Ilm-fan va ta’limda innovatsion yondashuvlar, muammolar, taklif va yechimlar
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
online konferensiya
60 www.academiascience.uz XX asrning ulkan qurilishlaridan biri bo`lgan Markaziy Osiyo xalqlarining turmush darajasini yaxshilash borasida katta burilish yasagan Katta Farg`ona kanalining tarixi barchamiz uchun qiziqarli va hayratlanarlidir . Buning boisi shundaki u asosan qo`l kuchi bilan tuproq qazilib , o`z nihoyasiga yetkazilgan va Farg`ona vodiysida bunyod etilgan eng yirik gidrotexnik inshootdir. 1 Aslida insonlar qadim – qadim zamonlardan hayot uchun zarur bo`lgan suv manbalarini bo`ysundirish uchun kanal qazib , ariq chiqarib , yerlarni o`zlashtirish bilan shug`ullanib kelganlar . O`lka aholisi dehqonchilik bilan shug`ullanib kelar ekan, doim suv tanqisligi, sug`orish inshoatlarining kamligi oqibatida unumdor yerlar cho`lga aylanar edi. Katta Farg`ona kanalining qurilishi esa aholining unumdor yerlarga bo`lgan ehtiyojini qondirib, bir necha asrlar mobaynida qamish bosib yotgan botqoqliklar hamda qum barxanlarining o`rnida ekinzorlar bog`lar va tokzorlarni yaratish imkonini berdi. O‘zbekiston SSR Kommunistik partiyasi Markaziy kengashi kotibi Usmon Yusupovning 1939-yil 3-iyundagi 896-sonli qarori Katta Farg‘ona kanalining qurilishiga asos bo‘lib xizmat qiladi. Kanal qurilishi loyihasi muallifi 1909-yil 13- may va 1971-yil 14-sentyabr, yillarida yashagan, Tavricheskaya viloyati Kuchuk- O`zen qishlog`ida tavallud topgan, Toshkent, Sovet me`mori. O`zbekiston SSR qator loyihalar muallifi, SSSR me`morlar ittifoqining a`zosi Sadyk Ibragimovich Nagaev hisoblanadi. 2 Kanal qurilishi haqida xattoki hujjatli film ham olingan bo`lib, uni “Toshkent Kinoxronika Studiyasi”. Suratga oluvchi kino operatorlar M.Qayumov, Sh.Zaxidova, A.Tursunovalar tomonidan tasvirga olingan. Filmda shuni ko`rishimiz mumkinki, kolxozchilar ishni boshlashga ishtiyoq bilan tayyorgarlik ko`radilar. O`zbekisron SSR Oliy Soveti Prezidiumining raisi Yo`ldosh Oxunboboyev ham kanal qurilishiga qimmatli ko`rsatmalar beradi. Kolxozchi quruvchilarga yordam berish uchun maxsus yer portlatuvchilar ham keladilar. Shuningdek kolxozchi Halima Mo`minova qattiq yer qazish no`rmasini 360 protsenga bajarib, ko`plab staxanovchilar oldida boradi. 1 Ferlibrary.uz / Katta Farg`ona kanali 80 – yoshda . 2 Egambediyev,A, Hayotbaxsh kanal: Katta Farg`ona kanali 40 – yoshda. // Kommuna.-1979.-29.dek;25.-B.3. “ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 11-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling