Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н


Download 414.8 Kb.
bet4/8
Sana08.11.2023
Hajmi414.8 Kb.
#1755142
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Извлеченные страницы из Gistologiya Zufarov K. 2005

Gurmagtig (lacis polkissen) hujayralari glomerulyar arterio-lalar va macula densa orasida hosil bo’luvchi konussimon may-donda yotadi. Bu hujayralar mezangial hujayralarga tegib yotadi. SHunday qilib, Gurmagtig hujayralari bir vaqtning o’zida yukstaglomerulyar kompleksning barcha hujayralari bilan kontaktda bo’luvchi, ularni o’zaro birlashtiruvchi yagona kompo-nentdir.
Gurmagtig hujayralari uzunchoq bo’lib, yadrosi yirik va cho’-ziqdir. Kam sonli organellalari tcitoplazmasida tekis tarqal-gan. Hujayralar orasida bazal membrana strukturasiga ega bo’lgan modda qatlamlari yotadi. Bu hujayralarning ul’trast-rukturasini o’rganish ularning topografik, genetik va funktcio-nal jihatdan mezangial hujayralarga yaqinligini ko’rsa-tadi.
Mezangial hujayralar kapillyarlar to’rlar aro joylashgan bo’lib, Gurmagtig hujayralari bilan birgalikda tomirli chi-galni ushlab turuvchi o’zakni hosil qiladi. Bu hujayra yadrosi-ning qobig’ida ko’p sonli invaginatciyalar bo’lganligi sababli, u noto’g’ri shakldadir. Mitoxondriyalarning shakli oval, ular ko’p hollarda yadro ustida yotadi. Gol’ji kompleksi yaxshi rivojlan-gan bo’lib, ko’p sonli tcisternalar, vezikulalar va vakuolalar-dan iboratdir. Donador retikulum tcitoplazma bo’ylab bir tekis tarqalgan. Mezangial hujayralarning o’simtalarida ko’pgina ribosomalar, yakka-yakka mitoxondriyalar va vakuolalar yotadi. Uning’ har xil tanachalarni qon tarkibidan fagotcitoz qilish qobiliyati, buzuvchi agent ta’sirotkga kollagen hosil qilish bilan javob berish kabi xususiyatlari o’rganilgan.
Prostaglandin ishlovchi hujayralar buyrakda bir necha xil bo’lib, ularning ichida interstitcial hujayralar alo-hida o’rin tutadi. Bu hujayralar tanasi cho’zilgan, undan bir necha o’siqlar chiqib, bu o’siqlarning bir qismi nefron qovuzlog’i naychalarini o’rasa, boshqalari qon tomir kapillyarlarini o’ray-di. Interstitcial hujayralarning tcitoplazmasi yaxshi rivoj-langan hujayra organellalarini va lipid (osmiofil) donalarni tutadi. Bu hujayralarda ishlangan prostoglandin antipertenziv ta’sir ko’rsatadi, ya’ni qon bosimni pasaytiradi.
SHunday qilib, buyrakda bir necha xil endokrin hujayralar bo’lib, ular umumiy va buyrakdagi qon bosimni boshqaradi va shu yo’l bilan siydik hosil bo’lishga ta’sir qiladi.
Buyrakda qon aylanishi. Buyrak qon bilan intensiv ta’min-langan organlar qatoriga kiradi. Buning uchun yurakdan bir minut davomida o’tgan qon hajmining choragi buyrak orqadi o’tishini aytish kifoyadir. Bir sutkada bu «chorak» ming litrni tashkil etadi.

Download 414.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling