Ilm-fan va ta’limda innovatsion yondashuvlar, muammolar, taklif va yechimlar


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/54
Sana23.04.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1387907
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   54
Bog'liq
online konferensiya

 
48 
www.academiascience.uz
 
Guruhlar muammoni birinchi bo‘lib yechishga intiladilar va faolroq ishlaydilar. 
Guruhlar bilan ish olib borish muammo yuzasidan bir necha yechimlarni qiyoslash 
imkoniyatini ham beradi. O‘quvchilar o‘qituvchi yordamida muammoga oid eng 
to‘g‘ri yechimni belgilaydilar.
 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 
1. 
Yo‘ldoshev J.G‘., Usmonov S. Ilg‘or pedagogik texnologiyalar. – 
T.:O‘qituvchi, 2004.
2. 
To‘xliyev B. va boshqalar. Til va adabiyot ta’limining zamonaviy 
texnologiyalari. – Toshkent, 2011.
3. 
Xolmanova Z.T. Tilshunoslikka kirish. – Toshkent, 2005.
4. 
Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. –Toshkent:Universitet, 
2016.


“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” 
MAVZUSIDAGI 11-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI 
 
49 
www.academiascience.uz
 
NAVOIY IJODIDA TA’LIM-TARBIYA MAVZUSINING YORITILISHI 
 
Teshayeva Mashhura Qo‘ldoshevna, 
Navoiy viloyat Qiziltepa tuman 38-maktab 
ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi 
 
Annotatsiya: Ushbu maqolada Navoiyning milliy-ma’naviy qarashlari, tarixi va 
badiiy tafakkuriga qo‘shgan ulkan hissasi hamda uni yosh avlod ongiga singdirish 
mavzusida ma’lumotlar berilgan. Navoiyning doima bilim olish, ustozga hurmatda 
bo‘lish kabi qator mavzulardagi hikmatli so‘zlariga qisqacha izoh berilgan. 
Kalit so‘zlar: Ka’ba, haq yo‘li, ganj, ranj, maxzan, nasr, nazm. 
 
Hazrat Navoiy ijodi ulkan ibrat va o‘git manbai hisoblanadi. Muhtaram Birinchi 
Prezidentimiz Islom Karimov: “Biz bu bebaho merosdan xalqimizni, ayniqsa, 
yoshlarimizni qanchalik ko‘p bahramand etsak, milliy ma’naviyatimizni 
yuksaltirishda, jamiyatimizda ezgu insoniy fazilatlari kamol toptirishda shunchalik 
qudratli ma’rifiy qurolga ega bo‘lamiz”,- degan edilar. Alisher Navoiy o‘zbek 
ma’naviy dunyosining shu qadar yuksak cho‘qqilaridan biriki, bu cho‘qqini tarixning 
hamma jabhalaridan, dunyoning hamma hududlaridan ko‘rib turish mumkin. Xo‘sh, 
daho shoirning millat oldidagi buyuk xizmatlari nimadan iborat?
Ulug‘ mutafakir qoldirgan ma’naviy meros o‘z muallifining nozik didi, yuksak 
salohiyati va hozirjavobligidan guvohlik beradi. Alisher Navoiyni anglash va his 
qilish o‘zbek xalqining tarixini, madaniyatini, qalb ehtiyojlarini, o‘zligini anglash va 
his etish demakdir.
Dunyo uchun oy bilan quyosh qanchalik ahamiyatga ega bo‘lsa, farzand uchun 
ota-ona ham shunchalik qimmatga ega. Chindan ham oy tufayli tun, quyosh tufayli 
kun yorug‘ bo‘lganidek, ota farzand hayotining tunini yoritsa, ona kunini yoritadi. 
Ulardan biri bo‘lmasa, hayotimizning yarmi qong‘u bo‘ladi.
Mutafakkir ustoz va shogird munosabatlari xususida fikr yuritar ekan,


“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” 
MAVZUSIDAGI 11-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI 

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling