Ilmiy amaliyot hujjatlari
-bob. Stajirovka boyicha hisobot himoyasi
Download 262.43 Kb.
|
00 StajirovkaKenjaboyaa chiqariw
7-bob. Stajirovka boyicha hisobot himoyasi
44. Magistratura talabasi stajirovka otab bolgandan song, stajirovka boyicha yozma ravishda hisobot tayyorlaydi. 45. Stajirovka yakunlari boyicha hisobotda quyidagi malumotlar aks ettirilishi lozim: stajirovka muddati, stajirovka otalgan tashkilotning nomi, joylashgan yeri; OTMdagi stajirovka rahbari va qabul qiluvchi tashkilotdan stajirovka rahbari haqida qisqacha malumotlar,; stajirovka dasturida korsatilgan tadbirlarning bajarilganlik holati, bajarilmagan tadbirlar boyicha magistratura talabasining asosli tushuntirishlari va tasdiqlovchi hujjatlar haqidagi malumotlar; stajirovka xorijda otalgan bolsa, OTM xalqaro aloqalar bilan shugullanuvchi bolimining xorijda otalgan stajirovka boyicha xulosalarini aks ettiruvchi malumotlar; stajirovka boyicha hisobotning ilmiy konfrensiyalarda maruza qilinganligi va mazkur maruzaning muhokama natijalariga kora ijobiy baholanganligini, ilmiy nashrlarda chop etilganligini korsatuvchi malumotlar, agar mavjud bolsa; magistrlik dissertatsiyasi (dissertatsiyaning rejalashtirilgan qismi) boyicha amalga oshirilgan tajriba sinovlari yoki tadqiqot ishlari natijalari haqidagi malumotlar; sohani takomillashtirish va rivojlantirishga qaratilgan asosli amaliy takliflar; stajirovka otash boyicha boshqa muhim masalalar. 46. Stajirovka boyicha hisobot himoyasi stajirovka yakunlangandan song, bir oy ichida OTMda tashkil etiladi. 47. Stajirovka natijalari boyicha magistratura talabasi tomonidan stajirovka yakunlangan kundan etiboran 3 kun ichida OTM buxgalteriyasiga stajirovka davomida qilingan maqsadli xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar (borish-kelish yol xarajatlari chiptalari, turar joy (mehmonxona) tolovlari kvitansiyalari va boshqa hujjatlar) ilova qilingan holda xarajatlar haqida hisobot taqdim etiladi. 48. Magistratura talabasi OTMda stajirovka boyicha hisobot himoyasi otkazilgunga qadar stajirovka boyicha hisobotni dastlab mutaxassislik kafedrasi yigilishida himoya qiladi. Himoya yakunlari boyicha mutaxassislik kafedrasi tomonidan yozma ravishda xulosa beriladi. 49. Magistratura talabasi stajirovka boyicha hisobot himoyasi otkazilishidan kamida 5 kun oldin OTMdagi stajirovka rahbariga stajirovka yakuni boyicha quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: stajirovka boyicha hisobot; stajirovka kundaligi; stajirovka otash vaqtida toplangan materiallar yigmajildi (ularning royxati stajirovka kundaligida aks ettirilgan bolishi lozim). Toplangan materiallar yigmajildi stajirovka boyicha baho qoyilgandan song, kelgusida oquv va amaliy faoliyatda foydalanish uchun magistratura talabasiga qaytarib beriladi. 50. OTMdan stajirovka rahbari stajirovka yakuni boyicha taqdim etilgan hujjatlarni organib, stajirovka kundaligida stajirovka otash natijalarini xulosa tarzida bayon etadi va imzolaydi. 51. Stajirovka boyicha hisobot himoyasi OTM rektori (direktori) buyrugi bilan OTMning malakali va tajribali pedagog xodimlaridan iborat tarkibda tuzilgan komissiya tomonidan OTMda otkaziladi. 52. Stajirovka boyicha hisobot himoyasida qabul qiluvchi tashkilot vakili ishtirok etishi mumkin. OTMning xalqaro aloqalar bilan shugullanuvchi bolimi xodimi (magistratura talabasi xorijda stajirovka otagan bolsa), OTMdan stajirovka rahbari stajirovka boyicha hisobot himoyasida ishtirok etishi shart, ular uzrli sabablarga kora ishtirok etmagan hollar bundan mustasno. 53. Stajirovka boyicha hisobot himoyasi komissiya azosining stajirovka boyicha rahbarlar xulosalarini oqib eshittirishidan boshlanadi. Stajirovka rahbarlari xulosalari oqib eshittirilgandan song, magistratura talabasining stajirovka boyicha xulosasi, stajirovka davomida toplagan materiallari, shuningdek stajirovkaga oid taklif va mulohazalari tinglanib, komissiya tomonidan muhokama qilinadi. 54. Stajirovka boyicha hisobot himoyasi quyidagi mezonlariga asosan baholanadi: magistratura talabasining nazariy va amaliy bilimlari darajasi; magistratura talabasi tomonidan stajirovka davomida toplangan materiallarning tuzilishi darajasi va sifati hamda stajirovka otash davomida organilgan masalalarning yoritib berilishi; bildirilgan takliflarning asosliligi va amaliy ahamiyati. 55. Stajirovka boyicha hisobot himoyasi natijalari 100 (yuz) ballik tizimda baholanadi va shu kunning ozida magistratura talabasiga elon qilinadi. 56. Magistratura talabasi stajirovka boyicha hisobotni ilmiy konfrensiyalarda maruza qilsa va mazkur maruza muhokama natijalariga kora ijobiy baholansa, shuningdek ilmiy maqola sifatida ilmiy nashrlarda chop ettirsa, u hisobotni rasmiy himoya qilgan hisoblanadi. 57. Stajirovka boyicha hisobot ilmiy konfrensiyalarda maruza qilinganligi va mazkur maruza muhokama natijalariga kora ijobiy baholanganligini, ilmiy nashrlarda nashr etilganligini tasdiqlovchi hujjat(lar) komissiyaga taqdim etiladi. Bunda hisobotni himoya qilish talab etilmaydi hamda u maruza va maqolaning sifatiga qarab komissiya tomonidan baholanadi. 58. Stajirovka boyicha qoyilgan ball fanlar boyicha qoyiladigan ballarga tenglashtiriladi va umumiy ozlashtirish yakunlarini chiqarishda inobatga olinadi. Stajirovka yakunlari boyicha qoniqarsiz baho qoyilganda, magistratura talabasi stajirovka boyicha hisobotni bir oy ichida mazkur Nizomda belgilangan tartibda qayta himoya qilish huquqiga ega. Bunda OTM rektorining (direktorining) tegishli buyrugi chiqarilishi lozim. Stajirovka boyicha hisobotni qayta himoya qilish yakunlari boyicha qoniqarsiz baho qoyilganda, shuningdek stajirovka uzrli sabablarsiz otalmaganda magistratura talabasi akademik qarzdor deb hisoblanadi va belgilangan tartibda talabalar safidan chetlashtiriladi. Oldingi tahrirga qarang. 59. Magistratura talabasi stajirovkani uzrli sabablarsiz otamaganda, stajirovka otash bilan bogliq barcha xarajatlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda undiriladi. (59-bandning birinchi xatboshisi Ozbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugi (royxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda Qonunchilik malumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son) Magistratura talabasining ogir kasalligi, favqulodda holatlar (yaqin qarindoshining vafot etganligi yoki uning oilasiga jiddiy moddiy (manaviy) zarar yetkazgan voqea va shu kabi boshqa holatlar) yuz berganligi sababli, stajirovka otashga bora olmaganligi yoki stajirovka dasturini toliq yakunlay olmaganligi uzrli holatlar deb topiladi. Bunda magistratura talabasi ushbu holatlar yuz berganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi lozim. Download 262.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling