Ilm-fan va ta’limda innovatsion yondashuvlar, muammolar, taklif va yechimlar


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/54
Sana23.04.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1387907
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   54
Bog'liq
online konferensiya

 
42 
www.academiascience.uz
 
mustahkam o‘zlashtirishiga zamin yaratib, shaxs sifatida rivojlanish imkoniyatini 
vujudga keltiradi; 
Axborot-kommunikasiya texnologiyalari qo‘llanilishi o‘quvchilarning hujayra, 
to‘qima, kimyoviy elementlar, atom, molekulaning tuzilishi, modda va energiya 
almashinuvi, fotosintez, oqsillar biosintezi kabi jarayonlar haqida tasavvur
qilishlari, abstraksiyalash va xotirada saqlash imkonini kengaytiradi; o‘quvchilarning 
motivlari va o‘zlashtirish darajasi e’tiborga olingan holda zarur hollarda takroran 
o‘rganish va o‘quvchilarning bilimidagi bo‘shliqlarni to‘ldirish imkonini beradi. 
Biologiya fanini o‘qitishda har bir mavzu mazmuniga asosan ko‘rgazmalilikni 
amalga oshirish, ya’ni multimediali taqdimot materiallari, biologik jarayonlarning 
animasiyasi; virtual laboratoriya va amaliy ishlar, ishlab chiqarish korxonalariga 
virtual ekskursiya, o‘quvchilarning mustaqil ta’limi va ishi uchun o‘quv-axborot 
saytlari; didaktik o‘yinga asoslangan animasiyalar; qiyinchilik darajasi turlicha 
bo‘lgan ijodiy topshiriqlar dasturi, axborot texnologiyalaridan, shuningdek, quyidagi 
maqsadlarda foydalanish mumkin: modul dasturlari orqali o‘quvchilarning bilish 
faoliyatini tashkil etish-boshqarish; qo‘shimcha materiallar to‘plash va ular ustida 
mustaqil ishlash kabilar muhim hisoblanadi. 
Xulosa qilib aytish mumkinki, biologiya fanini o‘qitishda axborot 
texnologiyalaridan foydalanish ta’lim samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning fan 
asoslarini o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqishlari va ehtiyojlarini rivojlantirish imkonini 
beradi, shuningdek, 2022-yilda o‘ktazilishi rejalashtirilgan PISA xalqaro baholash 
jarayonlarida bizning o‘quvchilarimiz yaxshi natijalarni egallay oladilar.  
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 
1. Shaxmurova G.A., Azimov I.T., Raxmatov U.E. Biologiyadan masala va
mashqlar yechish. O‘quv qo‘llanma.
2. Zunnunova A, Avliyoqulov A. Pedagogik tadqiqot usullari. –T.: 2002 yil. 
3. Ishmuhammedov R., Abduqodirov A., Pardayev A. Ta’limda innovatsion 
tеxnologiyalar (ta’lim muassasalari pedagog-o‘qituvchilari uchun amaliy tavsiyalar). 
-T.: Iste’dod, 2008-yil, 180-b. 


“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” 
MAVZUSIDAGI 11-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI 

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling