Ilm maskani – katta hayot maktabi !
Yusuf Xos Hojibning bilim egallashning zarurligi haqidagi ushbu misralari
Download 251.62 Kb.
|
Ilm maskani-katta hayot maktabi!
Yusuf Xos Hojibning bilim egallashning zarurligi haqidagi ushbu misralari:Inson kamolotida ilm egallash ulkan fazilatlardan biri hisoblanadi. Yusuf Xos Hojib o‘z ijodida bilimni yuksak baholaydi. Shoir bilimni boylik, kishan, kiyim, yemish kabi narsa, hodisalarga qiyoslaydi. Darhaqiqat, bilim – boylik. Chunki uni qancha sarflasak, shuncha ko‘payib, sayqallanib boradi. Qancha ko‘p bilganimiz sari, shuncha kam bilishimizni his etib, bilim ummonidan bahramand bo‘lishni istaymiz va natijada, o‘rganishga intilamiz. Bilim – kishan, yaʼni to‘g‘ri bilim olgan kishi zalolatga olib borishi mumkin bo‘lgan narsalardan nafsini tiyadi. Bilim ozuqadir. Аql va qalb u bilan oziqlanadi. Bilim muvaffaqqiyat. Bilimsizlik esa mag‘lubiyatdir. Bilim jasoratdir. Bilimli kishi muammolarni jasorat bilan yengadi. Bilim durbinga o‘xshaydi. Chigal masalalarni u hal etadi. To‘siq g‘ovlar ustidan uning yordamida oshib o‘tamiz. Bilim nurdir. Yo‘limizni u bilan yoritamiz. Bilimsizlik esa barcha yomonliklarning manbaidir. Bilimsiz inson o‘ziga eng katta yomonlikni qilgan bo‘ladi. Johil kishining tik tura olmaydigan qopdan farqi yo‘q. Yusuf Xos Hojibning bilim egallashning zarurligi haqidagi ushbu misralari: Saʼdiy bilimsizlikni urush dovuliga o‘xshatadi. Ovozi baland ichi esa bo‘sh. Go‘zal tushunchalar, bilim javharlari bilan to‘ldirilmagan zehn sandiq foydasiz va zararli narsalar bilan to‘ladi. Insonning qadri ilm bilan yuksaladi. Ilmli kishi hodisalarga xolis baho beradi, talabchanlik va uddaburonlikni o‘rganadi. Falokatlarning ustidan bilim bilan ustun kelish mumkin. Hoji bektosh valiyning ifodasiga ko‘ra «Bilimsizlik bilan ketilgan yo‘lning oxiri hayrli bo‘lmaydi». G‘alaba qozonish, muvaffaqqiyatga erishish, yuksalishni xohlaganlar ilmni mahkam ushlaydilar. O‘rganish shavqida yonib kuymaganlarga esa «Dunyoni istagan ilm o‘rgansin. Ilm o‘rganish faqat maktabga xos emas. Maktab insonga kalit beradi. U kalit bilan ilm xazinalarini insonning o‘zi ochadi. Nima qilsa o‘zining g‘ayrati bilan amalga oshiradi. Maktabni bitirar bitirmas kitob daftarni bir burchakka uloqtirish katta xatodir. Holbuki, ilm olishning na yoshi, na vaqti, na joyi bor. Har yoshda, har yerda, hamma vaqt o‘rganiladi, ilm eng katta sarmoyadir, inson har yoshda, har yerda va har vaqt sarmoyasini ko‘paytirishni istaydi. Har bir inson borki, maktab ostonasiga qadam qo‘yar ekan, o‘zining eng beg‘ubor, eng samimiy, eng go‘zal davrlarini yodga oladi. Biz pedagoglarning asosiy vazifamiz - kelajakni yaratuvchi bilimli, vatanimiz ishonadigan, diyorimiz shaʼnini ulug‘laydigan farzandlarimizg bilim berish va tarbiyalashdir. Download 251.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling