Xamrayev shaxzod sheraliyevich


Download 84.59 Kb.
bet3/22
Sana15.06.2023
Hajmi84.59 Kb.
#1486576
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Hamroyev Shahzod B.P.

Kurs ishi predmeti: Etika va qadriyat turlari va qadriyat manbalarini tadqiq qilish
Kurs ishi maqsadi: Etika va qadriyat turlari va qadriyat manbalarini o’rganish
Kurs ishi vazifalari:

  1. Qadriyat tushunchasi va qadriyat turlari

  2. Etika tushunchasi va etika turlari

  3. Inson uning hayoti va erkinligi qadriyat sifatida taxlil qilish

Kurs ishi metodlari va metodologiyasi: P.Lapi “qadriyat tushunchasi”,Islomiy qadriyatlar, Mustabidlik sharoitida diniy qadriyatlaming ahvoli, Mustaqillik sharoitida din, Diniy bag'rikenglik - jamiyatimiz ma'naviy rivojlanishining zaruriy sharti.
Kurs ishi tuzilishi va hajmi: Kurs ishi 75 sahifadan iborat bo’lib uning tarkibiy qismiga Kirish qismi, asosiy qism, ikkita bob xulosa, tavsiya, foydalanilgan adabiyotlar va saytlar ro’yxati, glossariy ilovadan iborat.
QADRIYATLARNI JAMIYAT VA MILLAT HAYOTIDAGI O’RNI
1.1.Milliy va umuminsoniy qadriyatlar ustunligi
Qadriyatlar tushunchasi nihoyatda xilma-xil ma‘noda turli soxalarda qo’llaniladi. Qadriyatlar to’grisidani fan bu aksiologiyadir. Bu atama ilmiy bilimlar soxasiga o’tgan asrning ikkinchi yarmida nemis aksiologii E.Gertman va frantsuz olimi P.Lapi tomonidan kiritilgan. Garbda bu atama grekcha «qadriyat» va «fan», «ta‘limot» tushunchalariga asoslanadi. Qadriyatni aksiologik nuqtai–nazardan talqin qilish, uning kategoriya sifatidagi mazmuni, ob‘ektiv asosi va sub‘ektiv jihatlari, namoyon bo’lish shakllari va xususiyatlarini o’rganishga imkon beradi.
Qadriyat kategoriyasi buyum yoki narsalarning iqtisodiy qimmatini ifodalaydigan tushunchadan farq qiladi. qadriyatlar inson uchun biror ahamiyatga ega bo’lgan vokelikning shakllari, narsalar, voqealar, jarayonlar, holatlar, sifatlar, talab va tartiblar qadrini ifodalash uchun ishlatiladigan kategoriyadir.
Ma‘naviy madaniyat yoxud «ma‘naviyat»ning маg’зиni (ядросиni) qad-riyatlar атшкил эатди. Qadriyat alloqanday hodisa, voqea yokinarsaning o’ziga xos xususiyati yokixossasi emas, balki uning mohiyati, o’z navbatida borlikning у yokibu ob‘ektining yashashi, mavjud bo’lib turishi uchun tom ma‘nodagi zaruriy shartidir. qadriyatlar inson bisotida turli - tuman ehtiyojlarning va his - tuyg’u-larning mavjudligidan dalolat beradi, atrofida sodir bo’layotgan voqealarni, hodisa-larni turlicha baholashlari uchun zamin yaratadi. Chunonchi birovlar uchun o’at qadrli, o’at muhim ahamiyatga ega bo’lgan, у yokibu hodisa, boshqa birovlar uchun qadrsiz, sariq chaqalik ahamiyatsiz bo’lishи mumkin. Xuddi шuning uchun ham qadriyatlarni oddiy qilib ijobiy yoki salbiy (ahamiyatsiz, ahamiyat kamroq, qadr-qimmat sezilmaydigan), absalyut va nisbiy, ob‘ektiv va sub‘ektiv qadriyat-larga bo’lish mumkin. Mazmuniga qarab mantiqiy, etik, estetik va narsalar qad-riyatlariga bo’lish mumkin. Shuningdek, qadriyatlarni haqi-qatni, ezgulikni, go’-zallikni ulug’lovchi qadriyatlarga ajratiш mumkin.
Qadriyatlar jamiyat ijtimoiy - iqtisodiy, madaniy -ma‘naviy rataqqiyotining mahsulidir. Shuning uchun ham qadriyatlarda zamonning ruhi, imkoniyatlari, o’sha zamonda yashagan odamlarning orzu - umidlari, isatklari, atlab va ehtiyojlari o’z ifodasini topadi. Zamonlar o’tishi bilan qadriyatlarning mazmuni va ma‘nosi o’zgarib boradi. Xuddi shuning uchun ham qadriyatlarning atrbiyaviy ahamiyatga baho berganda konkret atrixiy shart - sharoitlarni doimo nazarda tutmoq zarur.
Qadriyatlar insonning orzulari - istаklari, niyatlari -umidlari, bir so’z bilan aytganda ideal sifatida namoyon bo’ladi. Xuddi shuning uchun ham buyuk nemis faylasuflari V.Vindelüband, G.Rikkert at‘kidlaganidek, qadriyatlar hech qachon ob‘ektga ham, sub‘ektga ham bog’liq bo’lmagan musatqil olamni vujudga kel-tiradi. Bu olam makon va zamon qonunlaridan ustun turadi. Shuningdek, insoniyatning buyuk ma‘naviy xazinasi bo’lgan qadriyatlar hech qachon o’zgarmaydi, balki M.SHeler, N.Gartman aytganidek, insonning qadriyatlar haqidagi tasavurlari o’zgaradi. Butun olam qadriyatlar bilan to’lib - toshgan bo’ladi va borliqqa hamisha yangi ma‘no ato eatdi. Shuning uchun ham, butun voqelik qadriyatlarning «o’ziga xos namoyishi»dan iboratdir.
Hozirgi zamon Qadriyatshunos olimlarining fikriga ko’ra, qadriyatlarning ham o’ziga xos qonunlari bor. Bu qonunlar inson irodasiga bo’y so’nmaydi. qadriyatlar ob‘ektiv olamning sub‘ektiv in‘ikosi bo’lgani uchun, kishilarning amaliy faoliyatiga o’z at‘sirini o’tkazadi. Hatto odamlar turmush atrzini o’zgartiradi. Xuddi shuning uchun ham, kishilar o’zlarining turmush atrzlarini insoniyat yaratgan qadriyatlar atlablariga qarab o’zgartirib boradilar.
Sharq muatfakkirlari Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino qadriyatlar haqida fikr - mulohaza yuritganlarida, eng avvalo, insonning ma‘naviy - ahloqiy fazilatlari, xislatlari, xosiyatlarini, insonning ruhiy - ma‘naviy kamoloti uchun yordam beradigan buyuk xazinasini tushunganlar. Musulmon Sharqi mamlakatlarida keng atrqalgan diniy-falsafiy at‘limot - tasavvuf namoyondalari ham, qadriyatlar deganda insonning qadr - qimmati, uning ruhiy - ma‘naviy yetukligiga qarab belgilanmog’i lozimligini qayat - qayat atkrorladilar. Xususan, atsavvufning eng yirik oqimlaridan biri Kubraviyada at‘kidlanishicha, insonning ruhiy - ma‘naviy yetukligini ifodalovchiasosiy mezonlar: atvba, zuhd, atvakkul, qanoat, uzlat, atvajjuh, sabr, muroqaba, zikr, rizo hisoblansa, atsavvufning boshqa bir oqimi - Naqshbandiyada qayd etilishicha, insonning ruhiy - ma‘naviy kamolatini ifodalovchimezonlar: Xush dar dam, nazar bir qadam, safar dar vaatn, xilvat dar anjuman, yodkard, bozgasht, nigohdosht, vuqufi adadiy, vuqufi zamoniy, vuqufi qalbiy hisoblanadi. Tasavvuf falsafasining buyuk namoyondalari Najmiddin Kubro, Ahmad ßssaviy, Abduholiq g’ijduvoniy, Aziziddin Nasafiy, Bohouddin Naqshbandiy, Hoja Ahror Valiy kabilar inson ma‘naviy qadriyatlarining asosida poklik, hayo, sabr - bardosh, qanoat, chidam, beozorlik, hokisorlik kabi insoniy xislatlarni qo’yishgan. Yuqoridagi fikr-mulohazalardan ko’rinib turibdiki, qadri-yatlar ichida eng ulug’i, eng a‘losi insondir. Xuddi shuning uchun ham insonning ongi va faoliyatiga bog’liq bo’lmagan, undan atshqarida turgan bironat Qadriyat bo’lishi mumkin emas. Shunday ekan, qadriyatlar o’z mohiyati, mazmuniga qarab inson aql – zakovatini, axloq-odo-bini, mehnatga halol, vijdonan munosabatini, go’zal did va jismoniy kamolotni ulug’lovchi, turlarga bo’linmog’i darkor.
Qadriyatlarni jamiyat, millat hayotidagio’rni, ijtimoiy xarakteriga qarab milliy va umuminsoniy, sinfiy yokidiniy, shuningdek kishilarning yoshi, pro-fessional xususiyatlariga xos qadriyatlarga bo’lish mumkin.
Insonning qadr - qimmati, sha‘ni, or - nomusi, milliy g’ururi - milliy qadriyatlar bilan bevosiat bog’liq. Milliy qadriyatlar, har bir millatning o’ziga xos xususiyatlari, xossalari, belgilari, alomatlarini ifodalovchifalsafiy tushunchabo’lib, o’sha millat bosib o’tgan ijtimoiy rataqqiyot jarayonida shakl-langan milliy madaniy meros xazinasiga qo’shgan hissasini, ulushini ifodalaydi. Xuddi shu mil-liy o’ziga xoslik, o’ziga moslik, millat madaniyatida, adabiyotida, san‘atida, tilida, dinida, atrixiy xotirasida, yashash ishlash va fikrlash atrzida, urf-odatlarida, rasm - rusumlarida, bayramu - sayillarida o’z ifodasini topadi. Milliy qadriyatlar milliy ma‘naviy madaniyat ifodasi bo’lib, har bir millatning insoniylik xazinasiga qo’shgan munosib hissasining hosilasidir.
Milliy qadriyatlarning negizini urf - odatlar, rasm -rusumlar, bayramu-sayillar atshkil eatdi. o’zbek milliy qadri-yatlari mazmunida insonparvarlik g’oyalari yoatdi. Uzoq atrix davomida o’zbeklarning o’zaro munosabatlarida, kundalik turmush atrzida o’zaro hamkorlik va hamdardlik, vafodorlik va o’zaro hurmat, biri - biriga suyanish va yaxshi qo’shnichilik, bolajonlik va oat - onaga hurmat, mehr - oqibat va sadoqat har tomonlama e‘zozlanib kelinadi. Milliy qadriyatlar o’sha mil-latga mansub har bir kishi tomonidan yaratilgan, insoniylik, odamiylikka xos fazi-latlar, xislatlar, xosiyatlarni milliy - madaniy meros xazinasiga qo’shgan hissasini ifodalovchi buyuk ko’rsatkichdir.
Milliy qadriyatlar, shubhasiz, millatning ravnaqi yokiinqirozi bilan bevosiat bog’liq bo’ladi. Boshqacha aytganimizda milliy qadriyatlar millatning o’tmishi va buguni bilan bog’liq. Shuning uchun ham, «milliy qadriyatlar millat rivojlanishi bilan rivojlanadi, inqirozga uchrashi bilan qadrsizlanadi. Shuning uchun ham, millat - o’zining qadriyatlarini vujudga keltirib, ularning yangi - yangi qirralarini va jihatlarini sayqallashtirib, rataqqiyot jarayonida atkomillashtirib turishi ma‘nosida o’z qadriyatlarining haqiqiy egasi, makon va zamondagi ilgarilanma harakatdan iborat o’zgarishlar jarayonida ularni o’tmishdan kelajakka atmon yetkazib boradigan eng asosiy ob‘ektdir» .
Milliy qadriyatlarni tiklash - ularga hozirgi zamon öivilizaöiyasi atlablariga mos yangi mazmun ato etish demakdir. Xuddi shuning uchun ham, O’zbekiston davlat musatqilligiga erishishi bilan mamlakatimizga hozirgi zamon öivilizaöiyasi atlablariga javob beruvchi umuminsoniy demokratik Qadriyatlar xalqimiz turmush atrziga kirib kela boshladi. Inson haq - huquqlariga rioya qilish, atdbirkorlik erkinligi, matbuot erkinligi, ana shular jumlasidan edi. «Ushbu demokratik qad-riyatlar jamiyatimiz uchun muhim ahamiyatga egaligi haqida gapirar ekanmiz, bu qadriyatlar atrixiy jihatdan ham, etnik - madaniy jihatdan ham xalqimizning o’ziga xos xususiyatlariga zid emasligini qayat-qayat at‘kidlashni isatrdik».
Umuminsoniy demokratik qadriyatlarning eng muhimi - inson haq – hu-quqlari va erkinliklarini har tomonlama himoya qilishdir. Insoniyat atrixida Buyuk franöuz revolyuöiyasi (1789) qabul qilgan «Inson va grajdanlar huquqlari dekloratöiyasi», 1948 yilning 10 dekabrida BMT Bosh Assambeliyasi atsdiqlagan «Inson huquqlarining eng umumiy dekloratöiyasi» - inson haq - huquqlari va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan tarixiy hujjatlar edi. O’zbekiston davlat musatqilligiga erishishi bilan musatbid tuzum sharoitida oyoq osti qilingan inson haq - huquqlari va erkinliklarini tiklash, uni himoya qilishga kirishdi. Insonning asosiy xuquqlari va erkinliklari O’zbekiston Respublikasi Asosiy qonuni – Konstitutsiyaning umumiy qoidalari va olti bobdan iborat ikkinchi bo’limida xuquqiy jihatdan mustahkamlandi. Shuningdek, demokratiya, barqarorlik, oshkoralik, tinchlik, hamkorlik kabi Umuminsoniy qadlriyatlarning rivoj topishi uchun ham imkon yaratildi.
Milliy va umuminsoniy qadriyatlarning uyg’unlashib borayotganligini, musatqillik yillarida O’zbekistonda vujudga kelgan - fuqarolarni tinch, totuv yashashga, barqarorlikka intilishida ham yaqqol ko’rish mumkin. Endilikda tinchlik, millatlararo totuvlik, barqarorlik O’zbekistonda yashovchi barcha xalq-larni, millatlarni, elatlarning buyuk ijtimoiy-siyosiy Qadriyatiga aylanmoqda. Jahon svilizatsiyasining talablariga mos tushuvchi bunday qadriyatlarni shakllani-shida va rivojlanishida, kishilar turmush atrzida musathkam o’rnashib olishida mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bir qator xayrli tad-birlar turtki bermoqda.
Yuqoridagi fikrlarimizdan quyidagi xulosalar kelib chiqadi:
1.Qadriyat alloqanday hodisa, voqea yoki narsaning o’ziga xos xususiyati yoki xossasi emas, balki uning mohiyati, o’z navbatida borlikning u yoki bu ob‘ektining yashashi, mavjud bo’lib turishi uchun tom ma‘nodagi zaruriy shartidir.
2.Qadriyatlarni jamiyat, millat hayotidagi o’rni, ijtimoiy xarakteriga qarab milliy va umuminsoniy, sinfiy yoki diniy, shuningdek kishilarning yoshi, pro-fessional xususiyatlariga xos qadriyatlarga bo’lish mumkin.
3. Milliy qadriyatlar, har bir millatning o’ziga xos xususiyatlari, xossalari, belgilari, alomatlarini ifodalovchi falsafiy tushunchabo’lib, o’sha millat bosib o’tgan ijtimoiy rataqqiyot jarayonida shakllangan milliy madaniy meros xazinasiga qo’shgan hissasini, ulushini ifodalaydi. Umuminsoniy qadriyatlar esa barcha millat vakillariga xos bo’lgan qadriyatlarni ifodalaydi.
Bugun biz tarixiy bir davrda—xalqimiz o’z oldiga ezgu va ulug’ maqsadlar qo’yib, tinch-osoyishta hayot kechirayotgan, avvalambor o’z kuch va imkoniyatlariga tayanib, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo’lida ulkan natijalarni qo’lga kiritayotgan bir zamonda yashamoqdamiz. Jamiyatda demokratik tamoyillarni qaror toptirish, “Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari” kontseptsiyasini hayotga tatbiq qilish jarayonlarini ma’naviy qadriyatlarsiz amalga oshirib bo’lmaydi.
Ajdodlarimiz tomonidan asrlar mobaynida yaratib kelingan g’oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Ma’naviy qadriyatlarni tiklash, milliy o’zlikni anglashning o’sishi, xalqning madaniy sarchashmalariga, uning ildizlariga qaytishdan iborat uzviy, tabiiy jarayondagi o’zgarishlar taraqqiyotning yangi bosqichini boshlab berdi.3
Qadriyatlar—borliq va jamiyat, narsalar, voqealar, hodisalar, inson hayoti, moddiy va ma’naviy boyliklarining ahamiyatini ko’rsatish uchun qo’llaniladigan tushuncha. Prezidentimiz Islom Karimov ta’biri bilan aytganda, “Qadriyat deganda, biz ming yillar davomida shakllangan, odamlar hayoti, ichki dunyosidan mustahkam o’rin olgan, hech qaysi rasmiy hujjatda aks etmagan bo’lsa-da, unga barcha amal qiladigan, insonlarning qon-qoniga singib ketgan an’ana va udumlarni tushunamiz”.
Qadriyatlar tarixiy va zamonaviy bo’lishi mumkin. Qadriyatlarning xilma-xil shakllari bor: moddiy va ma’naviy, umumbashariy, mintaqaviy, umuminsoniy; jamiyat hayotining sohalari bo’yicha iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy qadriyatlar; ijtimoiy ong shakllariga mos keladigan axloqiy, diniy, huquqiy, ilmiy; hayotning ijtimoiy tuzilishiga ko’ra milliy, sinfiy, partiyaviy va boshqalar.
Qadriyatlar insoniyat tarixi davomida asta-sekin shakllanadi. Ularning miqdori va sifatining ortishi insoniyat taraqqiyoti qanchalik ilgarilaganligining ko’rsatkichidir. Jamiyat taraqqiy etgani sari jahonning barcha xalqlariga tegishli, ya’ni umuminsoniy qadriyatlar ko’payib boraveradi va bu o’zgarishlarning insoniyat o’z rivojida qanday yangi cho’qqilarni egallayotganining belgisi bo’ladi (masalan, erkinlik, tinchlik, ijtimoiy tenglik, ijtimoiy haqiqat, ma’rifat, ma’naviyat, go’zallik, yaxshilik, insonparvarlik, insoniylik, demokratiya, huquqiy jamiyat, qonunning ustuvorligi, xotin-qizlarning erkaklar bilan tengligi va boshqalar).
Milliy qadriyatlar—millat uchun muhim va jiddiy ahamiyatga ega bo’lgan jihat va xususiyatlardir.
O’z milliy qadriyati bo’lmagan millat yoki elat yo’q. Millat—milliy qadriyatlarning sohibi; millatning tanazzuli—milliy qadriyatlarning tanazzulidir. Milliy qadriyatlar millatning tarixi, yashash tarzi, kelajagi, uni tashkil etgan avlodlar, ijtimoiy qatlamlar, milliy ong, til, ma’naviyat hamda madaniyat bilan uzviy bog’liq holda namoyon bo’ladi.
Qadriyatlarni tushunish va ularga munosabat, millatiga, yurtiga, eliga, ularning aholisiga tegishli qadriyatlarni jamlash, avaylash, ularning ahamiyatini asoslash, yurtining milliy qadriyatlarini ongining tarkibiy qismiga aylantirish kishilarda o’ziga ishonch va hurmatni mustahkamlaydi, ularni o’z Vatanining istiqboliga katta umid bilan qarashga undaydi. Har bir millat o’z milliy qadriyatini qanchalik e’zozlasa, uni ko’z qorachig’idek asrasa, shu millatning jahon hamjamiyatidagi o’rni, obro’si, unga ajratiladigan e’tibor, hurmat shu darajada baland bo’ladi.

Yurtboshimizning “Yuksak ma’naviyat—engilmas kuch” kitobida qayd etilganidek, “Ko’p asrlar mobaynida xalqimiz qalbidan chuqur joy olib, hayot ma’nosini anglash, milliy madaniyatimiz va turmush tarzimizni, qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizni bezavol saqlashda muqaddas dinimiz qudratli omil bo’lib kelayotganini alohida ta’kidlash joiz. Nega deganda, insoniylik, mehr-oqibat, halollik, oxiratni o’ylab yashash, yaxshilik, mehr-shafqat singari xalqimizga mansub bo’lgan fazilatlar aynan ana shu zaminda ildiz otadi va rivojlanadi”.Tarixiy xotira—milliy g’urur va iftixor hissining zaminlaridan biri. Millatning tarixiy xotirasi qanchalik boy, mazmunli va uzviy bog’langan bo’lsa, bu millat shunchalik uyushgan, tadbirkor, harakatchan, hamjihat bo’ladi, o’z ajdodlari va avlodlarining sha’niga yarashadigan xizmatlarni, ishlarni bajarishga intiladi. Yurtboshimiz Islom Karimov Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 48-sessiyasida so’zga chiqqanida, “Biz uch ming yillik tarixga egamiz”, degan edi. Ulug’ yurtdoshimiz Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far an-Narshaxiy 943-944 yillarda arab tilida yozgan “Buxoro tarixi” kitobi, shuningdek, Sharqning boshqa muarrixlari asarlarida, viloyatimizning Varaxsha, Poykent singari shahristonlarida qazish ishlarini olib borgan mamlakatimiz va xorijiy arxeologlar topgan moziy ashyolari Vatanimiz o’tmishi naqadar qadimiy ekanidan guvohlik berib turibdi. Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi va g’oyasi asosida bunyod etilgan Madaniy markazda salobat bilan ko’kka bo’y cho’zib turgan “Ko’hna va boqiy Buxoro” monumenti bugungi avlod, xususan yoshlarning shu zamin tarixi, uning alloma farzandlari xizmatlari haqidagi bilimlarini boyitishga, ularni Vatanni sevishga, istiqlolni qadrlashga da’vat etuvchi muhtasham yodgorlikdir.
Garchi islom dini Arabiston zaminida paydo bo’lgan bo’lsa ham, u aynan bizning yurtimizda yuksak ravnaq topdi. Bunda buxorolik allomalarning beqiyos hissasi borligini butun dunyo e’tirof etadi.
1993 yilda Prezidentimiz tashabbusi bilan Hazrat Bahouddin Naqshband tavalludining 675 yilligi xalqaro miqyosda nishonlangani, 2003 yilda esa Hazrat Abdulxoliq G’ijduvoniyning 900 yillik yubileyi bayram qilingani, bu allomalar qadamjolari islom olamining go’zal ziyoratgohlariga aylantirilgani “Diling Allohda, qo’ling mehnatda bo’lsin”, degan hayotbaxsh g’oyani ilgari surgan ana shu pirlarga ehtiromning sharofatidir.Chunki, hanafiy mazhabining O’rta Osiyoda yoyilishi yo’lida chinakam fidoyilik ko’rsatgan, benazir faqih Abu Hafs Kabir, zohid, olim va muhaddis Muhammad ibn Salom Paykandiy, Qur’oni karimdan keyingi ikkinchi muqaddas manba—”Al-Jome’ as-sahih” hadislar kitobi to’plovchisi, muhaddislar sultoni Imom Buxoriy, olamga tariqat ilmi nurini taratgan etti pir—Xoja Abdulxoliq G’ijduvoniy, Xoja Muhammad Orif Revgariy, Xoja Mahmud Anjirfag’naviy, Xoja Ali Romitaniy, Xoja Muhammad Boboyi Samosiy, Sayyid Amir Kulol, Xoja Bahouddin Naqshband, ulug’ valiyulloh, shoir va faylasuf Xoja Ismatulloh Buxoriy singari yuzlab avliyolar va allomalar ma’naviy merosisiz islom dini taraqqiyotini tasavvur qilib bo’lmaydi.
Qariyb 30 asrlik tarixga ega Buxoro vohasida 997 ta me’moriy va arxeologik yodgorlik mavjud bo’lib, ular qadimiy zamin o’tmishi, xalqimizning yuksak ma’naviyati, bebaho san’ati, umrboqiy an’analari, qo’li gul ustalarimizning takrorlanmas mahoratidan guvohlik berib turibdi. Ammo afsuski, Buxoro so’nggi hukmdorlarining beparvoligi va ojizligi, 1920 yilda qizil armiya qismlarining bosqini chog’ida shaharning aeroplanlar bilan bombardimon etilgani, sho’rolar tuzumining milliy qadriyatlarni oyoqosti qilish, xalqni o’zligidan judo etishga qaratilgan siyosati oqibatida ko’plab obidalar yer bilan yakson qilindi, qarovsiz qoldirilib, vayrona holga keltirildi, ziyoratgohlar, masjid-madrasalar omborxonalarga aylantirildi.
Garchi sovetlar davrida asosiy tarixiy yodgorliklar rasman davlat muhofazasiga olingan bo’lsa ham ularni ta’mirlash, konservatsiyalash uchun juda oz miqdorda byudjet mablag’lari ajratilardi. O’zbekiston mustaqillikka erishgach, mamlakatimiz parlamenti dastlabki hujjatlar qatori “Tarixiy yodgorliklarni muhofaza etish to’g’risida”gi Qonunni qabul qildi.
Buxoro shahrining 2500 yilligiga tayyorgarlik jarayonida Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi va rahnamoligida Kalon masjidi, Ark qal’asi, Mir Arab, Ulug’bek madrasalari, Somoniylar maqbarasi, Bolohovuz masjidi va boshqa ko’plab obidalar ta’mirlandi, ular hududi obodonlashtirildi. Yurtboshimizning ko’rsatmalari va bevosita rahbarligida Bahouddin Naqshband, Abdulxoliq G’ijduvoniy me’moriy majmualari qayta qurilib, Markaziy Osiyodagi eng go’zal ziyoratgohlarga aylantirildi. Buxoro shahri tarixiy markazidagi me’moriy obidalarning YuNESKO tomonidan jahon madaniy merosi ro’yxatiga kiritilgani yodgorliklarni muhofaza qilish masalalariga xalqaro jamoatchilik diqqat e’tiborini qaratdi.
So’nggi yillarda Chorbakr me’moriy majmui, Sayyid Amir Kulol, Xoja Mahmud Anjirfag’naviy, Xoja Ismatulloh Buxoriy, Abu Hafs Kabir ziyoratgohlari, Behishtiyon maqbarasi, shaharning qator qadimiy darvozalari qayta qurildi, ta’mirlandi va obodonlashtirildi. Istiqlol davrida Buxoro viloyatining me’morchiligida an’analar va badiiy merosni asrash amaliyoti bo’yicha ishlar turkumi uchun bir guruh me’morlar va ustalarga O’zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti berildi. Respublika Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 23 martdagi qarori bilan tasdiqlangan “2020 yilgacha Buxoro shahri hududidagi madaniy meros ob’ektlarini ilmiy o’rganish, konservatsiyalash, ta’mirlash va ularni zamonaviy foydalanishga moslashtirish bo’yicha Davlat dasturi” bebaho milliy qadriyatimiz hisoblanmish me’moriy obidalarni asl holiga keltirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ulkan ishlarning yangi istiqbollarini belgiladi.
Yurtboshimiz qayd etganidek, “O’zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o’rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog’liqlik til orqali namoyon bo’ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili—millatning ruhidir”.
1989 yilning 21 oktyabrida qariyb bir yarim asrlik qaramlikdan so’ng mamlakatimizda o’zbek tili davlat tili deb e’lon qilindi. Xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo’lmish ona tilimiz o’zining qonuniy maqomi va himoyasiga ega bo’ldi. Bu Vatanimiz tarixida tom ma’nodagi buyuk voqea edi.
Prezidentimizning “Yuksak ma’naviyat—yengilmas kuch” kitobida qayd etilganidek, “Xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishda milliy urf-odatlarimiz va ularning zamirida mujassam bo’lgan mehr-oqibat, insonni ulug’lash, tinch va osoyishta hayot, do’stlik va totuvlikni qadrlash, turli muammolarni birgalashib hal qilish kabi ibratli qadriyatlar tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada ma’naviy hayotimizning uzviy qismiga aylanib ketgan hashar odati istiqlol davrida yangicha ma’no-mazmunga ega bo’lib, umummilliy an’ana tusini olgani barchamizni mamnun etadi”.
Har yili Navro’z va Mustaqillik bayramlari arafasida o’tkaziladigan umumxalq hasharlari buning tasdig’idir. Ana shunday hasharlar paytida mahallalar, turar joy mavzelari, yo’llar va maydonlar, bog’u rog’lar tartibga keltiriladi, ehtiyojmand oilalarga yordam ko’rsatiladi.
Shu kunlarda respublikamiz talaba yoshlarining Buxoroda o’tkaziladigan “Universiada-2013″ sport musobaqalariga tayyorgarlik ko’rish ayni avjida. Yangi sport inshootlarini qurish, mavjudlarini ta’mirlash, shaharning markaziy ko’chalari, maydon va xiyobonlarini obodonlashtirish, gulzorlar barpo etishdek xayrli ishlarda minglab buxoroliklar qalb amri bilan ishtirok etib, umumxalq hasharining qudratini namoyish qilmoqdalar.
Ma’naviyat, qadriyatlar va milliy o’zlikni anglash haqidagi fikr-mulohazalarimizga yakun yasar ekanmiz, avvalambor, shuni chuqur anglab olishimiz kerakki, ma’naviy yuksalishga erishish bir yillik yoki besh-o’n yillik ish emas. Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, “Xalq, millat o’z milliy ma’naviyatini yillar, asrlar davomida yuksaltirib, boyitib boradi. Chunki ma’naviyat qotib qolgan aqidalar yig’indisi emas, aksincha, doimiy harakatdagi uzluksiz jarayon bo’lib, taraqqiyot davom etar ekan, uning shiddatli yurishi tufayli ma’naviy hayot oldiga qo’yiladigan talablar ham muttasil paydo bo’laveradi”.
Istiqlol tufayli ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot, demokratik jamiyat barpo etayotgan xalqimizda o’zining aqlu-idrokiga, intellektual salohiyatiga, yaratuvchilik kuchiga, ma’naviyatiga ishonch yanada mustahkamlandi. To’g’ri, bu borada hali yechimini kutayotgan muammolar ham bor. Ammo xalqimizda, fuqarolarimizda milliy o’zligini anglash va namoyon etish istagi barqaror qadriyatga aylanib borayotganini ham sezmaslik mumkin emas. Aynan shu istak O’zbekistonda kechayotgan demokratik jarayonlarga ma’no va yo’naltiruvchilik ruhini baxsh etmoqda.


Download 84.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling