Ilm-fan va ta’limda innovatsion yondashuvlar, muammolar, taklif va yechimlar
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
online konferensiya
56 www.academiascience.uz yuksaltirishga va undan ijodiy o‘zlashtirishimizga asos bo‘lib xizmat qiladi. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy deyarli barcha asarlarida ta’lim-tarbiya masalalariga alohida e’tibor berib tarbiya jarayonlarini, vositalarini talablarini ko‘rsatadi va ta’limda ilmiylik, asoslanganlik, tarixiylik kabi talablarni asos qilib olish kerakligini aytadi. Zamonasining peshqadam ziyolisi bo‘lgan Abdulla Avloniy bolalarni mustaqil mantiqiy fikrlashga o‘rgatishda ularning fikriy tarbiyasiga to‘xtalar ekan, bu- muallimlarning diqqatlariga suyalgan, vijdonlariga yuklangan muqaddas bir vazifadur, fikrning quvvati, ziynati, kengligi muallimning tarbiyasiga bog‘liqdur”,- deb fikr bildiradi. Ulug‘ mutafakkirlarimiz Abu Rayxon Beruniy, Ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, Alisher Navoiy kabi buyuk insonlarning komil inson haqidagi boy meroslari, o‘zbek xalqimizning milliy va umuminsoniy qadriyatlarisiz zamonaviy ta’limimizni aslo tasavvur qila olmaymiz. Mustaqillik huquqiy tafakkuri, umuminsoniy va milliy qadriyatlar, vatanparvarlik, adolatparvarlik, huquqiy merosni asrab-avaylash va ijtimoiy hayotning hamma jabhalarida uni qaror topti-rishga qolaversa, ahloqiy fazilatlarni shakllantirishga yordam beradi. Abu Nasr Farobiy iborasi bilan aytganda, “aholisi xushxulqqa ega bo‘lmagan mamlakatda hokimiyatga ehtiyoj seziladi. Demak, jamiyatning nechog‘lik demokratlashuvi fuqarolar erki, huquq, erkinliklari, burchlarini bajarishi eng avvalo, adolatli jamiyat aholisining fe’l-atvoriga, ma’naviy-ahloqiy va ular huquqiy kamolotiga bog‘liqdir. Milliy odob ahloq va an’analar ham shaxs huquqiy ongini oshishida muhim o‘rin tutadi. Jamiyat va davlat ijtimoiy faol, odobli ahloqli va qonunga itoatkor fuqarolarni tarbiyalashdan manfaatdor. Milliy odob-ahloq va huquqiy qadriyatlar asosida komil insonni tarbiyalash demokratik huquqiy davlatning asosiy vazifasidir. Milliy huquqiy tizimni fuqarolarning huquq va erkinliklariga zid bo‘lmagan odob-ahloq va huquqiy ma’daniyat qoidalari bilan to‘ldirib borish qonunchilik faoliyatimizning ham bosh mezoni bo‘lishi kerak. Fuqarolik jamiyatini shakllantirishda nafaqat qonunlarning ustuvorligini ta’minlash, balki milliy odob- “ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 11-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling