Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н


Download 414.8 Kb.
bet5/8
Sana08.11.2023
Hajmi414.8 Kb.
#1755142
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Извлеченные страницы из Gistologiya Zufarov K. 2005

Buyrak arteriyasi qorin aortasidan ajraladi. U buyrak darvozasidan kirib, mayda arteriyalar- bo’laklararo arteriya-larga (arteria inferlcbularis) tarqaladi. Buyraklararo arte-riyalar piramidalar orasidan o’tib borib, po’stloq va mag’iz modda chegarasida bo’linib, vy arteriyani (a. arcuata) tashkil qiladi. YOY arteriya buyrak yuzasiga parallel yotadi va po’stloq hamda miya moddalariga mayda tarmoqchalar beradi. Bu arteriya-lar po’stloq moddada bo’lakchalararo arteriya (a.
interlobularis) ho-sil qilsa, mag’iz qismida to’g’ri arteriya (a. recta) nomi bilan yuritiladi. Interlobulyar arteriyalardan buyrak tanachalariga qon olib keluvchi tomirlar (vas afferens) boshlanadi. Har bir qon olib keluvchi arteriya o’zaro anastomoz hosil qiluvchi kapil-lyarlarga bo’linib so’ngra, ular qon olib ketuvchi tomirni (vas efferens) tashkil etadi (232-rasmga q.). Bu arteriolaning dia-metri olib keluvchi arteriolaning diametridan ikki marta ki-chiqroqdir. SHunday qilib, qon kapillyarlar tugunchasi (buyrak koptokchasi) sistemasida ikkita xususiylikni ko’rish mumkin: 1) tuguncha kapillyarlari yig’ilib, venulani hosil qilmaydi. balki arteriolani hosil qiladi, ya’ni kapillyarlar ikki arte- riolalar orasida joylashadi. Kapillyarlarning bunday o’ziga xos joylashishiga ajoyib to’r deyiladi (rete mirabile) 2) olib chiquvchi arteriolaning diametri kichik bo’ladi. Bu holat tugun kapillyarlarida qon bosimni oshishga olib keladi va intensiv fil’tratciya bo’lishini ta’minlaydi.
Olib ketuvchi arteriola yana ikkinchi marta kapillyarlarga tarmoqlanadi va po’stloq hamda miya zonasida buyrak kanalcha-larini o’rab oziqlantiradi. So’ngra kapillyarlar qo’shilib, yul-duzsimon venoz sinuslarni hosil qiladi. Bu sinuslardan bo’lak-chalararo venalar boshlanadi. Ular birikib yoy venalarini ho-sil qiladi. Bulardan boshlangan bo’laklararo venalar buyrak venasiga quyiladi.
YOY arteriyasidan mag’iz qismiga borgan to’g’ri arteriyalar kapillyarlarga bo’linib, mag’iz qism va so’rg’ichda joylashgan kanallarni o’raydi. SHu erda kapillyarlar venulalarga aylana-di va to’g’ri venalarni hosil qiladi. Bular esa yoy venalariga borib quyiladi.

Download 414.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling