Ilmiy amaliyot hujjatlari
-bob. Stajirovkani tashkil etish
Download 262.43 Kb.
|
00 StajirovkaKenjaboyaa chiqariw
2-bob. Stajirovkani tashkil etish
6. Stajirovkani tashkil etish magistratura talabalari tomonidan kasbiy faoliyatni egallashda uzluksizlik va izchillikni taminlashga yonaltirilishi lozim. 7. OTM kengashi magistratura talabasining ilmiy rahbari tavsiyasiga kora magistratura talabasini stajirovka otashga yuborish masalasini korib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi. 8. Magistratura talabasi kadrlar istemolchilari tomonidan tanlov asosida stajirovka otashga jalb qilinishi mumkin. 9. Stajirovka otashga yuborilayotgan magistratura talabalari royxati OTMdan stajirovka rahbari korsatilgan holda OTM rektorining (direktorining) buyrugi bilan tasdiqlanadi. 10. Stajirovka otash uchun yuborishda magistratura talabasining qabul qiluvchi tashkilot tomonidan turar joy bilan taminlash imkoniyati hisobga olinadi. Oldingi tahrirga qarang. 11. Stajirovka OTM joylashgan hududdan (shahardan, viloyatdan) tashqarida yoki xorijda otkazilishi nazarda tutilganda, stajirovkaga borish va undan qaytish boyicha bir martalik yol haqi xarajatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda OTMning budjetdan tashqari mablaglari hisobidan qoplanadi, mazkur xarajatlar qabul qiluvchi tashkilot tomonidan qoplanishi korsatilgan hollar bundan mustasno. (11-band Ozbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugi (royxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda Qonunchilik malumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son) 12. OTM rektori (direktori) stajirovka otash jarayonida magistratura talabasi xavfsizligini taminlash boyicha zarur chora-tadbirlar korilishini taminlaydi. 13. Stajirovka boyicha ishlarni muvofiqlashtirish OTMning magistratura bolimi tomonidan tegishli kafedra mudiri va fakultet dekani yoki OTMning zimmasiga stajirovka masalalari bilan shugullanish majburiyati yuklatilgan tarkibiy bolinmasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. 14. Stajirovka OTM bilan qabul qiluvchi tashkilot ortasida stajirovkani tashkil etish va otkazish boyicha tuzilgan shartnomalar (kelishuvlar) asosida amalga oshiriladi, stajirovkani xorijda otash hollari bundan mustasno. 15. Stajirovkani tashkil etish va otkazish boyicha tuzilgan shartnomada shartnoma predmeti, taraflarning huquq va majburiyatlari, magistratura talabasini turar joy bilan taminlash, shartnomaning amal qilish muddati, shartnomani bekor qilish asoslari, taraflarning javobgarligi va stajirovka otashni tashkil etish bilan bogliq boshqa muhim shartlar nazarda tutiladi. 16. Stajirovka otash davrida stajirovka otayotgan magistratura talabasiga qabul qiluvchi tashkilotdagi tegishli mehnatni muhofaza qilish qoidalari va ichki mehnat tartibi qoidalari, shuningdek qabul qiluvchi tashkilotda amalda bolgan boshqa hujjatlar tatbiq qilinadi. Download 262.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling