8-bob. Stajirovkani moliyalashtirish
60. Stajirovka otash davrida magistratura talabalarining stipendiya olish huquqi saqlanib qoladi.
61. Quyidagilar stajirovka otashni moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
ushbu maqsadlar uchun ajratilgan OTMning budjetdan tashqari mablaglari;
qabul qiluvchi tashkilotning mablaglari (budjet tashkilotlarida ularning ushbu maqsadlar uchun ajratilgan budjetdan tashqari mablaglari);
xorijiy davlatlardagi qabul qiluvchi tashkilotning mablaglari;
homiylarning begaraz yordami tufayli tushgan (ushbu maqsadlar uchun ajratilgan) mablaglari;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa manbalar.
(61-bandning oltinchi xatboshisi Ozbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugi (royxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda Qonunchilik malumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
9-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
62. Mazkur Nizomda belgilangan masalalar boyicha nizolar qonunchilik hujjatlari asosida hal etiladi.
(62-band Ozbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugi (royxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda Qonunchilik malumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
63. Mazkur Nizom Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Sogliqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Xalq talimi vazirligi, Qishloq va suv xojaligi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Davlat soliq qomitasi, Ozbekiston Badiiy akademiyasi, Ozbekiston temir yollari AJ va Navoiy kon-metallurgiya kombinati Davlat korxonasi bilan kelishilgan.
Moliya vaziri R. AZIMOV
2015-yil 30-oktabr
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
2015-yil 30-oktabr
Do'stlaringiz bilan baham: |