Ilmiy amaliyot hujjatlari
Talim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar] [TSZ
Download 262.43 Kb.
|
00 StajirovkaKenjaboyaa chiqariw
1.13.00.00.00 Talim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
[TSZ: 1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Fan va ilmiy faoliyat] VI. Mavzuni tanlash va ilmiy rahbarni tayinlash 19. Magistrlik dissertatsiyasi oqish va oquv dasturlarini ozlashtirish jarayonida magistratura talabasi egallagan nazariy va amaliy bilimlari asosida bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijasi hisoblanadi. 20. Magistrlik dissertatsiyalarining mavzulari oliy talim muassasalari kafedralarida kafedralarning professor-oqituvchilari tarkibi, Ozbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari, tarmoq ilmiy-tadqiqot va loyihalash muassasalari xodimlari tomonidan shakllantiriladi. Magistrlik dissertatsiyalarining mavzulari, qoidaga kora, dolzarb ilmiy-tadqiqot masalalariga yoki aniq amaliy vazifalarni hal etishga bagishlanadi. 21. Magistrlik dissertatsiyasiga ilmiy rahbarlik oliy talim muassasalarida ishlaydigan professorlar, fan doktorlari, dotsentlar, fan nomzodlari, Ozbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari olimlari, tashkilotlarning yuqori malakali va tajribali mutaxassislari, shuningdek belgilangan tartibda magistrlik, ilmiy darajalar yoki ilmiy unvonlarga ega bolgan xorijiy mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Magistratura talabasi oqiyotgan oliy talim muassasasida ishlamaydigan xodimlardan unga ilmiy rahbar tayinlangan taqdirda, talabaga qoshimcha ravishda tegishli kafedra professor-oqituvchilari tarkibidan ilmiy maslahatchi tayinlanadi. Belgilangan talablarga muvofiq magistrlik dissertatsiyasini bajarish doirasida ilmiy rahbar bilan bir xil masuliyat ilmiy maslahatchiga ham yuklatiladi. 22. Magistratura talabasi oqiyotgan oliy talim muassasasi xodimlari tarkibidan bolgan ilmiy rahbar va ilmiy maslahatchining magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash boyicha talabalar bilan ishlashi ularning oliy talim muassasasida oquv yili shaxsiy ish rejasi bilan belgilanadigan oquv yuklamasiga kiritiladi. Magistratura talabasi oqiyotgan oliy talim muassasasida ishlamaydigan xodimlardan bolgan ilmiy rahbar mehnatiga haq tolash belgilangan tartibda mehnatga soatbay haq tolash shartlari boyicha bir oquv yiliga bir magistratura talabasi uchun 50 soatdan oshmagan hajmda, tegishli oliy talim muassasasi xarajatlar smetasida bu maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablaglar doirasida amalga oshiriladi. 23. Professor yoki fan doktori beshtagacha, shuningdek dotsent, fan nomzodi va mutaxassis uchtacha magistrlik dissertatsiyasiga rahbarlikni amalga oshirishi mumkin. 24. Kafedralar tomonidan taqdim etilgan va oliy talim muassasasi yoki fakultet oquv-metodik kengashida muhokama qilingan magistratura talabalarining magistrlik dissertatsiyalari mavzulari va ularning ilmiy rahbarlari (ilmiy maslahatchilari) ilmiy ishlar boyicha prorektor (direktor orinbosari) taqdimnomasiga asosan magistratura talabalari oqiyotgan birinchi oquv yilining birinchi ikki oyi ichida tegishli oliy talim muassasasi rektori (direktori)ning buyrugi bilan tasdiqlanadi. 25. Ilmiy rahbarning majburiyatlariga quyidagilar kiradi: tadqiqot mavzusi doirasida yuzaga kelishi mumkin bolgan masalalar boyicha tizimli ravishda yordam berish maqsadida maslahatlar jadvalini tuzish; tadqiqot usullarini tanlashda ishtirok etish va ularni tadqiqot ishida qollashda magistratura talabasiga komaklashish; magistratura talabasining belgilangan kalendar ish rejasi boyicha ishlarning bajarilishini va magistrlik dissertatsiyasi oz vaqtida tayyorlanishini nazorat qilish; dastlabki himoyagacha magistrlik dissertatsiyasiga xulosa berish. [OKOZ: Download 262.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling