qimmatga ega. Chindan ham oy tufayli tun, quyosh tufayli kun yorug‘ bo‘lganidek, ota farzand hayotining tunini yoritsa, ona kunini yoritadi. Ulardan biri bo‘lmasa, hayotimizning yarmi qong‘u bo‘ladi. Mutafakkir ustoz va shogird munosabatlari xususida fikr yuritar ekan, “ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 11-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling