Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н


Download 414.8 Kb.
bet6/8
Sana08.11.2023
Hajmi414.8 Kb.
#1755142
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Извлеченные страницы из Gistologiya Zufarov K. 2005

YUkstamedullyar nefron tanachalari ma’lum darajada o’ziga xos tuzilishga ega. U barcha buyrak kanalchalarining o’rtacha 15-20% ini tashkil etadi. Bu tanachalarda olib ketuvchi arte-riolalar diametri olib keluvchilarga nisbatan bir oz kattadir. Olib ketuvchi arteriolalar o’zaro anastomoz hosil qiladi va piramidalar orasiga kiradi, so’ngra venoz tomirlariga quyila-di. Bundan tashqari, bu tanachalarda olib keluvchi va olib ke-tuvchi tomirlar orasida anastomozlar mavjud. YUkstamedullyar tanachalar faqatgina fil’tratciya apparati hisoblanmasdan balki drenaj sistemasi sifatida ham xizmat qiladi.
Nefronning gistofiziologiyasi. Hozirgi davrda buyrakda eiydik ajralishi haqidagi keng tarqalgan nazariyalardan biri fil’tratcion-rezorbtcion nazariyadir. Bu nazariyaga muvofiq
buyrak tanachasidagi kapillyarlarda oquvchi qondan tanacha kap-sulasining bo’shlig’iga qon plazmasining barcha tarkibiy qism* lari fil’trlanadi. Bu tarkib mikropipetka yordamida tanacha kapsulasi punktciya qilinib, so’ngra ul’trafil’tratni mikroxi-miyaviy tekshirish o’tkazish orqali aniqlangan. Bunday qon plaz-masining ul’trafil’trati birlamchi siydik deb nomlanadi.
Bir sutkada odamning har bir buyragida 100 litrgacha bir-lamchi siydik hosil bo’ladi. Fil’tratciya jarayonida plazmaning barcha tarkibiy qismlari kapillyarlarning endoteliy va podo-tcit hujayralarining orasida yotuvchi uch qavatli bazal membra-nalardan o’tib, podotcitlarning o’simtalari orasidagi tirqish-simon yoriqlarga tushadi. SHunday qilib, qon va kapsulalarara fil’tratcion bar’er rolini kapillyarlarning endoteliy hujay-ralari, 3 qavatli bazal membrana, kapsula ichki varag’ining pobotcit hujayralari tashkil qiladi. Siydik fil’tratciya bo’li-shida buyrak tanachasidagi qonning yuqori bosimi (70-90 mm simob ustuni) hal qiluvchi omildir. Bu bosim olib keluvchi va olib ketuvchi arteriolalar diametrining turli xilda bo’lishi-dan kelib chiqqandir. Qon bosimi 40-50 mm simob ustunidan pasaysa, buyrak tanachasidagi fil’tratciya to’xtab, birlamchi siydik hosil bo’lmaydi. SHuning uchun bosimlari past bo’lga» buyrak tanachasida (yukstamedulyar zonada) birlamchi siydik hosil bo’lishi po’stloq nefron zonalariga nisbatan sustdir. Bir-lamchi siydik buyrak tanachasining kapsula bo’shlig’idan nefron-ning quyi qismlarigacha oqib o’tadi.
Bu naylarda birlamchi siydik jiddiy o’zgarishlarga uchrab, ikkilamchi siydikka aylanadi. Siydik naylarida qaytadan ko’p miqdorda suv, oqsil, glyukoza, tuz ionlari so’riladi. Suvning ko’p miqdori qayta so’rilgani uchun ikkilamchi siydikning miq-dori 1,5 litrga kelib qoladi. Buning natijasida siydik kon-tcentratciyasi oshadi (masalan, mochevina 70 marta, ammiak 40" marta oshadi). Nefronning proksimal bo’limida suv, oqsil, glyukoza va boshqa moddalarning asosiy qismi (50%) aktiv so’rila boshlanadi (obligat reabsorbtciya). Nefronning ingichka bo’limida suv bilan bir qatorda ba’zi bir tuzlar so’rilsa, distal bo’limda asosan suv va natriy so’riladi (fakul’tativ reabsorbtciya).
Proksimal va distal kanalchalardagi obligat va fakul’ta-tiv reabsorbtciya orasidagi son va sifat farqlari ularning struktur va gistofermentativ har xilligi bilan ta’minlanadi. So’rilishning asosiy qismi proksimal bo’lim hujayralarining apikal yuzasidagi, uning maydonini kengaytiruvchi mikrovor- sinkalar hisobiga bo’ladi. Mikrovorsinkalar hisobiga kengay-gan proksimal kanalchalarning jami maydoni odamning buyra-gida 50 m2 ga yaqindir.
SHunday qilib, buyraklarda siydikning hosil bo’lishi ikk» bosqichda kechadi. Birinchi bosqichda siydikning ul’trafil’tra-TCiyasi buyrak tanachalarida ro’y beradi. Ikkinchi bosqich nefron- kanallaridagi rezorbtciyani va sekretciyani o’z ichiga oladi. Fa-
kul’tativ rezorbtciya jarayoniga gipofizning antidiuretik gir-moni bilan buyrak usti bezining po’stloq moddasida ishlab chiqariluvchi aldosteronning ta’siri kattadir.
Qonga buyrak tanachasi devoridan fil’trlanmaydigan ba’zi bir kolloid bo’yoqlar kiritilsa, ular siydik tarkibida paydo bo’ladi. Mikropunktciya va gistologik tekshirishlar yordamida bunday bo’yoq moddalarning kapsula ichidagi suyuqlikda bo’lmas-ligi, lekin nefron naylaridagi suyuqlikda va nay hujayrasida ularning bo’lishligi aniqlangan. SHu asosdan nefron naylari epiteliylari faqatgina ikkilamchi siydik mahsulotlarini re-absorbtciya qilib qolmay, balki sekretor faoliyatga ham ega deb xulosa chiqarish mumkin.
Naylarda yuz bergan sekretciya shu bo’lim epiteliysining mod-da almashinuvi jarayonidagi aktiv faoliyatining natijasidir. Ba’zi bir sudralib yuruvchilarda va qushlarda nay sekretciyasi siydik hosil bo’lishida etakchi rol’ o’ynaydi. YUqori tabaqa hayvonlarda va odamda siydik hosil bo’lishida kanal sekretciya-sining ahamiyati kam. Ammo kanallarning sekretor faoliyati orqali buyrak tanachalarida fil’trlanmaydigan moddalar or-ganizmdan tashqariga chiqariladi. Bundan tashqari, qonda ba’zi bir moddalarning miqdori haddan tashqari ko’paysa ham (masa-lan, mochevina) u moddalar kanal hujayralaridan sekretciya bo’la boshlaydi. Bu esa nefron nayi sekretciyasining siydik ho-sil bo’lishida rezerv omillardan biri sifatida xizmat qili-shini ko’rsatadi.
Buyrakning yoshga qarab o’zgarishi. Tekshirishlar postembrio-nal davrda buyrakda ancha o’zgarishlar bo’lib o’tishini ko’rsatadi. Po’stloq moddaning qalinligi yangi tug’ilgan buyrakning 20- 25% ini tashkil etsa, voyaga etgan vaqtda 1/2, va 1/3 qismini tashkil etadi. Ammo bu davrda buyrak massasining ko’payishi yangi nefron-lar hosil bo’lishi bilan bormay, balki mavjud neyronlarning o’sishi va differentciallanish hisobiga bo’ladi. YAngi tug’ilganlar-da proksimal naychaning qalinligi 18-36 mkm bo’lsa, voyaga etgan organizmda 40-60 mkm dir. YOSH oshib borgan sari neyronning uzunligi o’zgarib boradi, ya’ni uzayadi. Qarilarning buyrakla-rida sklerozga uchragan neyronlar ham bo’ladi. Bu davrda buy-rak hujayralarining proliferativ aktivligi susayib, mitotik bo’linish deyarli bo’lmaydi.
Innervatciyasi. Buyrak simpatik va parasimpatik nervlar bilan va orqa miyaning orqa ildizchasi - afferent nerv tolala-ri bilan ta’minlanadi. Nervlar buyrakka, asosan, tomirlar bilan kirib, nerv oxirlari barcha katta-kichik arteriya, vena, arteriola va venulalarning hamma qavatlarida joylashadi. Ham simpatik, ham parasimpatik nerv oxirlari endoteliy ostidagi bazal membrana ostida tarmoqlanadi.

Download 414.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling