Xamrayev shaxzod sheraliyevich


Download 84.59 Kb.
bet1/22
Sana15.06.2023
Hajmi84.59 Kb.
#1486576
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Hamroyev Shahzod B.P.


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA`LIM , FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI

XAMRAYEV SHAXZOD SHERALIYEVICH
KURS ISHI
MAVZU: ETIKA VA QADRIYATLAR, MANBALARI VA QADRIYAT TURLARI
TALIM YO’NALISHI: 52102003 PSIXOLOGIYA (AMALIY PSIXOLOGIYA)
FAN: BOSHQARUV PSIXOLOGIYASI


ILMIY RAHBAR: ISMADIYAROVA UMIDA


Toshkent – 2023
MUNDARIJA:
KIRISH..........................................................................................................................3
I BOB QADRIYATLARNI JAMIYAT VA MILLAT HAYOTIDAGI O’RNI…...7
1.1.Milliy va umuminsoniy qadriyatlar ustunligi………………………………….........7
1.2.Qadriyat tushunchasi va qadriyat turlari……………………………………...........18
1.3.I Bob bo’yicha xulosa……………………………………………………….......…28
II BOB HAYOTDAGI INSONIY QADRIYATLAR VA INSONIY ETIKA TIZIMI…..…………………………………………………………………………... 39
2.1.Etika tushunchasi va etika turlari..………………………………………………....39
2.2.Inson uning hayoti va erkinligi qadriyat sifatida …………......…………….…......56
2.3.II Bob bo’yicha xulosa…………………………………………………...………..66
XULOSA.......................................................................................................................69
ADABIYOTLAR RO’YXATI...................................................................................70
FOYDALANILGAN INTERNET SAYTLARI………………………....…...........71
GLOSSARIY................................................................................................................72


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Ilm-fan va texnologiyalarning jadal rivojlanishi, global dunyoda raqobatning ortishi sharoitida har bir davlat va jamiyatning bu jarayonda raqobatbardoshligi yoshlarning intellektual rivoji hamda ularning iste’dodi va qobiliyatlarini to‘liq amalga oshirishga e’tibor berishga bog‘liq bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.M.Mirziyoyev o‘zining nutqida “Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech og‘ishmasdan, qat’iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko‘taramiz.
Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz ”1, deb ta’kidlagan edi. Shuning uchun bu masala har doim davlatlarning uzoq muddatli rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan barcha strategiyalarda aks ettirilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2017-2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi ham bu borada istisno bo‘lmadi.
O‘zbekistan Respublikasi Oliy majlisining IX sessiyasida davlatimizning Birinchi prezidenti I.A.Karimov oliy ta’limni isloh qilishda va malakali kadrlarni tayyorlashda sotsial psixologiyaning fan sifatida alohida o‘rni borligiga jamoatchilik diqqatini qaratgan edi. Darhaqiqat, yetuk kadr bo‘lish uchun shaxs nafaqat o‘z iqtidori, bilimi va saviyasini oshirishi zarur, balki jamiyatda turlicha sotsial munosabatlar tizimiga tayyor bo‘lmog‘i, sotsial faoliyatni boshqarishning ilmiy qonuniyatlari va qoidalarini mukammal egallamog‘i zarur. Boshqaruv, marketing va menejment, ta’lim va tarbiya sohalarida, ayniqsa, inson omili va uni boshqarishning psixologik tizimini bilishi – jamiyatda sog‘lom insoniy munosabatlarni shakllantirish orqali uni kamol toptirish yo‘lidir. Shuning uchun bugungi kunda Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, psixologiya va umuman, psixologik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi fanlarning asosiy vazifasi barkamol avlod tarbiyasini ta’minlovchi barcha ma’naviy, ruhiy va insoniy munosabatlar mohiyatini tahlil qilish, ularni boshqarishning eng samarali usullarini hayotga tadbiq etishdir. Bu o‘rinda, ayniqsa sotsial tafakkurning, yangicha dunyoqarash va munosabatlarning shakllanishini, insonning o‘ziga va o‘zgalarga ta’sir etishning mexanizmlarini o‘rganish eng dolzarb masalalardandir.
Davrimiz insonni mustaqil fikrli shaxs sifatida har bir soniyada o‘ylashga, fikrlashga, mulohaza yuritib, o‘zi uchun xulosalar chiqarishga majbur etmoqda. Ya’ni, bu cheksiz olamda biz o‘zimizni o‘zgalarsiz, o‘z manfaatlarimizni o‘zgalar manfaatisiz tasavvur qila olmaganimiz uchun ham sotsial psixologiyani bilishga majburmiz.
Zero, mustaqil davlatimizning siyosati inson manfaatini himoya qilish, uning uchun munosib turmush tarzini yaratish ekan, bu ishlarni amalga oshirish uchun bo‘lg‘usi mutaxassis, pedagog-o‘qituvchi, ziyoli ijtimoiy borliq qonuniyatlarini bilishi va undan maromida foydalanib, turmush normalariga bo‘ysungan holda jamiyatda o‘zining munosib o‘rnini egallab, fuqarolik burchini ado etishga tayyor bo‘lishi darkor. : Ilm-fan va texnologiyalarning jadal rivojlanishi, global dunyoda raqobatning ortishi sharoitida har bir davlat va jamiyatning bu jarayonda raqobatbardoshligi yoshlarning intellektual rivoji hamda ularning iste’dodi va qobiliyatlarini to‘liq amalga oshirishga e’tibor berishga bog‘liq bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.M.Mirziyoyev o‘zining nutqida “Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech og‘ishmasdan, qat’iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko‘taramiz. "Ta'lim-tarbiya – bu bizning kelajagimiz, hayot-mamot masalasi. Shu bois, bu sohadagi islohotlarni kechiktirishga haqqimiz yo'q. Qanchalik murakkab bo'lmasin, maktab ta'limida poydevorni bugundan mustahkam qo'yishimiz kerak.

Download 84.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling