Ilm-fan va ta’limda innovatsion yondashuvlar, muammolar, taklif va yechimlar


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/54
Sana23.04.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1387907
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   54
Bog'liq
online konferensiya

 
43 
www.academiascience.uz
 
TAFAKKURI KENG BO‘LGAN YOSH AVLODNI TARBIYALASH 
DOLZARB VAZIFAMIZ 
 
Ramazonova Saynura Saidovna, 
Navoiy viloyat Tomdi tuman 25-maktab 
o‘zbek tili fani o‘qituvchisi 
 
Annotatsiya: Maqolada o‘zbek tili darslarida intellektual salohiyatga ega 
bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalashda ta’lim sifatiga katta ahamiyat berish muhimligi va 
bunda pedagogik texnologiyalarning ahamiyati haqida ma’lumotlar berilgan. 
Kalit so‘zlar: innovatsiya, o‘quv materiallar, multimediya, ta’lim resurslari. 
Ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik uslub va texnologiyalar ta’lim resurslari va 
multemidia taqdimotlaridan foydalanish o‘ziga xos ijobiy natijalar berayotganini 
alohida e’tirof etishimiz mumkin. O‘zbek tili darslarida o‘qitishning noan’anaviy 
usullari qo‘llash ham yuqori samara beradi. Bunday usullar qo‘llanilgan har bir 
darsda ta’lim oluvchining ehtiyoji va qiziqishlarini, fikrlash qobiliyatini 
rivojlantiradi, ijodkorligini oshiradi. 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech 
og‘ishmasdan, qat’iyat bilan davom ettiramiz, nafaqat davom ettiramiz, balki bu 
siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak 
darajaga ko‘taramiz. Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va 
ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi 
sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun 
davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”,- deya 
biz pedagoglar oldiga ulkan va ma’suliyatli vazifa yukladilar.
Bu ulug‘ maqsadni ro‘yobga chiqarish ta’limi tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan 
barcha o‘qituvchilarning o‘z ishiga ijodiy yondashish, har bir ishda yuksak 
samaradorlikka erishish, zamonaviy pedagogik usullarni qo‘llab darslarni samarali 
tashkil etishni talab qiladi. 


“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” 
MAVZUSIDAGI 11-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI 

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling