Ilmiy amaliyot hujjatlari
II. Magistrlar tayyorlashga qoyiladigan talablar
Download 262.43 Kb.
|
00 StajirovkaKenjaboyaa chiqariw
- Bu sahifa navigatsiya:
- III. Magistratura talabalarining huquq va majburiyatlari
II. Magistrlar tayyorlashga qoyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang. 6. Aniq mutaxassislik boyicha magistrlar tayyorlashga qoyiladigan talablar oliy talimni boshqarish boyicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan magistratura mutaxassisliklari malaka talablari bilan belgilanadi. (6-band Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda Qonunchilik malumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son) 7. Magistr: tanlangan mutaxassisligi boyicha ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik va kasbiy faoliyatni mustaqil yuritishga; kasbiy faoliyatda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga; oliy talim muassasasidan keyingi talimni magistrlik tayyorgarligiga muvofiq mutaxassislik boyicha katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutida davom ettirishga; kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimida qoshimcha kasb talimi olishga tayyorlanadi. 8. Magistr oz mutaxassisligi, ilmiy va ilmiy-pedagogik tayyorgarligiga muvofiq kasbiy faoliyatining quyidagi turlari: ilmiy-pedagogik; ilmiy-ijodiy; ilmiy-tadqiqot va tajriba; loyiha-konstruktorlik; loyiha-texnologik; ishlab chiqarishda boshqaruv, shuningdek bakalavriat talim yonalishiga muvofiq boshqa faoliyat turlari boyicha ham shugullanishi mumkin. III. Magistratura talabalarining huquq va majburiyatlari 9. Magistratura talabalari: talim, fan, madaniyat, texnika, iqtisodiyotni, ijtimoiy va boshqa sohalarni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalariga muvofiq bilimlarni olish; oliy talim muassasasi faoliyati bilan bogliq muhim masalalarni korib chiqish va hal qilishda bevosita ishtirok etish; oliy talim muassasasi axborot-resurs markazlari xizmatlaridan, shu jumladan oquv-metodik va ilmiy adabiyotlardan, shuningdek oliy talim muassasasining ustavida belgilangan tartibda boshqa turdagi xizmatlardan bepul foydalanish; ilmiy-tadqiqot ishlarida, konferensiyalar va simpoziumlarda ishtirok etish; oz ilmiy-tadqiqot ishlarini ilmiy nashrlarda chop etishga taqdim etish; oliy talim muassasasi Ilmiy kengashi tavsiyasiga muvofiq yetakchi xorijiy va respublika talim (ilmiy) muassasalarida amaliyot otash, stajirovkada bolish yoki magistrlik dissertatsiyasining tajriba-sinov qismlarini bajarish uchun ushbu muassasalar bilan tegishli kelishuvlar mavjud bolganda ularga yollanma olish; oliy talim muassasasi rahbariyatining qarorlaridan norozi bolgan taqdirda tegishli idoralarga belgilangan tartibda shikoyat qilish; talabalar uchun qonunchilikda belgilangan tartib va miqdorlardagi stipendiya, Davlat stipendiyasi hamda oqishga yollagan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tayinlanadigan stipendiyalarni olish huquqiga ega. Magistratura talabasi qonun hujjatlarida yoki oliy talim muassasasi ustavida belgilangan boshqa huquqlarga ega bolishi mumkin. 10. Magistratura talabalarining majburiyatlari: magistraturaning tegishli mutaxassisligi boyicha oquv rejalari va dasturlarida nazarda tutilgan bilimlarni egallash va ozlashtirish; oquv rejada nazarda tutilgan barcha turdagi topshiriqlarni belgilangan muddatlarda bajarish, shuningdek magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash; oliy talim muassasasining ustavi talablariga va ichki tartib qoidalariga rioya etish. Magistratura talabasiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin. Download 262.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling