Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
Sana08.11.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1756264


Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020-yilga “Ilm-ma’rifat va raqamli 
iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb nom berishni taklif qildi. Davlat rahbari bu 
haqda 24-yanvar kuni Oliy Majlisga Murojaatnomasi vaqtida aytib o‘tdi. 
Shavkat 
Mirziyoyevning 
ta’kidlashicha, 
O‘zbekiston 
raqamli 
texnologiyalar sohasida juda orqada qolgan. 
“Aksariyat vazirlik va idoralar rahbarlari axborot texnologiyalaridan juda 
yiroqda — buni rost-ro‘y aytish kerak. Lekin bunday rahbarlarga — u hokim 
bo‘ladimi, vazir bo‘ladimi — ertangi kunda o‘rin yo‘q. Shuni hamma bilishi 
kerak. Qanchalik qiyin bo‘lmasin, bu ishga bugun kirishmasak, keyin kech 
bo‘ladi”, — dedi Prezident. Davlat rahbarining alohida ta’kidlashicha, raqamli 
iqtisodiyotga faol o‘tish kelgusi besh yilda eng ustuvor vazifalardan biri 
bo‘ladi. 
“Raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi
balki ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi. Qolaversa, bu korrupsiyaga qarshi 
samarali vositadir. Bu barchamiz teran anglab olishimiz darkor. Davlat 
boshqaruvi va ijtimoiy sohada ham raqamli texnologiyalarni keng joriy etib
natijadorlikni oshirish, bir so‘z bilan aytganda odamlar turmushini yaxshilash 
mumkin”, — dedi Shavkat Mirziyoyev. 
Shu munosabat bilan, Prezident O‘zbekistonda “ilm-fan yanada ravnaq 
topishi, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish borasida boshlagan 
ishlarimizni davom ettirish maqsadida” 2020-yilga “Ilm-ma’rifat va raqamli 
iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb nom berishni taklif qildi. Taklif tadbirga 
yig‘ilganlar tomonidan gulduros qarsaklar bilan qo‘llab-quvvatlandi. Prezident 
buning uchun minnatdorlik bildirdi. 







Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling