Ilmiy amaliyot hujjatlari
Download 262.43 Kb.
|
00 StajirovkaKenjaboyaa chiqariw
Magistratura togrisida
nizom I. Umumiy qoidalar Oldingi tahrirga qarang. 1. Ushbu Nizom magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish, kadrlar tayyorlash sifati va ularning raqobatbardoshligini kuchaytirish maqsadida ishlab chiqilgan hamda oliy talim muassasalarida magistrlar tayyorlashning asosiy qoidalari va tartibini, umumqabul qilingan xalqaro standartlarga binoan magistrlik dissertatsiyasi mazmuni va sifatiga qoyiladigan mezonlar va talablarni belgilaydi. (1-band Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda Qonunchilik malumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son) Ushbu Nizomning amal qilishi: Oldingi tahrirga qarang. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Ozbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi akademiyasi, Ozbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Ozbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi hamda Ozbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabiga. (1-bandning uchinchi xatboshisi Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-noyabrdagi 682-sonli qarori tahririda Qonunchilik malumotlari milliy bazasi, 16.11.2021-y., 09/21/682/1050-son) Ozbekiston Respublikasi hududida oz faoliyatini yuritayotgan, ornatilgan tartibda faoliyati xususiyatlari inobatga olinib, magistrlar tayyorlashni amalga oshirayotgan xalqaro va xorijiy oliy talim muassasalariga tatbiq etilmaydi. Oldingi tahrirga qarang. Toshkent davlat yuridik universitetining magistraturasiga qabul qilish va oqitish tartibi Ozbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan belgilanadi. (1-band Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toldirilgan Qonun hujjatlari malumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son) LexUZ sharhi Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-iyuldagi 502-son qarori bilan tasdiqlangan Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga oqishga qabul qilish tartibi togrisidagi Nizom. 2. Magistratura aniq mutaxassislik boyicha bakalavriat negizida oqitish kamida ikki yil davom etadigan oliy talimdir. Magistratura dasturi yakunlanishi magistr darajasini beruvchi yakuniy davlat attestatsiyasi hisoblanadi. Ozbekiston Respublikasi oliy talim muassasalarida magistrlar tayyorlashni tashkil etish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxemaga binoan amalga oshiriladi. 3. Tegishli mutaxassisliklar boyicha magistrlarni tayyorlash davlat akkreditatsiyasidan otgan oliy talim muassasalarida Ozbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadigan davlat granti va tolov-kontrakt asosidagi qabul kvotalariga muvofiq amalga oshiriladi. 4. Oliy talim muassasalarida magistrlarni tayyorlashni muvofiqlashtirishni magistratura bolimlari amalga oshiradi, ular kafedralar va dekanatlar bilan birgalikda quyidagilarni: magistrlar tayyorlash boyicha oquv jarayonini tashkil etish va amalga oshirishga, ularga taqdim etilayotgan talim va oqitish sifatini nazorat qilishga komaklashishni; oquv-izlanish va ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilishini; oliy talim muassasalari barcha bolinmalarining magistrlar tayyorlash boyicha faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishni; magistrlarni oqitish va ularning kelgusida ishga joylashishi ustidan muntazam monitoringni amalga oshirishni, magistrlar tayyorlash masalalarini tahlil qilish va ular yuzasidan muntazam ravishda hisobotlar tayyorlashni taminlaydi. 5. Magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha ikkinchi va undan keyingi oliy talim olish tolov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Download 262.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling