Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н
Download 414.8 Kb.
|
Извлеченные страницы из Gistologiya Zufarov K. 2005
Bosh hujayralar kubsimon'"bulib; "tcitoplazmasida bir tekis tarqalgan kam sonli mitoxondriyalar, tcisternalar, vakuolalar va vezikulalardan iborat plastinkasimon kompleks, endoplaz-matik to’rning mayda profillari, erkin ribosomalar va poli-somalar uchraydi. YON yuza membranasida ko’p sonli kalta o’sim-talar bo’ladi. :
Oraliq (qoramtir) hujayralar oqish hujayralardan ul’t-rastruktur tuzilmalarning ko’pligi bilan farqlanadi. Oralik hujayralarda elektron zich gialoplazma kuzatilib, mitoxon-driyalarning soni anchagina mo’ldir. Mitoxondriyalarning ko’p son-li kristalari zich joylashadi. Oraliq hujayralarda mitoxon-driyalar tcitoplazma bo’ylab deyarli tekis tarqalgan bo’lib, ba’zan hujayra apikal qismnda ko’proq uchraydi. Muntazam ravishda tcitoplazmasida silliq devorli vezikula hosil bo’li-shi, ularning apikal qismga siljishi oraliq hujayralarga xarakterlidir. Apikal yuza ko’p sonli, noto’g’ri shaklli mikro vorsinkalar hosil qilishi mumkin. Bunday holat bosh hujay-ralarda kuzatilmaydi. Bulardan tashqari, bir qator oraliq hujayralarda hujayra ichki kanalchasi borligi aniqlangan. Silliq devorli vezikulalar shakllanish davrida bu kanalcha aniqlashib, ko’payishi kuzatiladi. Bu hujayralar tuzilishi va faoliyati jihatidan me’da bezlarining parietal hujayra-sini eslatadi. rasm. Buyrax taiachasi va yukstaglomerulyar apparat^tuzilishi (sxema). 1 - afferent arteriola; 2 -efferent arteriola; 3 - tomirli koptokcha kapillyarlarn; 4 -sh vndoteliy hujayrasi; 5 - kapsula ichki varag’ining kapsulasi; 6 - bazal meibrana; 7 - me-vengial hujayra; 8 - kapsula bo’shlig’i; 9 - kapsulaning tashqi varag’i; 10 -* nefron distal nayi; II - zich dog’; 12 - yukstaglomerulyar hujayralar (endokrinotcitlar); 13 - yukstavas-kulyar hujayralar; 14 -buyrak stromzsi (YU. I. Afanas’evdan, 1983). Har xil tajribalarda bu ikki a’zo hujayralari bir xil ravishda o’zgaradi. Bu -ular xususiyatlarining bir xilligini hamda N+ ionining sekretciyasida ishtirok eti-shini ko’rsatadi. Siydikning atcidifikatciya qilinishi (kislota-li sharoitga ega bo’lishi) yig’uv naylarining oraliq hujayralari faoliyati bilan bog’liqdir. Buyrakning endokrin funktciyasi. Buyrakning endokrin funk-tciyasini bajaruvchi hujayralarida asosan ikkita modda - re-nin va prostoglandin hosil bo’ladi. Renin buyrakning yukstaglomerulyar apparatida (YUGA) da. hosil bo’lib, u organizmda angiotenzin hosil bo’lishini ta’min-laydi. YUGA eritropoetin hosil bo’lishida ham muhim o’rin tutadi. (YUkstaglomerulyar apparat quyidagi 4 xil element: 1) buyrak tanachalariga kiruvchi va undan chiquvchi arteriolala-ri devorida joylashgan maxsus yukstaglomerulyar (YUG) hujay-ralar; 2) distal nayning shu arteriyalar orasida joylashgan qismida mavjud bo’lgan «zich dog’» (macula densa); 3) distal nay hamda arteriolalar orasidagi uchburchaksimon maydonda joy-lashgan yukstavaskulyar (Gurmagtig) hujayralar va 4) buyrak tanachalari kapillyarlariaro hujayralar - mezangiumlardan tashkil topgandir (237-rasm). Afferent va efferent arteriolalar devorida joylashuvchi yukstagomerulyar hujayralar arteriolalar endoteliysi bazal membranasining ostida, donador mioepitelioid hujayralar ko’rinishida bo’ladi. Bu hujayralarning soni faqatgina YUGA funktcional holatiga bog’liq bo’lib qolmasdan, balki hayvon- larning turiga ham bog’liqdir. Mioepitelioid hujayralar oval shaklida bo’lib, yumaloq yadro va tcitoplazmani to’ldirib turuv-chi ko’p sonli organellalarga ega. Bu hujayrada donador endo-plazmatik to’r - eng rivojlangan organelladir. Ular yadro atrofida joylashgan bo’ladi. Mioepitelioid hujayraning eng spetcifik strukturalari bo’lib renin saqlovchi sekretor donalar hisoblanadi (238-rasm). Etilgan sekretor donalar elektron zich bo’lib, elementar qobiqqa o’ralgan. Mioepitelioid hujay-ralarda renin ishlab chiqariladi va qon tarkibiga qo’shiladi. Reninning anchagina qismi olib keluvchi arteriolaning atrof to’qimasiga - interstitciyga ham o’tib, limfaga quyiladi. Re-nin moddasining ta’siri natijasida qon bosimi ortadi. Bun-day ta’sir asosida qondagi angiotenzinogen moddasining renin ta’sirida angiotenzin I ga aylanishi va nihoyat u moddaning qon bilan o’pka orqali o’tishi natijasida tomirlarga kuchli ta’sir etish xususiyatiga ega bo’lgan angiotenzin I ga aylanishi yotadi. Renin - angiotenzin sistemasi tana qon tomirlarigagina emas, balki buyrak qon tomirlariga ham ta’sir qilib, buyrak-da fil’tratciya jarayonini va qon aylanish tezligini o’zgartira-Di. Renin va angiotenzin buyrak usti bezining gormoni - al’-desteron sintezi va sekretciyaga ta’sir etadi. Distal naylardagi siydik tarkibidagi natriy kontcentratciyasining kamayishi o’z 238-r.asm. Olib keluvchi arteriyaning elektrom mikrofotografiyasi. xYU. 000. I I- endoteliy xujayrasi; 2 - mioepitelioid hujayra; a - sekretor donachchlar; 3 - bazal membrana; 4 - podotcit hujayra. ' - navbatyda endoteliy hujayralari orqali seziladi-da, YUGA ning ish faoliyatini kuchaytiradi. YUGAning barcha elementlari nerv oxirlari bilan hamkor-likda buyrak faoliyatining mukammal bo’lishini ta’minlab tu-radi. YUkstaglomerulyar kompleksning «zich dog’» hujayralaridan iborat tarkibiy qismiga nefron distal nayining buyrak tanacha-si arteriolalari orasida Gurmagtig hujayralariga qaragan yuzasida yotuvchi qism kiradi. Nefron distal nayi devoridagi hu-jayralarning ul’trastrukturasi solishtirilganda «zich dog’» hujayralarining o’ziga xos tomonlari yaqqol namoyon bo’ladi. Bunda macula densa hujayralari bo’ychan tcilindrsimon bo’lib, tcitoplazmasining matriksi zich, yadrolari hujayraning o’rtasi-da yotadi, Gol’ji kompleksining inversiyasi kuzatiladi. Distal nayning odatdagi hujayralarida bu organella hujayralarning apikal qismida yotsa, «zich dog’» hujayralarida yadro ostida hujayra bazal qismida joylashadi. «Zich dog’» hujayralarining yana bir muhim farqlaridan biri - hujayraning tubida bazal plazmolemmaning ko’p sonli burmalarining yo’qligidir. Macula densa ning bazal membranasi nihoyatda yupqadir, shuning uchun boshqa hujayralar bilan uning kontakti ancha engil bo’lsa ke-rak. Ko’pnncha, Gurmagtig hujaGfalari orasida yotuvchi bazal tcitoplazmatik o’simtalar ham uchrab turadi. Bazal membrana bu o’simtalarni o’rab turadi. SHunday qilib, «zich dog’» hujayralari distal nayning odat-dagi hujayralaridan o’ziga xos bir qator muhim tomonlari bilan ajralib turadi. Download 414.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling