Ilm maskani – katta hayot maktabi !


Download 251.62 Kb.
bet4/5
Sana27.01.2023
Hajmi251.62 Kb.
#1130310
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ilm maskani-katta hayot maktabi!

SAVOL SO'RASH


Savol ilmning kalitidir. Aytadilarki: «Savol so‘rash ilmi hayotimizda uchraydigan bir yo‘ldir. Savol kitobni, mavzuni yoki darsni yaxshi anglab yetishni ta'-minlaydi. Savol ilmimizni oshiradi. Chunki, so‘rab javobini izlaymiz. Savol so‘rash o‘zimiz sezmagan holda bizni bilim egasiga aylantiradi».
Abu Yusufdan: «Bu bilimni qaerdan qo‘lga kiritding?», - deb so‘rashganida, «Kichik-katta, deb ajratmasdan, bilmaganimni so‘rash bilan», - deb javob bergan edilar.
Savol beraman, deb aqlga kelgan bo‘lar-bo‘lmas narsalar so‘ralmasligini unutmaslik lozim. Savol insonning saviyasini ham ko‘rsatadi. Mantiqli va qiziqarli savollar berish kerak.

NIMALARNI O'QISH LOZIM


O‘qish kabi o‘qiydigan narsalarimizni ham aniq belgilab olishimiz ham juda muhim. O‘qiydigan kitoblarimiz bizga qanday foyda keltiradi? Bilimimizga yangi bilimlar qo‘sha oladimi? Hatti harakatlarimizning yaxshilikka yo‘nalishiga yordam berib, ichimizga huzur-halovat, ishimizga zavq-shavq bag‘ishlay oladimi?
Frans Kafkaga ko‘ra, kitob insonda kuchli ruhiy ta'sir o‘yg‘otishi lozim. U: «O‘qiydigan kitobimiz bir mushtdek bizni sergak torttirmasa nima ishga yaraydi?», - Deya haqiqiy kitobning o‘ziga xos xususiyatini ko‘rsatadi. Agar biz biror kitobni o‘qiganimizdan so‘ng, «Yaxshiki bu kitobni o‘qidim, aks holda juda ko‘p narsa yo‘qotardim», - degan fikr uyg‘otgan kitob, haqiqatan foydali, degan nomga loyiq bo‘ladi.
Aleksandr Pop bunday deydi: «O‘qigan asaringiz sizni fikran yuksaltirib, qalbingizga ezgulik va mardlik tuyg‘ularini o‘yg‘otsa, u holda bu kitob haqida bir fikr bildirish uchun shu tuyg‘ularning o‘zi yetarlidir. Umid bilan ochilib, foyda bilan yopilgan kitob yaxshi kitobdir».

NIMALARNI O'QISH LOZIM


Kitoblar insonlardan ayrilmaydigan buloqlardir. Aqllarini kitob bilan jilolamagan, ruhlarini u bilan oziqlantirmagan insonlar siqilish, zerikishdan qutula olmaydilar. Seneka: «Kitobsiz yashash, ko‘r, kar, soqov kabi hayot kechirishdir», - degan.
«Yaxshi kitobdan bahramand bo‘lmagan inson o‘qimishli bo‘lishi bilan johil qolishi orasida hech qanday farq yo‘qdir», degan Mark Tven yaxshi kitobning ahamiyatini ta'kidlab o‘tadi. Vaqtni bekorga ketkazgani uchun foydasiz kitobning eng ozi ham zararli.
Har bir narsaning foydalisini, yaxshisini tanlaganimiz singari, kitoblarning ham eng yaxshisi va foydalisini tanlaylik. Chunki ular hayotimizda asosiy yo‘nalishni belgilab beradi.
Dunyoqarashimiz ular orqali shakllanadi. Agar yaxshisini tanlay olsak, kitob eng yaqin do‘st va birodarimizga aylanadi. Dunyoimiz ular bilan oydinlashadi.
Bu vafodor do‘stlar bilan doimo birga bo‘lishga intilaylik va Konfutsiy kabi: «Rabbim! Menga kitob to‘la bir uy bergin!», deb duo qilaylik. Unutmangki, kitobdan boshqa xazina yo‘qdir.

Download 251.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling