Bilet №24 Quyosh sistemasi


Download 59 Kb.
Sana25.05.2020
Hajmi59 Kb.
#109769
Bog'liq
MATYOQUBOVA MUHABBAT


Bilet №24

1.Quyosh sistemasi

Quyosh, 8 ta yirik sayyora va ulaming yo‘ldoshlari, o‘n minglab mitti sayyora, ya’ni asteroidlar, son-sanoqsiz dumli yulduz (kometa)lar va juda ko‘p meteorlardan iborat osmon jismlari sistemasiga Quyosh sistemasi deyiladi. Quyosh shu sistemaning markazida joylashgan. Quyoshning massasi Quyosh sistemasidagi barcha osmon jismlarining umumiy massasidan taxminan 750 baravar katta. Quyosh sistemasidagi barcha jismlar Quyoshning tortish kuchi tufayli harakatlanadi. Barcha yirik sayyoralar: Merkuriy, Venera, Yer, Mars, Yupiter, Sa­turn, Uran va Neptun Quyosh atrofida bir xil yo‘na- lishda harakatlanadi. Ular ayni vaqtda o‘z o‘qlari atrofida ham aylanadilar.


Quyosh sistemasidagi sayyoralar juda tarqoq joylashgan. Bu sayyoralaming kattaligini va ular orasidagi masofalarni tasawur etish uchun 1:15000000000 (ya’ni 1 millimetrda 15000 kilo­metr) masshtab bilan ifodalashga urinib ko‘ramiz.
Shu masshtabda olganda Yerning diametri 1 millimetrga yaqinlashadi, Oyning diametri — 0,25 millimetr, Quyoshning diametri esa 10 santimetrga tenglashadi.
Quyosh sistemasini qog‘ozda chizma tarzida tasvirlaydigan bo‘lsak, Quyosh bilan Yeming oralig‘i 10 metr, Yer bilan Oyning oralig‘i esa 3 santimetr bo‘ladi. Quyosh sistemasida jismlarga, moddalarga nisbatan bo‘sh joylar ko‘proq ekanligi chizmadan ko‘rinib turadi. Yer bilan Quyosh oralig‘ida harakatlanadigan Merkuriy sayyorasi Quyoshdan 4 metr uzoqda bo‘lib, diametri mazkur masshtab bo‘yicha 0,33 millimetr­ga teng. Diametri 1 millimetrcha keladigan Venera sayyorasi esa Quyoshdan 7 metr uzoqlikda joylashgan bo‘ladi. Marsning diametri chizmada 0,5 millimetr bo‘lib, Quyoshdan uzoqligi 15 metr. Marsning Yerga har 15 yilda bir marta yaqinlashish masofasini chizmada 4 metr bilan ifodalash mumkin.
Sayyoralaming eng ulkani — Yupiteming diametri chizma­da 1 santimetr, Quyoshdan uzoqligi mazkur masshtabda 52 metmi, Satumning diametri 8 millimetrni, Quyoshdan uzoqli­gi 100 metrni tashkil etadi.
Quyosh sistemasining yettinchi sayyorasi Uranni chizmamizda 3 millimetr kattalikda tasvirlash, Quyoshdan uzoqligini 196 metr qilib ko‘rsatish mumkin. Neptun sayyorasining diametri chizmada 3 millimetr bo‘lib, Quyoshdan uzoqligi 300 metr.
Quyosh sistemasining eng chekka sayyorasi Pluton chizma­da Yerdan biroz kichikroq bo‘lib, Quyoshdan uzoqligi 400 metmi tashkil etadi. Garchi Pluton Quyosh sistemasining chekka sayyorasi bo‘lsa-da, uning orbitasi chizmaning chegarasi bo‘la olmaydi. Chunki Quyosh sistemasida sayyoralardan tashqari kometalar ham uchraydi. Ayrim kometalaming orbitalari Quyoshga nisbatan yaqin (chizmamizda 12 millimetr masofada), ayrimlari uzoq joylashgan (chizmada 1700 metrni tashkil etadi).
1:15000000000 masshtabli chizmada Quyosh sistemasining eni (kengligi) 3,5 kilometrni va maydoni 9 kvadrat kilometrni tashkil etadi. Shunchalik katta maydonda bizning sayyoramiz, ya’ni Yer atigi 1 millimetr joyni egallaydi.
2.O‘simliklar bilan umumiy tanishish. O‘simliklarning asosiy bo‘limlari.

Yer sharida o`simlik turlari shunchlik ko`pki, ulardan hozirgacha faqat 500 mingdan ortiqrog`igina fanga ma`lum.

O`simliklarni bir-biriga yaqinlashtiruvchi belgilarning o`xshashlik darajasiga qarab o`simliklar dunyosini ma`lum tartibga – sestema (tizim)ga solish o`simliklar sistematikasi deb ataladi.

O`simliklar sitimatikasi botanika fanining asosiy ismi bo`lib, unda o`simliklar kelib chiqishi, o`xshashlik darajasi va tarixiy rivojlanishiga qarab guruhlarga – sestimatik birliklarga bo`linadi.

O`simliklar siste matikasida quyidagi sistematik birliklar qabul qilingan:

tur, turkum,oila,sinf (ajdod), bo`lim va o`simliklar dunyosi.

O`simliklar sistematikasidagi eng kichik birlik turdir.

Tur – hamma organlari bir-biriga o`xshash, ma`lum maydonda uchraydigan o`simliklarni o`z ichiga oladi. Masalan sariq do`lanani olaylik. U bitta tur. Lekin tog`larda bu turga kiradigan o`simlik turlari kehg tarqalgan. Ular guli, mevasi, bargi va boshqa belgilari bilan juda o`xhsash. Shuning uchun ular bir turga kiradi.

Turkum – bir-biriga yaqin turlardan tashkil topgan.

Fanda o`simliklarni qo`shaloq (ikki) nom bilan – tur va turkumning nomlari bilan atash (binar nomenklatura) qabul qilingan. Turni ikki nom bilan atashni birinchi bo`lib, shved tabiatshunosi Karl Linney (1707-1778) fanga kiritgan. Masalan, sarimsoq piyoz yoki anzur piyozidagi sarimsoq va anzur so`zlari turga tegishli, piyoz so`zi esa turkumga tegishli nom bo`lib, bu shu turlarning piyoz so’zi esa turkumga tegishli nom bo’lib, bu shu turlarning piyoz turkumiga oid ekanligini bildiradi.

Fanda har bit turning mahalliy nomlaridan tashqari yana ilmiy, ya`ni “lotincha” nomi ham bor.

Istalgan o’simlikning ilmiy nomini maxsus kitoblardan (floradan yoki o’simliklar aniqlagichidan ) topish mumkin. Bir-biriga yaqin turkumlar qo’shilib, oilani tashkil qiladi. Masalan, bodom, olma, o’rik, na`matak, do’lana kabi turkumlar birlashib sinfni tashkil qiladi. Masalan, bir urug’pallali o’simliklardan tashkil topgan loladoshlar, bug’doydoshlar (boshoqdoshlar), chuchmomadoshlar kabi oilalar to’planib bir urug’pallali o’simliklar sinfini tashkil qiladi. Ikki pallali (ikki urug’pallali) o`simliklardan tashkil topgan ra`nodoshlar, ituzumdoshlar, gulxayridoshlar kabi oilalar birlashib ikki urug`pallali o`simliklar sinfini tashkil qiladi.

Bir urug`pallalilar va ikki urug`pallalilar sinfiga oid o`simliklarning hammasi gulli o`simliklar bo`lganligi uchun bu ikkala sinf qo`shilib gulli o`simliklar yoki yopiq urug`li o`simliklar bo`limini vujudga keltiradi.

O`simliklar dunyosi esa o`simliklar sistematikasidagi eng katta sistema bo`lib, yopiq urug`li o`simliklar, ochiq urug`li o`simliklar, qirqquloqtoifa, yo`sintoifa, yashil suvo`tlar va hokozo bo`limlarni o`z ichiga oladi.

Sistematik birliklarning ketma-ketligini quyida g`o`za misolida ko`rishimiz mumkin.


Bo`lim

Gulli o`simliklar

(magnoliya toifa)




Sinf (ajdod)


Ikki urug`lilar (magnoliyasimonlar)


Oila

Gulxayridoshlar

Turkum

G`o`za

Tur

Meksiks g`o`zasi

O’simliklar olami juda ham xilma-xil bo’lib, o’ziga xos bel-galarga, xususiyatlarga ega. Har xil o’simliklarni muayyan gu-ruhlarga birlashtirish va ular o’rtasidagi farqlarni aniqlashga xizmat qiluvchi belgilar sistematik belgilar deb ataladi.

O’simliklar sistematikasi o’simliklarning anatomik, mor-fologik va embriologik belgilari jihatdan bir-biriga o’xshash bo’lgan sistematik guruhlarini ta’riflaydi va ularning qarindoshligi hamda kelib chiqish tarixiga qarab ma’lum sistemaga oladi.

O’simliklar sistemalarini yaratish ustida qilingan ilk uri-nishlardan eng muhimi (1583 y) italyan botanigi Sezalpin sis-temasidir. Uning asosiy xizmati shundaki, u o’z klassifikatsiyasiga o’simlikning o’zi uchun muxim bo’lgan belgilarini asos qilib olish kerakligini angladi va o’z sistemasini tuzishda ko’payish organlari-ning belgilarini asos qilib oladi.

O’simliklar sistemalarini yaratishga qaratilgan, ХVI-ХVIII asrlardagi botaniklarning ishlari shved tabiatshunosi K. Lin-neyning (1707-1778 ) asarlarida o’z nihoyasini topdi. U asosiy sistematika belgisi sifatida ko’payish organi, aniqrog`i - andro-seyning tuzilishini tanlab oladi ( changchilar soni va bir - biriga nisbatan qanday joylashganligiga asosan 24 sinfga bo’linadi ).

K. Linney shuningdek binar (qo’sh) nomenklaturaga asos soldi. Bunga asosan, o’simliklarning har bir turi ikkita so’z bilan nomlanadi, birinchi so’z o’simlikning turkumga mansubligini bil-dirsa, birinchi va ikkinchi so’z birgalida tur nomini bildiradi.

Turkum va tur lotin tilida yoziladi va ulardan keyin o’simlikni tariflagan muallifning nomi qisqartirib yoziladi. Osiyo yalpizi- Mentha asiatica. Linney 116 qabila 1000 dan ortiq turkumga mansub bo’lgan 10.000 ga yaqin turlarni nomlagan.

K. Linney sistemasi o’z davri uchun qanchalik afzal bo’lmasin, bu sistema ham suiiy sistema edi. Chunki bu sistemada o’simliklarning sun’iy ravishda olingan belgilari asos qilib olingan edi. Linneyning o’zi ham bu sistemaning sun’iyligini so’ngida tan oladi va tabiiy sistema tuzish niyatida ekanligini aytadi.

Tabiiy klassifikatsiyaning taraqqiy etishida, evolyutsion nazariyani birinchi bo’lib yaratgan Lamarkning roli katta bo’ldi. Ch. Davrin qilgan o’zgarish esa sistematika tarixida yangi, evolyu--sion yoki filogenetik sistematika davrini boshladi, ya’ni o’simliklar klassifikatsiyasini tuzishda bir manbadan kelib chiqqan o’simliklarni birlashtirish zarurligani ko’rsatdi. Filogenetik sistemalar orasida ko’p tarqalgeni A. Eyagler sistemasi bo’lib, bu sistema turlargacha batafsil ishlab chiqilgan birdan-bir sistemadir.

Hozirga kunda juda ko’p sondagi turli filogenetik sistemalar mavjud (Kozo Polyanskiy, Kuznetsov, Bush, Grosgeym, Taxtajdyan, Vetgshteyn, Хatchinson va boshqalar), O’zbekistonda sistematika fannning rivojlanishida K.Z.Zokirov, A.M.Muzaffarov, M.M.Nabiyev, U.P.Pratov kabi o’zbek olimlarimizning xizmatlari katta.

O’simliklar sistematikasidagi asosiy taksonomik birlik—tur hisoblanib, u tabiatning real hodisasidir. Masalak, na’matak, olma, do’lana bular o’simliklarning real turlardir. O’xshash turlar - turkumga, o’xshash turkumlar oilaga oilalar esa sinfga sinflar esa eng katta taksonomik birlik bo’limga birlashadi.

Yer yuzasidagi barcha o’simliklar shartli ikki guruhga bo’linadi:

Tuban o’simliklar (Thallobinta) va

Yuksak o’simliklar (Kormobionta).

Tuban o’simliklar tuzilishi jihatdan sodda bo’lib, tanasi tallom, deb atalib, bir hujayrali, koloniya yoki ko’p hujayrali bo’lishi mumkin. Barg, poya, ildiz kabi qismlarga ega emas. Shuningdek, ma’lum vazifani bajarishga moslashgan


to’qimalarga ham ega emas. Ba’zibir tuban o’simliklar mikroskospik bo’lsa, ba’zilarning tallomi esa 40m. gacha katgalikda bo’lishi mumkin.
3.Tabiatshunoslik darslarida o’quv vositalari, multimedia, tarqatma va didaktik materiallardan foydalanish metodikasi.

Tabiatshunoslik o‘qitish metodikasi o‘z mazmun va mohiyatiga

ko‘ra maktab o‘quvchilariga tabiatshunoslik bilimlarini berish bilan

birga ulaming har tomonlama tarbiyalash ishlariga o‘z hissasini qo‘-

shadigan fan hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan u pedagogika fanlari

tarkibiga kirib, asosiy predmeti boshlang‘ich sinflarda o‘rganiladigan

tabiatshunoslik kursi hisoblanadi. Zero, bu fan ta’lim-tarbiyaning

o‘ziga xos mazmuni va metodlarini belgilab beradi.

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturda boshlang‘ich ta’lim tizimida

≪o‘quvchilarning fanlar asoslari bo‘yicha muntazam bilim olishlarini,

ularda bilim o‘zlashtirish ehtiyojini, asosiy o‘quv-ilmiy, milliy va

umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlarni,

mehnat ko‘nikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof-muhitga ongli munosabatda

bo‘lishni va kasb tanlashni shakllantiradi≫ deb qayd etilgan

ekan, tabiatshunoslik o‘qitilishida ham bu vazifalami amalga oshirish

asosiy maqsad hisoblanadi.

Tabiatshunoslik o‘qitish metodikasi - tabiatshunoslikni o‘qitishda

bolalami har tomonlama tarbiyalashning mazmuni va metodlarini

ochib beruvchi pedagogik fandir. U pedagogikada ishlangan tadqiqotlarga

asoslanadi va o ‘z fanini o‘qitish mazmuni hamda xususiyatlarini

hisobga olgan holda uning metodlaridan foydalanadi.

Maqsadi - Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bugungi kun talablari

asosida yangi pedagogik va innovatsion texnologiyalami qo‘llab, yosh

avlodga tabiatshunoslik fanini o‘rgatishga tayyorlashdir.

Vazifasi - o‘quv fani sifatida tabiatshunoslik mazmunini aniqlash,

o‘qitishning metod va uslublarini tadqiq etish, zamr o‘quv jihozlari-

ni tayyorlashdan iborat. Tabiatshunoslikni o‘qitish metodikasi faqat

o‘qitish jarayonini ta’riflash va tushuntirish bilan cheklanib qolmay,

balki qoidalami ham ishlab chiqadi, ularga asoslanib, o‘qituvchi shu

predmet bo‘yicha bolalami muvaffaqiyatli ravishda o‘qitishi mumkin.

0 ‘quvchilarga tabiatshunoslikni o‘rgatib borish bilan o‘qituvchi

ulami ta’limni davom ettirish va amaliy faoliyat uchun zarur boigan

bilim va ko‘nikmalar bilan qurollantiribgina qolmay, balki ulaming

dunyoqarashi, irodasi, xulq-atvorini shakllantiradi, aqliy qobiliyatlarini

rivojlantiradi. Shunga ko‘ra tabiatshunoslikni o‘qitishning shakl

va metodlarini ishlab chiqadi.

0 ‘qitish jarayoni o‘zaro bogiiq boigan qismlami: fan mazmuni,

o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyatini, ya’ni fanning o‘zini, uni o‘qitishni

va o‘qishni; ya’ni bilim va ko‘nikmalami egallab olishdan iborat.

Tabiatshunoslikni o‘qitish metodikasi o‘qituvchining tayyorlanishidan

tortib, to o‘quv materialini o‘zlashtirish natijalarini, jumladan

sinfdagi, uydagi, sinfdan va maktabdan tashqari ishlami hisobga olishgacha

barcha o‘qitish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. 0 ‘qitish amaliyotini

har tomonlama o‘rganish va natijalami keyin ijodiy ravishda

umumlashtirish asosida o‘qitishning muayyan qonuniyatlari belgilanadi

va uni yana ham yaxshilash bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqiladi.

Chunonchi, o‘rganilayotgan narsalami (o‘simlik va hayvonlami)

bevosita qabul qilish (bu to‘g‘ri tasavvur hosil boiishini ta’minlaydi)

qonuniyati asosida predmetli o‘qitishni qoilanish bo‘yicha aniq tadbirlar

ishlab chiqiladi.

Tabiatshunoslik metodikasi o‘rganadigan va ishlab chiqadigan masalalar

doirasiga quyidagilar kiradi:

- o‘quv fani sifatida tabiatshunoslikning ta’lim va tarbiyaviy

ahamiyati, uning tarbiya tizimidagi o‘mi;

- o‘quv materialining shakl va mazmuni va uni taqsimlanish

tizimi;


- o‘qitish shakl va metodlari, shuningdek, o‘quvchilami tashkil

etish holati;

- o‘quv materialini, o‘quvchilaming o‘zlashtirish jarayoni va

o‘qitish natijalarini hisobga olish;

- jihozlash va o‘quv qurollaridan foydalanish;

- darsdan va sinfdan tashqari ishlar, o‘qitishning moddiy bazasi.

- tabiatshunoslikni o‘qitish metodikasi tabiat hodisalarini

o‘zaro bog‘lanishda va rivojlanishini o‘rganishga imkon beradi. Tabiatshunoslik

metodikasi pedagogikada qo‘llaniladigan tadqiqot metodlaridan

foydalanadi. Tadqiqotchi-metodist maktabda tabiatshunoslikni

o‘qitish jarayonini kuzatadi, kuzatilgan jarayonlami tahlil qiladi va

taqqoslaydi, hodisalar o‘rtasidagi qonuniy bog‘lanishlami aniqlaydi,

xulosa va umumlashtirishning to‘g‘riligini amalda tekshiradi va buning

natijasida tabiatshunoslikni o‘qitish usul va uslublarini belgilaydi.



Kuzatish va tajriba tabiatshunoslikni o‘qitish metodikasi sohasidagi

eng muhim metodlardir.
Download 59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling