Ilmiy amaliyot hujjatlari
-bob. Stajirovkani rasmiylashtirish
Download 262.43 Kb.
|
00 StajirovkaKenjaboyaa chiqariw
6-bob. Stajirovkani rasmiylashtirish
29. Magistratura talabasi birinchi semestrni (birinchi kursni) muvaffaqiyatli tugatgandan song, stajirovka otashga yuboriladi. Stajirovka rejalashtirilayotganda uning yakuniy davlat attestatsiyasi boshlanishiga ikki oy qolgunga qadar yakunlanishi hisobga olinishi lozim. 30. Magistratura talabasining u talim olayotgan OTM bilan oldindan tuzilgan tegishli kelishuv (shartnoma) mavjud bolgan tashkilotlarda stajirovka otashi nazarda tutilganda, unga OTM rektorining (direktorining) OTM kengashi tavsiyasiga muvofiq chiqargan buyrugi bilan ushbu tashkilotda stajirovka otash uchun yollanma beriladi. 31. Magistratura talabasi yozgi tatil davrida stajirovka otash uchun yuborilishi mumkin. 32. Stajirovka otash jarayonida magistratura talabasi tomonidan stajirovka kundaligi yuritiladi. Stajirovka kundaligi OTMdan stajirovka rahbari tomonidan stajirovka boshlanishidan oldin bepul beriladi. 33. Stajirovka otash davrida amalga oshirilgan ishlar stajirovka dasturiga muvofiq stajirovka kundaligiga yozib boriladi va qabul qiluvchi tashkilotdan stajirovka rahbari tomonidan imzolab boriladi. 34. Stajirovka otashning normal kunlik davomiyligi olti soatni tashkil etadi. 35. Stajirovkaning oxirgi kuni qabul qiluvchi tashkilotdan stajirovka rahbari stajirovka kundaligida stajirovka otash natijalarini xulosa tarzida bayon etadi va imzolaydi. Qabul qiluvchi tashkilot rahbariyati tomonidan stajirovka otagan magistratura talabasiga uning iltimosiga kora yozma ravishda tavsifnoma berilishi mumkin. 36. Stajirovka otash uchun yuborilgan magistratura talabalari oquv jadvalini individual grafik asosida bajaradi. 37. Stajirovka otash muddati ilmiy rahbarning asoslangan tavsiyasiga muvofiq OTM rektori (direktori) buyrugi bilan bir oygacha uzaytirilishi mumkin. Bunday hollarda zarur hujjatlarga tegishli ozgartirishlar kiritiladi. Stajirovkaning uzluksiz davomiyligi uch oydan oshmasligi kerak. Stajirovka nazariy talimning ozaro aloqasini taminlash shartini bajargan holda nazariy bilimlar bilan navbatlanish yoli orqali amalga oshirilishi mumkin. 38. Magistratura talabasi xorijda stajirovka otash uchun OTMning xalqaro aloqalar bilan shugullanuvchi bolimiga qabul qiluvchi tashkilotdan olingan rasmiy taklifnomani, xorijda stajirovka otash uchun qabul qiluvchi tashkilot bilan tuzilgan shartnomani (yozma ravishdagi kelishuvni) ilova qilgan holda murojaat etadi. 39. OTMning xalqaro aloqalar bilan shugullanuvchi bolimi magistratura talabasining xorijda stajirovka otashi masalasini organib chiqadi va korib chiqish uchun OTM kengashiga murojaat qiladi. 40. OTMning xalqaro aloqalar bilan shugullanuvchi bolimi stajirokani tashkil etish boyicha quyidagi ishlarni amalga oshiradi: xorijda stajirovka otaydigan magistratura talabalari royxatini tayyorlaydi; xorijda stajirovka otaydigan magistratura talabasiga xorijga chiqish-kelish tartibini tushuntiradi; xorijda stajirovka otaydigan magistratura talabasiga xorijda ozini tutish boyicha tegishli korsatmalar beradi; zarur hujjatlarni, jumladan vizani rasmiylashtirishda magistratura talabasiga amaliy yordam korsatadi. 41. Stajirovkani xorijda otash uchun magistratura talabasi: qabul qiluvchi tashkilot joylashgan davlat tilini yoki shartnomada korsatilgan chet tilini bilishi; stajirovka boshlanishidan kamida uch oy oldin chetga chiqish boyicha tegishli hujjatlarini tayyorlashi, jumladan zarur hollarda viza rasmiylashtirishi; stajirovka boshlanishidan kamida bir oy oldin stajirovka otash dasturini bajarish boyicha reja-jadvalni (kalendar rejani) qabul qiluvchi tashkilot bilan kelishishi lozim. 42. Xorijda stajirovka otash uchun qabul qiluvchi tashkilot bilan tuziladigan shartnomada magistratura talabasining tashkilot joylashgan davlatdagi turar joyi, yashashi va yol xarajatlari miqdori, manbalari hamda ular kim tomonidan qoplanishi va boshqa muhim shartlar korsatilishi zarur. 43. Magistratura talabasi homiy tashkilot mablaglari hisobidan xorijda stajirovka otashi mumkin. Bunda stajirovka homiy tashkilot bilan OTM ortasidagi shartnomaga (kelishuvga) muvofiq amalga oshiriladi. Download 262.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling