Ilm-fandagi halollik
Download 37.08 Kb.
|
1 2
Bog'liqIlm-fandagi halollik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar: Fabrikatsiya
Aim.Uz Ilm-fandagi halollik Reja: 13.1.Xarom amallar: fabrikatsiya, falsifikatsiya. 13.2.Shubhali amallar: eksperimentni loyihalash, axborot yig`ish, ma`lumotlar tahlili, natijalar taqdimoti. 13.3.Turli amallar: ba`zi bir narsalarni tushirib qoldirish, reorganizatsiya, yangicha formulirovka. Tayanch tushunchalar: Fabrikatsiya – ayrim ma’lumotlarni qo’shib tahlil qilish. Falsifikatsiya – tadqiqot natijalarini soxtalashtirish. Reorganizatsiya – tajribani noto’g’ri tashkil etish. Yangicha formulirovka – ma’lumotlarni sharhlashda, izohlashda yangicha yondashuvning mavjudligi. 13.1.Xarom amallar: fabrikatsiya, falsifikatsiya Zamonaviy psixodiagnostik tushunchalarga va tadqiqotlarni tashkil etishga, natijalarni tahlil etishga alohida talablar qo’yiladi. Ana shunday tushunchalarga qo’yiladigan talablardan biri operasionalizasiya deb ataladi, ya’ni mazkur tushuncha haqiqatdan ham tavsiflanayotgan xususiyatning barcha jihatlarini qamrab olishi kerak. Psixodiagnostik tushunchalarga qo’yiladigan ikkinchi talab verifikasiya degan tushuncha bilan ifodalanadi. Verifikasiya talabiga ko’ra, har bir tushunchani amaliyotda qo’llash uchun u sinovdan, tekshiruvdan o’tgan bo’lishi kerak. Psixologik-pedagogik tajribalar tadqiqotning ishonchli vositasi bo’lishi, uning yordamida ilmiy asoslangan ma’lumotlar olish, amaliy jihatdan to’g’ri xulosalar chiqarish imkonini berishi uchun psixodiagnostik metodlar muayyan talablarga javob berishi kerak. Ilm fandagi g`irromlikning eng mashhur turi bu ma`lumotlar fabrikatsiyasi. Ba`zi“eksperementator” tajriba o’tkazishning eng yaxshi yoki uni umuman o’tkazmaslik ekanini juda yaxshi biladilar. Ular texnik ta`minot vositalarini tayyorlash, ishtirokchilarni jalb qilish, metodni tanlash, olinadigan natijalarni matematik-statistik tahlil qilish kabi o’zlarini ortiqcha ovora qiluvchi ishlarni amalga oshirmaydilar. Ular bilishi zarur bo’lgan yagona narsa bu – eksperimentni o’tkazish tartibini to’g`ri yoritib bera olish xalos. Bunday “eksperimentatorlar” boshqa kasbni egallash haqida o’ylab ko’rsalar bo’lar edi, chunki ular uzoq vaqt psixolog bo’la olmaydilar. Ta`lim olish jarayonida sizda ma`lumotlarni fabrikatsiyalash istagi Yuzaga kelishi mumkin, chunki vazifani topshirish muddati yaqin, siz esa hali tayyor emassiz. Bunday qilmang! Topshirilmagan ish uzog`i bilan sizning yomon baho olishingizga sabab bo’lishi mumkin, soxtalashtirilgan ma`lumotlar esa sizni sharmandalarcha talabalar safidan chiqarilishingizgacha olib kelishi mumkin. Ilmda professionallar soxtalashtirilgan ma`lumotlarni kechirmaydilar. 1990 yillarning boshida Kammerer familiyali biolog orttirilgan xarakter xususiyatlari ham nasldan naslga o’tishini isbotlamoqchi bo’lgan, uning qarashlari Darvinning evolYutsiya nazariyasidan tubdan farq qilardi. Kammerer qora tuproqda o’tli salamandera (fire salamanders) ning bir necha avlodini etishtirganini da`vo qilardi. Uning aytishicha, asli rangi qora, tanasida sariq dog`lari bor salamanderlarning sariq dog`lari kamayib, yana bu xususiyat keyiingi avlodga ham o’tgan ekan. Kammerer olgan natijalardan shubhalangan boshqa bir olim Kammerer tekshirdim degan salamanderlarning buncha avlodini boqishga ketgan vaqtni uning hisobotlarida keltirilgan vaqt bilan solishtitib ko’radi, qarasaki natijalar turlicha. Boshqa olimlar ham Kammererdan bu holatni tushuntirib berishini talab qildilar, bu hol 7 yildan so’ng boshqa ikki olim tajriba vaqtida o’rganilgan salamderlarning murdalarini tatqiq qilishga ruxsat olgunlariga qadar davom etadi. Ularning aniqlashicha salamanderlar tanasi qora tush bilan bo’yalgan ekan. Kammererning o’zi esa natijalarni qora “yordamida” biroz yaxshilaganini ta`kidlagan. Ko’p o’tmay Kammerer o’z joniga qasd qiladi. Olim uchun eng uyatli ish bu – ilmiy fanlar sistemasiga soxta yangiliklarni qo’shishdir. Agar siz yomon tadqiqot o’tkazgan bo’lsangiz u holda insonlar bunga e`tibor bermasliklari mumkin, lekin agar siz aslida unday bo’lmasada omadli tadqiqot o’tkazdim desangiz unda shaxsan o’zingiz va ilm fanning rivojlanishiga to’sqinlik qilayotgan bo’lasiz. Boshqa olimlar keladi va o’z tadqiqotlarini sizning tadqiqotlaringiz natijalari asosida o’tkazishga harakat qiladilar, kutilgan natija ololmagach, aslida ular haq bo’lsalarda o’zlarini nohaq qaerdadir xatolikka yo’l qo’yyapmiz deb o’ylaydilar. Keyin ular asos sifatida olingan ishdagi xatolikni aniqlashga ortiqcha vaqt ketkazadilar, bundan tashqari o’z tadqiqotlarini yana qaytadan loyihalashtirishga majbur bo’lib qolishlari ham mumkin. Yuqoridagi g`irromlk qancha uzoq muddat noma`lumligicha qolsa, ilm fan shuncha ko’p narsa yo’qotadi. Agar ilm fandagi g`irromlik aniqlanmasa, u jamiyatdagi g`irromlikka olib kelishi Hech gap emas. Masalan, 1930 yillarning boshida rus “olimi” T.D.Lisenko ham orttirilgan xususiyatlar nasldan naslga o’tishi mumkin degan fikr tarafdori bo’lgan (Lerner 1968). U o’z nazariyasiga shu qadar ishonardiki, bir olam ma`lumotlarni soxtalashtirishgacha borib etdi. Lisenko tarafdorlari fantastik natijalarga erishayotganlarini da`vo qilib chiqdilar: sayroqi qush qo’ygan tuxumdan kakku bolasining yorib chiqqani, lavlagining karamga aylanishi (ular isbot tariqasida soxta suratlardan foydalanganlar) va hakazo (Lerner 1968). Lisenkoning bu o’ta odobsiz harakati nafaqat ilm fan balki bevosita jamiyatga ham zarar etkazgan. Shaxsan uning vijdonida ishdan bo’shatilgan va xatto qatl qilinganba`zirus genetiklarining xuni yotibdi. U avval Stalinni keyinchalik esa Xrushyo’vni o’z nazariyasi to’g`riligi va undan qishloq xo’jaligida keng foydalanish zarurligiga ishontirgan (Medvedev, 1969). Va nihoyat qishloq xo’jaligidagi omadsiz amaliyotning sabablari qisqacha izohlangandagina Lisenko nazariyalari bekor qilindi, lekin bu rus jamiyatiga o’z ta`sirini o’tkazib bo’lgan edi. Bu mavzuni yozish jarayonida ilm fan tarixidagi juda ko’plab g`irromliklarga ko’zim tushdi, g`irromliklar oshdimikan yoki ularni ochib tashlash urfga aylanmoqdami? Eski davr olimlari ham bunday ishlar bilan shug`ullangan ekan. XIX asr genetikasi Gregorg Mendalniba`zierlarda unchalik ham haq bo’lmaganlikda ayblamoqda (Fisher 1936). Xatto ser Isaak NYutonning ishlarida hamba`zimulohazali jihatlar bor (Wetsfall 1973). Kornellida men psixologiya fakulteti talabalari va o’qituvchilari bilan juda ko’p suhbatda bo’lganman. Birtalabaqizmengao’tkazmoqchibo’lganeksperimentihaqidagapiribberdi.Kimningdiraniqlashichama`lumsharoitlarda (X), kalamushlarma`lumxatti-harakatlarniamalgaoshirarekan (A). U agar X sharoitni Y gaalmashtirsakkalamushlaravvalgidekAniqilishdadavometadimiyo’qmishunianiqlamoqchiedi. U Y sharoitdaeksperimento’tkazib, kalamushlarAniqilishqilmasliginikuzatmoqchiedi. Men unga avval birinchi tadqiqot (ya`ni X sharoitda kalamushlar haqiqatdan ham A faoliyatni bajaradimi) ni laboratoriyada qayta o’tkazib tekshirib ko’rish zarurligini faqat shundan keyingina X sharoitni Y sharoitga o’zgartirib kalamushlar faoliyatini kuzatish kerakligini tushuntirdim. Faqat shundagina to’liq natijaga erishish mumkin. Unga bu yangi fikr juda yoqdi va u o’zining professori oldiga ketdi. Lekin u: “bunday qilish shart emas eksperiment o’tkazib bo’lingan siz faqat bekorga vaqt yo’qotasiz” deb javob beradi. Bu voqea 1947 yillarda sodir bo’lgan u vaqtda psixologik tadqiqotlarni qaytarish emas, balki shart-sharoitlarning o’zinigina o’zgartirib yangi natijalar olish siyosati hukmron edi. Fan tarixidagi eng yirik yolg`onlar. Gregor Mendel. Tabiiy tadqiqotchi, ruhoniy va cherkov hodimi Gregor Mendel – irsiylik ta`limoti asoschisi hisoblanadi. XIX asrning oxirida Mendel noxotning gibritlashishi utsida keng tadqiqotlar olib borgan. Mendel birinchi bo’lib, o’z tadqiqotlarida irsiylik haqida ma`lumotlar ola boshlagan, biroq uning ishlarini keyinchalik o’rgangan olimlar fikricha Mendel tadqiqotlaridan olingan natijalar biroz shubhali. Lekin Mendel g`irromlik qilmagan, balki o’zini qoniqtiradigan natijalarni ola boshlashi bilan tadqiqotlarini to’xtatgan. Zigmunt Freyd. Freyd ijodiyotining bir necha yillik tadqiqotchisi, ko’pgina ilmiy mukofotlar sovrindori Yudjin Mallouv (Eugene F. Mallove) “Freydning xato va g`irromliklari” (The Faults and Frauds of Freud) nomli kitobida psixoanaliz maktabi asoschisi o’z tadqiqotlari natijalarini fabrikatsiya qilganligini isbotlagan. Mallouvning fikricha Freydning nazariyasi u vrach sifatida ishlagan olti kishining hayotidan olingan olti prinsipial voqealarga asoslangan. Biroq arxiv ma`lumotlari analizidan ma`lum bo’lishicha mijozlardan biri davolash boshlanganidan uch oy o’tgach, Freyd xizmatlaridan voz kechgan, yana ikki mijozning esa Zigmund Freydga hech qanday aloqasi bo’lmagan. Qolgan uch kishidan faqat bittasigina Freyd bilan o’z ongosti qo’rquvlarini bo’lishgan. Ya`ni nazariya yaratuvchisi o’z fikrlarini faqat bir kishining hikoyalari asosiga qurgan. Mallouvning fikricha Freyd bu ishni bilib turib qilgan, chunki Freyd fikricha psixoanalizni kitoblardan o’qib o’rganib bo’lmaydi, psixoanalizni mutaxassis faqat amaliy faoliyatda kishilar xulqini analiz qilish yo’li bilangina o’rganishi mumkin. Ernets Gekkel. Mashhur Germaniyalik biolog va faylasuf Ernets Gekkel Charlz Darvin ta`limoti tarafdori 1866 yilda “bioenergetik qonunni” ochgan. Bu qonunga ko’ra, butun kishilik jamiyati evolYutsiyasi soddalashtirilgan holatda alohida shaxsning individual rivojlanish jarayonida takrorlanadi. Ya`ni inson bolasi o’zining rivojlanish davrida avval baliq keyin er hayvoni va hakazo bosqichlardan o’tadi. Isbot tariqasida Gekkel o’z fikrlariga mos embrionlar suratini ko’rsatgan. G`irromlik uning ishini universitet sudiga olib chiqqan hamkasblari tomonidan aniqlangan. Gekkel kerakli joylarini “qo’shib chizganligini” tan olgan. 1950 yilga kelib inson bolasini o’z hayotining ilk davrlarida ham baliq yoki boshqa biror hayvon bolasi bilan ayniylashtirib bo’lmasligi uzil-kesil isbotlangan. Rene Blondlo. XX asrning 20 yillari boshida mashhur fransuz fizigi, Fransiya Fanlar Akademiyasi a`zosi Rene Blondlo N-nurlar nomli yangi kashfiyot qilganligini ma`lum qiladi (rentgen nurlari bo’lgan X-nurlarga o’xshab N-nurlar deb nomlangan, Blondlo ishlagan Nansi shahrining nomidan N-nurlar deyilgan), uning fikricha n-nurlarni materiyaning barcha shakl va turlari ajratadi faqatgina yashil daraxtlar va ba`zi metallar bundan mustasno. N-nurlar papirus qog`ozi platina plitasidan o’ta oladi, lekin kalka va tosh bu nurlar uchun o’tib bo’lmas to’siq. Blondlo aynan shu kashfiyotdan keyin mashhur bo’lib ketdi. 1903-1906 yillar oralig`ida 120 ga yaqin frantsuz olimlari N-nurlar fenomenini izohlovchi, analiz qiluvchi 300 dan ortiq ilmiy maqolalar yozdilar. Blondloning o’zi 26 ta maqola va kitob nashr ettirdi. Biroq Blondlo o’z eksperimentini chet ellik olimlar oldida o’tkazishga qiynalardi, tadqiqotlar nimqorong`ulikda o’tkazilar bu esa bevosita olimning xatti-harakatlarini diqqat bilan kuzatish imkoniyatini bermasdi. 1904 yilga kelib blondloni tanqid qiluvchi, uni g`irromlikda ayblovchi ilk maqolalar paydo bo’la boshladi – bunga Blondlo tadqiqotlarini uning o’zining laboratoriyasidan boshqa joyda o’tkazib bo’lmasligi sabab bo’lgan. Eng qizig`i BuYuk Britaniya va Irlandiyalik bir guruh olimlar 1920 yilda ham N-nurlarni bor deb hisoblardilar. Blondloning ishiga bu narsa ta`sir qilmadi u yana elektrotexnikaga qaytdi va bir qancha yaxshi ishlarni chop etdi. Psixologiya sohasidagibundayishlarichidaeng mashhuriserSiril Bert nomibilanbog`liq.U ko’zgako’ringaninglizpsixologi, Georg VI tomonidanritserlikunvoniberilgan.SirilBerintellektkoeffitsientigenetikyo’lbilano’tishihaqidagig`oyasiniisbotlashuchunmonozigotaegizaklardatadqiqotolibborgan. Uningo’limidanso’ngboshqabir guruholimlarninganiqlashicha Bert tadqiqotlaridanolingannatijalarkorellyatsiyasiboshqaegizaklar guruhi tadqiqetilayotganbo’lsadaavvalgisiningnatijalaridekligichaqolavergan. Bundaytasodifshubhaliko’rindi.Londonning Sunday Times gazetasidaSirelBertninatijalarnisoxtalashtirishdaayblovchimaqolachiqqandanso’ngbunarsaolimlaro’rtasidahozirgikundaham davometibkelayotgan muhokamalargaolibkeldi.Birtomonda – Bert olgannatijalarnoto’g`ri deb qabulqilinishinitalabqilayotganolimlar guruhi bo’lsa (McAskie 1978), ikkinchitomondanolimnig`irromlikdaayblashnoto’g`ri,bushunchakie`tiborsizliknatijasidayo’lqo’yilganxato deb olimlar guruhi hisoblashdi (Jensen 1978). Download 37.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling