Ilm-fan va ta’limda innovatsion yondashuvlar, muammolar, taklif va yechimlar


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/54
Sana23.04.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1387907
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
online konferensiya

 
61 
www.academiascience.uz
 
Yana bir staxanovchi kolxozchi Dunon Do`smatov normani yetarligidan ham ortiq 
bajarib uning shuxrati butun trassalar bo`ylab tarqaladi. Namangan kolxozchilari ham 
jonbozlik ko`rsatib, birinchi bo`lib yer qazish ishlarini tamomlab, kanalni o`n 
yettinchi uchastkasini tayyor qilib topshiradilar. Bularning hammasi o`zbeklarning 
matonati edi.
1939-yil 1-avgustdan boshlab xalq hashari yo`li bilan Katta Farg`ona kanali juda 
qisqa muddatda, 45 kun mobaynida qazib bitkazilgan. Shundan keyin Katta Farg`ona 
kanali 1940-yilda Tojikiston hududida yana uzaytirilgan. Xalq hasharida 180 ming 
nafar ishchi va dehqon hamda 3000 nafar muxandis-texnik hodim qatnashgan. 270 
kilometrli trassada 17 mln. m
3
tuproq qazib chiqarilgan. Shundan faqatgina 1,7 
mln.m
3
tuproq mexanika yordamida qazilgan. Ishlar og`ir bo`lgan uchastakalarda 14 
ta ekskavator, 245 ta traktor, 13 ta bulduzer, 10 ta skreper, 3 ta avtogreyder, 420 
avtomashinadan foydalanilib, 42,2 ming m
3
beton ishlari bajarilgan. Kanal 1953-
1962, 1964 va 1967 yillarda qayta tamirlangan.
3
Kanal suvi O`zbekistonda uch viloyat, Andijon viloyatida 66,6 ming gektar
Namangan viloyatida 12 ming gektar, Farg`ona viloyatida esa 125 ming gektar 
yerlarni sug`oradi. Bundan tashqari qo`shni respublikalar Qirg`izistonning O`sh 
viloyatini 78 ming gektar va Tojikistonning Sug`d viloyatida 10 ming gektar yerlarni 
sug`orishda foydaliniladi.
Aniq ma`lumotlarga ko`ra, Katta Farg`ona kanali O`zbekiston hududidan 283 
km, Tojikiston hududidan 62 km, Qirg`izton hududidan esa 13 km masofani bosib 
o`tadi. Vodiyni shimoli – sharqidan janubi – g`arbgacha kesib o`tgan. Asosiy o`zani 
uzunligi 350 km. Vegetatsiya davrida Norin (420m
3
/s), Qoradaryo (100m
3
/s), So`x 
(12m
3
/s) daryolaridan 532 m
3
/s suv oladi. Kanal massasi 2 traktdan iborat.
Yuqori Norin trakti (44 km.) Norin daryosi Uchqo`rg`on shaxri yaqinidan 
boshlab Quyganyorgacha yetib boradi. Quyi Qoradaryo trakti (301 km.) 
Qoradaryoga qurilgan Quyganyor to`g`onidan boshlanib, Sirdaryo bilan deyarli 
3
Qodirov,Sh. Vodiyning muhim suv manbayi. / Katta Farg`ona kanali 70 –yoshda. . // Farg`ona Xaqiqati.-2009.-
30.dek. : 102/103. – B.3.


“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” 
MAVZUSIDAGI 11-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI 

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling