Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н


Download 414.8 Kb.
bet7/8
Sana08.11.2023
Hajmi414.8 Kb.
#1755142
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Извлеченные страницы из Gistologiya Zufarov K. 2005

SIYDIK CHIQARUV YO’LLARI
Siydik chiqaruv yo’llari buyraklarda uzluksiz hosil bo’lib^ turadigan siydikni tashqi muhitga chiqarib turadi. Siydik chi-qaruv yo’llariga buyrak kosachalari va jomchalari, siydik nayi, siydik pufagi (qovuq) va tashqi siydik chiqaruv yo’li kiradi.
Buyrak kosachalari va jomchalari, siydik nayi va qovuqning umumiy tuzilishi o’xshash bo’lib, ularda 4 pardani farq qilnsh. mumkin: shilliq, shilliq osti, mushak va adventitciya. Buyrak kosachalarida bir qavatli epiteliy asta-sekin ko’p qavatli: o’zgaruvchan epiteliyga almashadi. Buyrak jomlarini siydik nayining buyrak ichida joylashgan qismi deb qarash mumkin. U ham boshqa siydik yo’llari kabi ko’p qavatli o’zgaruvchan epite-liy bilan qoplangan. Epiteliy ostida siyrak tolali birikti-ruvchi to’qimadan iborat shilliq pardaning xususiy qavati yotib, u shilliq osti pardada davom etadi. SHuni qayd qilish kerakki, "siydik chiqaruv yo’llarining hamma qismlarida shilliq parda-ning mushak plastinkasi bo’lmagani uchun shilliq pardaning xu-susiy qavati va shilliq osti pardasi orasida aniq
chegara yo’q. Mushak parda jomlarda 2 qavat: ichki - bo’ylama, tashqi - aylana bo’lib joylashgan silliq mushak hujayralaridan iborat... Buyrak so’rg’ichlari sohasida faqat aylana joylashgan mushak. tutamlari bo’lib, ularning qisqarishi siydikni piramidadan-ajralib chiqishiga yordam beradi.
SIIDIK NAYLARI
Siydik naylarida shilliq, shilliq osti, mushak va adventi-tciya pardalari aniq ajraladi (239-rasm). SHilliq pardada o’z-garuvchan epiteliy bilan qoplangan bo’lib, unda bo’ylama joy-lashgan burmalar bo’ladi. Burmalar siydik nayi kengaygan-vaqtda tekislanadi. Siydik nayining pastki qismida, siyrak, biriktiruvchi to’qimadan iborat shilliq osti pardasida prostata beziga o’xshash tarmoqlangan bezchalar bo’ladi. Siydik nayishshg mushak parda.si yuqorida ikki, pastki qismida esa uchta qatlam joylashgan silliq mushak tolalaridan iborat. Mushak tutamla-ri ichki va tashqi qatlami bo’ylama, o’rtada esa aylanma yo’na-lishga ega. Siydik nayining siydik pufagi devorida joylashgan qismida mushak parda faqat bo’ylama mushaklardan iborat. Bu mushaklarning qisqarishi qovuq mushaklarining holatidan qat’-iy nazar, siydik nayining teshigini ochib, siydikning pufakka o’tishini ta’minlaydi. Siydik nayining adventitciya pardasi; atrofdagi to’qimalar bilan qo’shilib ketadi.
QOVUQ
Qovuqning shilliq pardasi o’zgaruvchan epiteliy va siyrak-tolali shakllanmagan biriktiruvchi to’qimali xususiy qatlam-dan iborat (240-rasm). Biriktiruvchi to’qimali qatlam qon va







239- rasm. 32-29 Siydik nayining ko’ndalang kesimi. x26.
1 - nay bo’shlig’i; 2 - o’zgaruvchan epiteliy; 3 - biriktiruvchi to’qima; 4 - sslliq mushak hu-jayralari; 5 - qon tomir va sg’to’qima tutgan snyrak biriktiruvchi to’qima.
32-30. 32-29 dagi kvadratiing kattalashtirilgan ko’rinishi. Siydik nayining elektron mikrofotogrammasi. x1860.
I - bo’shliq; 2 - o’zgaruvchan epiteliy hujayralarining yadrosi; 3 - biriktiruvchi to’qima: 4 - kapillyar bo’shlig’i; 5 - kollagen tolalar tutami. 6-fibroblastlar; 7 - si-gliq mushak
hujayralarining yadrolari; 3 -mushak parda kapillyarining bo’shlig’i; 9 -mielinsiz nervlar; 10 - arteriolalar; 11 - venulalar; 12 - semiz hujayra (Rodindash.
limfa tomirlariga boy. Mayda qon tomirlar epiteliyga juda yaqin yotadi. Qovuq shilliq pardasi siydik
yo’q vaqtda burmalar hosil qilib, bu burmalar qovuq siydikka to’lganda tekislanadi. Qovuqning uchburchak sohasining shilliq pardasida burmalar bo’lmaydi. Bu sohada shilliq osti pardasi yo’q bo’lib shilliq pardaning xususiy qavati mushak parda bilan birlashib ketadi. Bu sohada siydik nayining pastki qismidagi bezlarga o’xshash bezlar joylashgan. Qovuqning boshqa qismlarida shilliq parda

240-rasm. Qovuqning yuqori qismch. Gematoksilin-eezin bilan bo’yalgan.
06. 3, 5, ok, 10.
1 - shilliq parda; 2 - o’zgaruvchan epiteliy; 3 - xususiy qatlam; 4 - shilliq osti pardasi; 5- mushakparda; a - ichki buylama qasat; b - o’rta ko’ndalang va tashqi bo’ylama mushaklar.
ostida siyrak biriktiruvchi to’qimadan iborat shilliq osti parda joylashadi.
Qovuq mushak pardasi ichki, tashqi qatlami bo’ylama va o’r-ta-aylanma yo’nalgan mushak hujayralaridan iborat. Qovuqning tashqi siydik chiqaruv yo’liga davom etish qismida (qovuqning bo’yin qismi) aylana joylashgan mushak tutamlari sfinkter hosil qiladi. Mushak tutamlarini o’rab turuvchi biriktiruvchi to’qima qatlamlari qovuqning tashqi adventitciya pardasiga, qo-vuqning tub qismida esa seroz qavatga o’tib ketadi. Qovuqning tub qismi seroz parda bilan o’ralgan.
Qovuq simpatik, parasimpatik va spinal (sezuvchi) nervlar bilan ta’minlangan. Bundan tashqari, qovuqda ko’p miqdorda
nerv tugunchalari va nerv sistemasinnng neyronlari topilgan. Bu neyronlar, ayniqsa, siydik naylarining qovuqqa quyilish erida ko’p bo’ladi. Bundan tashqari, qovuqning seroz, mushak va shilliq pardalarida ko’p miqdorda retceptor nerv oxirlari ham uchraydi.



Download 414.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling