Ilm-fanning tarkibiy elementlari
Download 1.5 Mb.
|
Ilm-fanning tarkibiy elementlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Ilm-fanning tarkibiy elementlari REJA:
Ilm-fan deyilganda, asosan ma’lum bilim turlari tushuniladi, shuningdek maxsus vazifasi bilim olish, to‘plash, tekshirish va ularni haqqoniyligini mantiqiy hamda tajribaviy usullar bilan isbotlash kabi inson va jamiyat faoliyati, “fan”ga ta’rif sifatida qabul qilinishi mumkin. Fan – hodisalarning ob’ektiv qonuniyatlarini o‘rganadi, shu tufayli fan hodisalarni oldindan ko‘ra oladigan, bashoratchilik funksiyasiga ega. Fan, jamiyatning yuqori, taraqqiyotini belgilasa, bunga aloqador millat esa zamonaviy sivilizatsiyani belgilab beradi. Shunga qaramasdan ilm-fani umuman yo‘q xalqlar ham mavjud – Avstraliya aborigenlari, Janubiy Amerikadagi ba’zi hindu qabilalari. Ushbu fikr nisbatan olingan, sababi yuqorida ko‘rsatilgan xalqlar ilmiy bilish metodlari, xususan kuzatish, o‘lchov, tajriba va shu kabi metodlardan primitiv holda bo‘lsa ham foydalanishgan. Ilm – kishining o‘qish, o‘rganish va hayotiy tajriba natijasida orttirgan bilishi. Ilm – ob’ektiv hodisa qonunlarini o‘rganadi va oldindan ko‘ra oladi. Insonlarning tabiat va jamiyat hodisalari haqida hosil qilgan ma’lumotlari, ya’ni voqelikni inson tafakkurida aks etishi – bilimdir. Fanlar kategoriyalari – nazariyaning eng umumiy va muhim tushunchalari bo‘lib, u nazariya ob’ektining va predmetining xususiyatlarini harakterlaydi. Shuni ta’kidlash kerakki, nazariya miqdor va sifat jihatidan o‘zgarib tursa ham, u ilmiy bilimlarning eng muvozanatli shakllaridan biridir. Ma’lumki, yangi-yangi faktlarning to‘planishi nazariyani, uning prinsiplarini o‘zgarishga olib keladi, yangi prinsiplarga o‘tish esa o‘z mohiyati bo‘yicha yangi nazariyaga o‘tish demakdir. Umumiy nazariyalardagi o‘zgarishlar nazariy bilimlar tizimida sifatiy o‘zgarishlarga olib keladi, natijada ilmiy inqilob ro‘y beradi. Ilm-fandagi mashhur ilmiy inqiloblar N.Kopernik, I.Nyuton, A.Eynshteyn kabi buyuk olimlarning ismlari bilan bog‘liq. Fan tizimi umuman quyidagi katta guruhlarga bo‘linadi: tabiiy fanlar, gumanitar fanlari, texnika fanlar va ijtimoiy fanlar. Bu guruhlarning har qaysisidan juda ko‘p mustaqil fan sohalari ajraladi. Mustaqil fanlar bir-biriga bog‘liq sohalarda ilmiy izlanishning yirik va istiqbolli muammolarini yechishga to‘g‘ri keladi, bu hol hozirgi paytda fanlararo va kompleks tadqiqotlarni keng avj oldirishni taqozo etadi. Tabiatni muhofaza qilish muammosi bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Bu muammo texnika fanlari, Yer to‘g‘risidagi fanlar, biologiya, tibbiyot, iqtisodiyot va boshqalar bilan qo‘shilib ketgan. Bu xildagi ilmiy va ilmiy-texnik muammolarni hal qilish uchun hozirgi fanlarda tadqiqotlarni dasturiy – maqsadli tashkil etish metodi keng qo‘llaniladi. Ilmiy tadqiqotlar 2 ga: fundamental va amaliy tadqiqotlarga ajratish qabul qilingan. Tabiat, jamiyat, tafakkurga xos qonunlarni bilib olish fundamental tadqiqotlarning, bu tadqiqotlar natijalarini bilim orttirish va ijtimoiy-amaliy muammolarni hal qilish uchun qo‘llash amaliy tadqiqotlarning vazifasidir. Fundamental tadqiqotlar, odatda, amaliy tadqiqotlardan oldinda boradi va ular uchun nazariy asos yaratadi. Fundamental va amaliy tadqiqotlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash, ilmiy yutuqlar natijalarini amaliyotga tezroq joriy etish – hozirgi davr fani uchun muhim vazifalardan biridir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling