Ilmiy amaliyot hujjatlari


-bob. Magistratura talabasining stajirovka bo‘yicha huquq va majburiyatlari


Download 262.43 Kb.
bet15/21
Sana19.06.2023
Hajmi262.43 Kb.
#1600339
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Bog'liq
00 StajirovkaKenjaboyaa chiqariw

4-bob. Magistratura talabasining stajirovka bo‘yicha huquq va majburiyatlari
22. Magistratura talabasi:
stajirovkani o‘tash shartlari va tartibi bilan oldindan tanishish;
stajirovka bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirish;
stajirovka yuzasidan zarur axborotlar olish huquqiga ega.
23. Magistratura talabasi zimmasiga:
stajirovkani belgilangan muddatlarda o‘tash;
stajirovka o‘tash dasturida ko‘rsatilgan topshiriqlarni (ishlarni) belgilangan tartibda, to‘liq va sifatli bajarish;
stajirovka kundaligini har kuni va tartibli yuritish, jumladan stajirovka davomida bajarilgan ishlarni stajirovka kundaligiga qayd etib borish;
qabul qiluvchi tashkilotda (davlatda) belgilangan tartib qoidalarga rioya qilish majburiyati yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
24. Magistratura talabasi stajirovka bo‘yicha qonunchilik hujjatlarida yoki oliy ta’lim muassasasi ustavida belgilangan boshqa huquqlarga ega bo‘lishi va uning zimmasiga boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
5-bob. Stajirovka o‘tash bosqichlari
25. Stajirovka o‘tash quyidagi bosqichlarga bo‘linadi:
tayyorlov bosqichi (stajirovka o‘tashning birinchi kuni);
asosiy bosqich;
yakuniy bosqich (stajirovka bo‘yicha hisobot himoyasi).
26. Stajirovka o‘tashning tayyorlov bosqichida — qabul qiluvchi tashkilotdan stajirovka rahbari tomonidan stajirovka o‘tash uchun kelgan magistratura talabasi tegishli mehnatni muhofaza qilish qoidalari, ichki mehnat tartibi qoidalari, tashkilotda stajirovka o‘tashning talab va shartlari, tashkilotning tashkiliy tuzilmasi, vazifa va funksiyalari, faoliyat yo‘nalishlari bilan tanishtiriladi hamda stajorga stajirovka o‘tash dasturiga muvofiq tegishli ko‘rsatmalar beriladi. Mazkur bosqichda magistratura talabasi tomonidan qabul qiluvchi tashkilotdan stajirovka rahbari bilan kelishgan holda stajirovka o‘tash dasturini bajarish bo‘yicha reja-jadval (kalendar reja) tuziladi.
27. Stajirovka o‘tashning asosiy bosqichida — magistratura talabasi tomonidan stajirovka o‘tash dasturini bajarish bo‘yicha reja-jadvalda (kalendar rejada) nazarda tutilgan ishlar bajariladi.
28. Stajirovka o‘tashning yakuniy bosqichida — magistratura talabasi tomonidan stajirovka o‘tash davrida (jarayonida) amalga oshirilgan ishlar va ularning natijalari ko‘rib chiqiladi, tahlil qilinadi hamda baholanadi.

Download 262.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling