Ilm va zakovat tushunchasi
Download 23.48 Kb.
|
Ilm va zakovat tushunchasi
ILM VA ZAKOVAT TUSHUNCHASI Inson doim ilm izlaydi. Ilmdan murod. Murodga yetkazuvchi vosita esa kitobdir. Kitoblar turli xil. U insonga nafaqat murod, balki yaxshilikka yetaklaydi. Demak, biz bir-birimizga yaxshilik qilib yashaymizmi? Unda kitob ulashish ham yaxshilikdir. Har bir kitobning o‘zini tushunish tili bo‘ladi. Til – insonlar orasidagi eng muhim aloqa vositasi, ularni bir-birlari bilan doimo fikr almashishga xizmat qilsa yoki kishilarning ichki olamini ifoda etadigan ilohiy ne’mat bo‘lsa ilm ham o‘zligimizni, qay darajadagi insonligimizni, qanday xulq-atvorlarga ega ekanligimizni oyna kabi ko‘rsatib beradigan fazilatdir. Ilm zehnimizni, fikrimizni, qilich kabi o‘tkir qiladi, u insonning muqaddas orzu-istaklarini amalga oshirishga yetaklaydi. Ilm olish har bir inson uchun ham qarz, ham farz. Uning erta-kechi yo‘q. Ilm olishdan, o‘rganishdan hech qachon to‘xtamaslik lozim. Xalqimizda “Beshikdan qabrgacha ilm izla”,- degan naql ham bejiz aytilmagan. Bunga amal qilgan inson hayotda o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga albatta erishadi. Ilmsiz inson mevasiz daraxtga o‘xshaydi. Bu gapning ma’nosini yaxshi uqib olishimiz kerak. Ilm bizni ma’rifatga, ma’naviyatga chorlaydi. Yomonlikdan qaytaradi, odobli bo‘lishga chaqiradi. Ilm insonga do‘st, yolg‘izlikda hamroh, do‘stlar orasida zebu ziynat, dushmanga qarshi kurashda qurol, qayg‘uli kunlarda ko‘makchi, jannat yo‘lini ochuvchidir. Hozirgi paytda ilm olish uchun barcha imkoniyatga egamiz. Xohlagan badiiy asarni, qiziqqan kitobingizni topish mushkul emas. Kutubxonalar yangi kitoblar bilan boyitilmoqda. Yurtimizda kitobxonlikni rivojlantirishga kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu haqda maxsus qarorlar qabul qilinmoqda. Darhaqiqat, badiiy asar o‘qigan odam dunyoni, tarixni yaxshi biladi, kelajakka ishonchi ortadi. Til madaniyati yuksaladi, muomala munosabati shakllanadi. Zakovatli, ma’naviyatli, bexato yozadigan, yozma nutqiga havas qiladigan darajaga yetadi. Ularning suhbatidan zavqlanasiz. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev 2017 yilning 4 avgustida ijodkorlar bilan uchrashuv chog‘ida badiiy asar masalasiga alohida to‘xtalib o‘tgan edilar. Ya’ni, bu bilan ”Alpomish”, “Xamsa”, “Boburnoma”, “O‘tgan kunlar”, “Mehrobdan chayon”, “Ufq” kabi asarlar har bir xonadonda bo‘lishi kerak, degan fikrni anglash mumkin. Eng avvalo bu kitoblarni olishga bolalarga istak bo‘lsa, uni so‘ndirmasdan ota-onalar har oyda yoki bir necha oyda bir marotaba bittadan olishni harakat qilishlari zarur. Hozirgi yoshlarimiz she’riyatga juda qiziqishadi. Shuni nazarda tutgan holda ularning qiziqishlarini yanada kuchaytirish uchun ustozlar ota-onalar bilan kelishilgan holda bolalarga she’r yodlatish masalasiga kelishib olishlari zarur. Masalan, kuniga 4-8 qator she’r yodlash va yodlagan she’rlarini daftarga qayd qilib borishni ularga odatlantirish va sekin-asta o‘rgatib borish bilan ularning ongida yaxshilik va yomonlikni ajrata bilishiga erishishimiz mumkin. Shuningdek, o‘quv muassasalarida har oyda yoki chorakda, yoki adiblarning tug‘ilgan kuni munosabati bilan tadbirlar tashkil etish va shu adibning asarlari asosida “Eng yaxshi kitobxon o‘quvchi” tanlovini tashkil etish an’anasini tashkil etib, yoshlarni kitobxonlikka qiziqtirish, kuchaytirish mumkin. Xulosa qilib aytganda, pedagog va ota-onalarga murojaatimiz, agar o‘quvchingiz va zurriyodingiz komil inson bo‘lib yetishishini xohlasangiz ularni badiiy kitob o‘qishga odatlantiring, muntazam ravishda kitob olib bering, kutubxonalarga (axborot-resurs markazlariga) a’zo qildiring. Ana shunda ustozlar o‘z jamoalarida kitobsevar bilimdonlarni yetishishiga, ota-onalar esa oilasining yorug‘ kelajagiga zamin yaratgan bo‘ladilar. Download 23.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling