Ilmiy amaliyot hujjatlari
Talim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar] [TSZ
Download 262.43 Kb.
|
00 StajirovkaKenjaboyaa chiqariw
1.13.00.00.00 Talim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
[TSZ: 1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Fan va ilmiy faoliyat] VIII. Dastlabki va rasmiy himoyani otkazish tartibi 36. Magistrlik dissertatsiyasining dastlabki himoyasi ilmiy rahbar (ilmiy maslahatchi) ishtirokida kafedra tomonidan tuzilgan komissiyada tashkil etiladi. Dastlabki himoyaga boshqa kafedralardan, shuningdek boshqa tashkilotlardan mutaxassislar taklif etilishi mumkin. Ilmiy maslahatchi tayinlangan holda dastlabki himoyaga qadar undan magistrlik dissertatsiyasiga xulosa olish ham talab etiladi. 37. Dastlabki himoyaga qadar magistratura talabasi ichki va tashqi hamda ilmiy rahbar taqrizlariga, shuningdek dissertatsiya mavzusiga doir kamida 2 ta ilmiy maqola yoki tezisga ega bolishi kerak. Dastlabki himoya yakunlari kafedralar yigilishi bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. 38. Ichki va tashqi taqrizchilarni oliy talim muassasasining tegishli kafedrasi tavsiya etadi va ularning royxati ilmiy ishlar boyicha prorektor (direktor orinbosari) tomonidan tasdiqlanadi. 39. Taqrizchi vazifalariga quyidagilar kiradi: magistrlik dissertatsiyasining dolzarbligi, ilmiy yangiligi va tugallanganligi togrisida xulosa taqdim etish; dastlabki himoyadan kamida 3 kun oldin taqriz taqdim etish; kasb odob-axloqi qoidalarining buzilishi holatlari (plagiat, malumotlarni soxtalashtirish, yolgon tsitata keltirish va boshqalar) aniqlangan taqdirda, ularni taqrizda korsatish. 40. Magistrlik dissertatsiyasi belgilangan talablarga mos kelmagan holatlarda, magistratura talabasi tomonidan kasb odob-axloqi qoidalari (plagiat, malumotlarni soxtalashtirish, yolgon tsitata keltirish va boshqalar) buzilganligi aniqlangan taqdirda, shuningdek ushbu holatlarni qisqa muddatda tuzatish imkoniyati mavjud bolmaganda taqrizchi magistrlik dissertatsiyasini himoyaga qoyish maqsadga muvofiq emasligi togrisida xulosa beradi. 41. Magistrlik dissertatsiyasini rasmiy himoya qilish kuni oliy talim muassasasi rektori (direktori)ning buyrugi bilan tasdiqlangan jadval asosida belgilanadi. 42. Magistrlik dissertatsiyasining rasmiy himoyasi oliy talim muassasasining Davlat yakuniy attestatsiya komissiyasi (keyingi orinlarda Komissiya deb ataladi) tomonidan otkaziladi. 43. Magistratura talabasi magistrlik dissertatsiyasining rasmiy himoyasi taqdimot materiallari bilan bayon etilishi va 20 daqiqadan oshmasligi lozim. 44. Rasmiy himoyada Komissiya azolari magistratura talabasini quyidagi mezonlar asosida baholaydi: magistrlik dissertatsiyasi tadqiqot mavzusining dolzarbligini va uning amaliyot bilan bogliqligini korsatib bera olishi; magistratura talabasining tadqiqotga va vazifalarni hal etishga mustaqil yondashuvi; foydalanilgan ilmiy adabiyotlar, ilmiy nashrlar, normativ-huquqiy hujjatlar, statistik malumotlar, shuningdek xorijiy tillardagi adabiyotlar tanqidiy tahlilining toliqligi va chuqurligi; tadqiqot usullari amaliyotda qollanilganligining asoslanganligi; olingan natijalar asosida ishlab chiqilgan tavsiyalarning amaliy ahamiyati; magistratura talabasining magistrlik dissertatsiyasi doirasida otkazilgan tadqiqotlar va olingan natijalarni rivojlantirish istiqbollarini kora bilish qobiliyati; magistrlik dissertatsiyasining nazariy va amaliy qismlaridagi ozaro mantiqiy bogliqlikni kuzata bilish malakasi. 45. Qoniqarsiz baho qoyilganda yoki magistrlik dissertatsiyasi rasmiy himoyaga qoyilmagan taqdirda magistratura talabasi keyingi 3 yil davomida uni qayta himoya qilish huquqiga ega. 46. Magistrlik dissertatsiyalari rasmiy himoyasi natijalari oliy talim muassasasi Ilmiy kengashida muhokama etiladi. 47. Himoya qilingan magistrlik dissertatsiyalari oliy talim muassasasida 3 yil davomida saqlanadi. Download 262.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling